Glifosfat – gerbitsidga chidamli bo`lgan o`simliklardan olindi, ular tezda toksik bo`lmagan tarkibda tuproqqa tarqaladi va shuning uchun atrof-muhitga hech qanday salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. Glifosfat-5 enol piruvilshikimat-3-fosfatsin tetaza ( EPSPS ) ferlintining ingibitori bo’lib, bakteriyalarda ham, o`simlikda ham aromatik aminokislotalarni sintezida muhim rol o`ynaydi. E coli ning glifosfat chidamli bo`lgan genidan EPSPS ni kodlaydigan gen ajratib olinib,o`simlik promotorini nazorati ostiga joylashtiriladi va unga transkribsiyani terminasiya sayti ham kiritiladi va bular o`simlik hujayrasiga kiritiladi. Gerbitsid tomonidan ingibirlangan o`simlik fermentining o`rnini bosadigan darajada etarli miqdorda EPSPS sintezlagan tamaki, petuniya, pomidor, kartoshka va g’o`za transgen o`simliklari glifosfodga chidamli bo`lgan va begona o`tlarni kirish jarayonida transgenlar nobud bo`lmagan chidamlilikka ega bo`lishning yana bir yo`li – gerbisidni inaktivasiyasi yordamida bo`lib – bromoksinil gerbisidi uchun ishlab chiqilgan,uni fotosintez ingibirlaydi. Bunda chidamli bo`lgan o`simliklarni yaratish uchun ularning genomiga nitrilaza fermentini kodlaydigan bakteriya geni kiritiladi, u ta`sir ko`rsatishni boshlamasdanoq bromoksinilni inaktivasiya qiladi. Tuproq bakteriyasi Klebsiella ozacnae dan (5-rasm) nitrilaza geni ajratib olingan va kichik subbirlikdagi ribulozobi fosfod – karboksilaza nurga ta`sirchan promoterlenining nazorati ostiga kiritilib u tamaki inoliga joylashtirilgan. Transgen tamaki o`simliklari aktiv nitrilazani sintez qila boshlagan va ular bromoksinilga chidamli bo`lib qolgan.
5-rasm. K. ozaenae nitrilazasi yordamida gerbitsit bromoksinilining inaktivatsiyasi
Mevalarni tashqi ko’rinishini o’zgartirish. Terilgan sabzovat va mevalarning rangini o’zgartirish ularning realizatsiyasida ma’lum bir muammolarni keltirib chiqarmoqda. Oziqa mahsulotlarining tashqi ko’rinishini o’zgartirish bilan bog’liq usullardan biri turli oziqa qo’shimchalaridan biri bo’lmish sulfitlarning xavfsizligi borasida ba’zi ikkilanishlar paydo bo’ldi. Sabzovat va mevalarning rangini o’zgartirish monofenol va o-difenollarning o-xinongacha oksidlanishidan boshlanadi. Jarayonda katalizator sifatida polifenoloksidaza ishtirok etadi. Ular yadro DNKsida kodlanadi, taxminan 59000 mol massaga ega va xloroplast va mitoxondriyalarning membranasida lakalizatsiyalanadi. Polifenoloksidning ingibirlanishi mevalarning rangini o’zgartirishi mumkinligi haqidagi taxminlar polifenoloksidaza turli k-DNK konstruksiyalarini tutadigan transgen kartoshka o’simligida tekshirildi. Shunday vektorlar yaratildiki, kartoshkaning fragment yoki to’liq zanjirli k-DNK polifenoloksidazasi ma’noli va ma’nosiz qismlar yo’nalishida joylashgan bo’ladi. Ular 3 ta promotor, ya’ni gulkaram mozaika virusining 35S promotori, granulobog’langan kraxmal sintezi genining promotori yoki patatin genining promotorlarining bittasini nazorati ostida bo’ladi. Oxirgi 2 ta promotor kartoshkaning tugunaklari uchun spetsifik hisoblanadi. Kartoshkaning yaxshi sotiladigan navlari bu konstruksiyalar bilan transformirlanganda qora dog’larga yuqori chidamlilikka ega bo’lgan (rangini fermentativ o’zgarishi), chidamlilik darajasi oddiy chatishtirish orqali erishilgan darajadan ancha yuqori bo’lgan. k-DNK polifenoloksidazasini tutadigan transgen o’simliklar oldindan belgilangandek zararlangandan keyin esa ularning qora dog’larga chidamli bo’lib qolishi kuzatilgan. Mevalarni ta’mini o’zgartirish. Mevalar va sabzovatlar yuqori qimmatga ega bo’lsa ham ularning ta’mi yoqimsiz bo’lsa xaridorlar talabi sust bo’ladi. Albatta, oziqa mahsulotlarning ta’mini tuz, shakar, aromatizatorlar yoki boshqa qo’shilmalar qo’shib yaxshilash mumkin, lekin iqtisodiy nuqtai nazaridan ozuqa mahsulotlarining o’zi turli ta’m va xususiyatlarga ega bo’lsa va yanada ishtahali bo’lib ko’rinsa yaxshiroq bo’lardi. Afrika o’simligi Dioscorephyllum cumminsii Diels ning mevasi ekvimolyar miqdordagi saxarozadan o’rtacha 100 000 marta shirinroq bo’lgan monellin oqsili mavjud. Bu oqsil bemalol shakarning o’rinbosari bo’lib xizmat qilishi mumkin, tarkibida uglevod bo’lmaganligi uchun metobalizmga zararli ta’sir ko’rsatmaydi. Monellin-2 zanjirli dimer bo’lib, A-zanjiri 45 ta aminokislota qoldig’idan, B-zanjiri esa 50 ta aminokislata qoldg’idan tashkil topgan bo’ladi. Zanjirlar o’zaro kuchsiz kavolentsiz bog’lar bilan bog’langan va bu uni shira beruvchi sifatida qo’llanilishini chegaralaydi, ya’ni ovqat pishirish jarayonida qizdirilganda yoki kislota ta’sirida (masalan, limon yoki sirka kislota) u oson dissotsiyalanadi va o’zining ta’m berish xususiyatlarini yo’qotadi. Razvetrol o’z navbatida muhim bir antioksidant hisoblanadi, organizmda erkin radikallar reaksiyasini bloklab qo’yadi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, har xil shishish jarayonlarini to’xtatadi, to’g’ridan to’g’ri shish hujayralarini rivojlanishini bloklab qo’yadi. Razvetrol o’z navbatida ayollarni jinsiy garmonini eslatadi va ektrogenni aktivlik baxsh etadi. Xuddi boshqa fitogormonlar singari razvetrol oteosparozni rivojlanishini kamaytiradi, terini yoshartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |