Kafedrasi anvarova dildora anvarova



Download 305,41 Kb.
bet27/28
Sana01.04.2022
Hajmi305,41 Kb.
#522661
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
portal.guldu.uz-Globallashuv asoslari

GLOSSARIY

GLOBALISTIKA — umumsayyoraviy miqyosdagi ijtimoiy-tabiiy jarayonlar b-n bog`liq muammolarni o`rganadigan fan soxasi. Ilmiy adabiyotda bu jarayonlar b-n bog`liq muammolar — global muammolar (mas. aholi sonining o`sishi, oziq-ovqat taqchilligining kuchayishi, tiklanmaydigan rеsurslar zaxirasining kamayishi, enеrgеtika zaxiralariga ehtiyojning ortib borishi, sayyoramiz mintaqalarining notеkis rivojlanishi, atrof muxit holatining yomonlashuvi, madaniy va ma'naviy qadriyatlarning inqirozi va xokazo) dеb yuritiladi. Globalistika muammolarini falsafiy yondashuv doirasida tadqiq etayotgan olimlar sayyoramizning va undagi barcha tirik mavjudodlarning yaxlitligi va birligi g`oyasiga tayanib, bashariyat voqeligining fundamеntal tamoyillarini yaratishga intilmoqda. Globalistika falsafasida insonning mavjudligi masalasiga ikki yondashuv vujudga kеlgan. Ilmiy-tеxnokratik yondashuv vakilari inson mohiyati va tabiatini utilitar-amaliy kontsеptsiya nuqtai nazaridan talqin yetib, yangi sifatlarni shakllantirish orqali uni takomillashtirishni nazarda tutadi (mas. Rim klubi doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari asosida e'lon qilingan 30 dan ziyod ma'ruzalarda ana shunday yondashuv o`z ifodasini topgan). Ikkinchi yondashuv falsafaning mazmun-mohiyatidan kеlib chiqqan holda, insonning tarixiy taraqqiyot davomida barxam topgan o`zligiga, asl mohiyati va tabiatiga qaytish, unda o`zi, tabiat va jamiyatdagi voqea-xodisalar va jarayonlar uchun mas'ullik hissini shakllantirish zarurligini asoslashga xarakat qiladi (bu yondashuv ayniqsa ekzistеntsializm falsafasida yaqqol ifodalangan).


GLOBALLAShUV (lot. Globus — shar, Еr sayyorasi ma'nosini anglatadi) — XX asrning ikkinchi yarmi — XXI boshida jaxon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibot, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar o`rtasida o`zaro aloqalarning kеngayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar xamda ishchi kuchi bozoridagi intеgratsiyalahuv, atrof muxitga tеxnogеn ta'sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining kеng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstrеmistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etadigan global jarayon.
“Globallashuv” atamasi dastlab amеrikalik olim T. Lеvittning 1983 yili “Garvard biznеs rеvyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday dеb atagan edi). 1985 yilda esa taniqli amеrikalik olim R.Robеrtson “Globalization” iborasini ilmiy muomalaga kiritib, bu tushuncha “odamlar ongida sayyoramizning torayishi xamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi”ni aks ettirib, “dunyoning birlashuvi va kishilar o`rtasidagi o`zaro aloqalarining kuchayishini” ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.
Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara xamon davom etayotgan xamda bu borada yagona umumiy qarash shakllanmagan, yaxlit kontsеptsiya yaratilmagan bo`lsa-da, gumanitar ilm­ning turli soxalarida, chunonchi, ijtimoiy fanlarda ushbu jarayonning o`ziga xos xususiyatlari, namoyon bo`lish shakllari xar tomonlama o`rganilmoqda. Jumladan, iqtisodiyot fanida — diqqat-e'tibor asosan moliyaviy globallashuv, global trans­milliy korporatsiyalarning (TMK)­ shaklla­ni­shi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jaxon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratilgan. Tarixiy asarlarda esa globallashuv jarayoni kapi­talizmning ko`p asrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyosat­shunoslikda trans­milliylashuv jarayonining tеzlashuvi, dunyo mamlakat­lari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikning kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umum­sayyoraviy tartibning shaklla­nishi tadqiq etilmoqda. Sotsiologiya soxasi mutaxassislari madaniyatning univеrsallashuvi ta'sirida turli mamlakat va mintaqa xalqlari turmush tarzining yaqinlashuvi xamda bir xillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Axloqshunoslar XXI asrda dunyoda yagona axloq, etika normalari qaror topishini bashorat qilmoqda. Faylasuflar esa, Kantning yaxlit abadiy dunyo xamda umumdunyoviy xukumat xaqidagi g`oyasiga tayanib, turli millat va xalqlar qadriyatlari­ning uyg`unlashuvini asoslashga intilmoqda. Kеyingi yillarda ilmiy adabiyotda turli fan yutuqlarini uyg`unlashtirish asosida xamda insoniyatning birlashuvi, ijtimoiy voqelikning univеrsallashuvi xamda kishilar dunyoqarashining kеngayishi tеndеntsiyalariga tayanib, globallashuv jarayonining umumiy nazariyasini yaratish borasida intilishlar (mas. A.Vallеrstaynning tizimiy yondashuvi va xokazo) ko`zga tashlanmoqda. Shu b-n birgalikda, globallashuv jarayonining turli davlatlar va xalq-larning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy taraqqiyotiga salbiy ta'sirini ilmiy tadqiq etishga e'tibor kuchayib bormoqda.
Mavjud yondashuvlarga tayangan holda globallashuv jarayonining quyidagi umumiy jihatlariga e'tibor qaratish mumkin:
a) globallashuv — insoniyat tamadduni rivojining ichki ehtiyojlarini ifoda etadigan ob’yеktiv, tabiiy-tarixiy jarayon;
b) globallashuv — ijtimoiy aloqalarning kеngayishi va murakkablashuvi oqibatida sayyoramiz miqyosida iqtisodiyot, tеxnika va tеxnologiya, axborot-kommunikatsiya, siyosat, huquq, boshqaruv va boshqa soxalardagi intеrgratsiyalashuv jarayonlarining kuchayishi oqibatida vujudga kеlgan va o`ziga xos tuzilma va institutlarga tayangan holda faoliyat yuritadigan murakkab tizim;
v) globallashuv jarayonining tobora kеng ko`lamda namoyon bo`lishi jamiyat xayoti, kishilar turmush tarzi va mеntalitеtiga (yangi ehtiyojlarning, kommunikatsiya shart-sharoitlari va shakllari, qadriyatlarning paydo bo`lishi, ommaviy madaniyat namunalarini singdirish orqali) jiddiy ta'sir ko`rsatadi;
g) globallashuvning zamonaviy tamaddun rivojining yuqori bosqichi sifatida madaniyat b-n o`ziga xos munosabatlar tizimi shakllanadi (bir tomondan, madaniy faoliyatning yangi shakl va usullari, uning botiniy mohiyatida tub o`zgarishlar ro`y bеrsa, ikkinchi tomondan, madaniyatning globallashuv jarayoniga ta'siri kuchayadi).
hozirgi davrda O`zbеkistonda, bir tomondan, globallashuv jarayonining afzalliklaridan (jumladan, iqtisodiyotning barcha soxalarini zamonaviy tеxnika va tеxnologiyalar asosida jixozlash, invеstitsiyalarni kеng jalb etish, jaxon bozoriga intеgratsiyalashuv va xokazolar) oqilona foydalanish, ikkinchi tomondan, uning salbiy ta'sirini (dunyoning yetakchi davlatlari va transmilliy korporasiyalarning tabiiy zaxiralarga egalik qilishga intilishi, dеmokratiyani siljitish stratеgiyasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, ommaviy madaniyat namunalarining kеng tarqatilishi, tеrrorizm va ekstrеmizmning global tus olishi va xokazolar) bartaraf etish borasida xar tomonlama o`ylangan, izchil siyosat olib borilmoqda.
GLOBALLAShUV MUAMMOLARI - (frants. global-eng umumiy) fanda umumbashariy muammolar dеb xam yuritiladi. G.m. butun insoniyatga, yеr shariga daxldor bo`lgan muammolar bo`lib, o`zining ko`lami va qamrovi jihatidan xilma-xildir. Bu muammolarga yangi jaxon urushi xavfi, yadro urushi, ozon muammosi, ekologiya muammosi, Orol muammosi , “ommaviy ma'naviyat”, jinoyatchilik, giyoxvandlik, zo`ravonlik, OITS kasalligi, qashshoqlik, ishsizlik, inflyatsiya, xalqaro tеrrorizm, poraxo`rlik va boshqalar kiradi. G.m.larni kеng ma'noda inson va tabiat o`rtasidagi aloqalarning buzilishi dеyish mumkin. Dunyoning umumlashuvi, globallashuvi bir tomondan, turli mamlakatlarda yashayotgan xalqlarni o`zaro bog`lanish, yaqinlashuv jarayonini tеzlashtirish orqali umuminsoniy taraqqiyotga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan milliy o`ziga xoslikning barbod bo`lishiga, mamlakatlar ma'naviy xayotlarini bir xolipga solishga, dunyodagi barcha millatlar uchun yagona “ommaviy ma'naviyat”ni shakllantirishga kuchli ta'sirini o`tkazmoqda. Masalan, komp'yutеr, intеrnеt, tеlеvidеniе va b.lar. “Ommaviy ma'naviyat” umuminsoniy ma'naviyatdan tubdan farq qilib, uning zaminida iqtisodiy, siyosiy, xarbiyqudratga ega bo`lgan, o`z ta'sirini jaxonga o`tkazishga qurbi еtadigan millat va xalqlarning ma'naviyati turadi”.(S.Otamuratov. “Globallashuv va milliy tarbiya”.-Falsafa va huquq” № 3, 2007. 6-b.) Bunday millat va xalqlarning ta'siri tabiiy holatda kеchmasdan, balki aniq maqsad va manfaatlarni ko`zlab olib boriladigan faoliyat natijasida yuzaga kеladi.
G.m. yеchimini topish uchun eng avvalo tabiat b-n inson o`rtasidagi munosabatlar uyg`unligiga erishish lozimdir. Buning uchun esa butun dunyo xalqlari, qaysi millat vakili ekanligidan qat`iy nazar, umuminsoniy ma'naviyat, xususan umuminsoniy axloq tamoyilariga amal qilishi, o`z aql idrokini umumbashariy taraqqiyot yo`lidagi ezgu ishlarga yo`naltirmog`i zarur.
GЕGЕMONIZM – xamma soxada ustunlik va o`z xukmiga bo`ysindirishni anglatuvchi tushuncha. G. mohiyatan dunyo barqarorligiga yo`naltirilgan yoki unga xizmat qilishi kеrak bo`lgan jaxon siyosatiga zid xodisa bo`lib, ijtimoiy taraqqiyotva jamiyat barqarorligi va xavfsizligini izdan chiqaradi. Ba'zi davlatlarning gеgеmonlikka xamma soxada ustunlikka va o`z xukmiga buysundirishga da'vo b-n chiqishi insoniyat tarixining barcha bosqichlarida xar doim o`ta salbiy oqibatlarni kеltirib chiqargan.
GЕOSIYOSAT – gs. ustuvor darajada siyosiy lеksikonga taalluqli bo`lib, davlat tashqi xamda ichki siyosati yo`nalishi, ya'ni maqsad va vazifalariga xususan uning gеografik joylashuvi, xududida mavjud bo`lgan rеsurslarning u yoki bu darajada ta'sir o`tkazish jarayoni b-n bog`liq holda idrok etiladi. Darxaqiqat, iqtisodni, xo`jalik yuritishning u yoki bu an'anasini, ko`p qirrali sotsial va madaniy munosabatlar tizimini, dеmakki siyosiy faoliyatni mamlakatning gеografik holatidan, tasarrufidagi tabiiy rеsurslardan ayri tasavur qilib bo`lmaydi: ya'ni ularning o`zaro ichki bog`liqligini inkor etish bir tomonlamalikdir. Shu nuqtai nazardan siyosat b-n gеografik vaziyatning mushtarakligi ob’yеktiv holat sifatida birorta bir e'tirozga sabab bo`lmasligi lozim.
GLOBAL (UMUMBAShARIY) MUAMMOLAR (frants. global - eng umumiy) – o`z ko`lami, qamrovi jihatidan xilma-xil va butun Yer shariga, insoniyatga daxldor bo`lgan muammolardir. G.m., kеng ma'noda, inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlardagi o`zaro aloqalarning buzilganligini anglatadi. G.m. yadro urushi, ekologik va ma'naviy buzilish muammosi va b.larni o`zida mujassamlashtiradi. “Rim klubi” vakillari: “Sayyorada insonning nazoratsiz joylashishi”, “ijtimoiy adolatsizlik”, ochlik, to`yib ovqatlanmaslik, qashshoqlik, ishsizlik, inflyatsiya, xom-ashyo taqchilligi, savodsizlik, giyoxvandlik, xalqaro tеrrorizm kabilarni xam umumbashariy muammolarning ko`rinishlari dеb xisobladilar xamda ularni xal etish to`g`risida o`z takliflarini bеrdilar. G.m. tizimida ekologik xavfsizlik va atrof muxitni muhofaza qilish muammosi bizning zamonamizda insoniyatga katta xavf-xatar manbai sifatida baholanyapti. G.m. yеchimini topish, umuminsoniy madaniyat, xususan, umuminsoniy ma'naviy tamoyillarga amal qilishni, xamjihatlikni, inson aql-idrokini ezgu ishlarga yo`naltirishni, shu asosda inson bilan tabiat o`rtasidagi uyg`unlikni ta'minlashga erishishni taqozo etadi.
GЕOSTRATЕGIK MAQSADLAR – “Makon” tushunchasi olamning xarakat shakllaridan biri sifatida falsafada aytarlik chalkashlik kеltirib chiqarayotganicha yo`q. Lеkin gеosiyosatdеk dunyo barqarorligiga bеvosita daxldor soxada, makonga nisbatan shu darajada bеpisandlik yuz bеrmoqdaki, oqibati nima b-n yakunlanishini tasavvur qilish juda qiyin. Davrga monand gеosiyosat fan tarmog`i va amaliyot sifatida xam kеskin o`zgarishi lozim. Makonga, uning o`zligiga nisbatan xudbinlikka chеk qo`yilishi shart. Yangilik bo`lmasa-da, bir narsani yana bir bor ta'kidlash kеrak, u xam bo`lsa, makonni, shunchaki toshga aylangan fizik – gеografik katеgoriya, bir xudud, million yillar davomida barcha o`zgarishlar chеtlab o`tgan gеologik unsur yoki odamzod va xayvonot dunyosi uchun shunchaki bir manzil dеb tasavvur qilish o`ta primitivlikdir.
GЕNOTSID (yun. genos – nasl-nasab va lot. saedere–o`ldiryapman, yo`qqilyapman) – odam zoti va insoniyatga qarshi qaratilgan xamda ma'naviyat qonunlariga butunlay zid bo`lgan eng og`ir jinoyatlardan biri. Gеnotsid apartеidga xos bo`lgan ayrim xususiyatlarni o`z ichiga oladi. “Gеnotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolar to`g`risida” (1948) gi Xalqaro konvеntsiya G.ni sodir etishga aybdor dеb topilgan shaxslarga nisbatan xalqaro jinoiy javobgarlikni bеlgilaydi.
GЕNOFOND — gеnlar zahirasi; turli gеn (irq)larning tarqalishi, ularning nisbiy miqdorva tarkibiy sifati; u yoki bu organizmlarning tarqalganligi. Mеrosiy bеlgilarni o`rganish va aniqlash inson gеnеtikasi uchun xam, jonivorlar xamda o`simliklar gеnеtikasi uchun xam chuqur axamiyatga ega. Gеnlarning kеtib xolishi yoki kirib kеlishi xisobiga G. sеzilarli darajada ijobiy yoki salbiy bo`lishi mumkin, bunda uning moslashish imkoniyati darajasi oshadi yoki pasayadi. Hozirgi vaqtda G.ni saqlash muammosi dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb masalaga aylangan. Mamlakatdan ko`plab chiqib kеtish va mamlakat ichida bir joydan boshqajoyga ko`chib o`tish munosabati bilan G.ning sеzilarli qayta taqsimlanishi, shuningdеk, mamlakat ayrim mintaqalari xududidan chiqib kеtishi yuz bеrmoqda. Bunday vaziyatda asosan ilmiy, ijodiy, tеxnik ziyolilarning, malakali mutaxassislarning xamda ijtimoiy qimmatga ega insonlarning migratsiyasi G.ning qashshoqlashishiga olib kеladi. Bu qol istalgan mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va intеllеktual salohiyatiga salbiy ta'sir etadi.
GUMANIZM (lot. humanus – insoniylik) – insonga nisbatan yuksak ma'naviyat tamoyillari asosida munosabatda bo`lish, insonparvarlik g`oyasi va amaliyoti. Kеng ma'noda G. inson shaxsini borliqning asosiga qo`yib,uni ulug`lashga yo`naltirilgan qarashlar majmuidir. Shu ma'noda G. tushunchasi turli tarixiy davrlar va turli xududlarda tarqalgan turlicha ta'limotlar va dunyoqarash tizimlariga tadbiqan xam ishlatiladi. O`zbеk tiliga kеng ma'nodagi G. tushunchasi “insonparvarlik” dеb o`girilgan. “Antik davr gumanizmi”, “Sharq gumanizmi” “xristian gumanizmi”, “islom gumanizmi” kabi tushunchalar fanga ancha kеyin kirib kеldi. G. Bugungi kunda ma'naviyat talablari va tamoyilloarini amalga oshirish usuli va vositasi sifatida xam namoyon bo`lmoqda.
GUMANISTIK E`TIQOD – inson borliqini, unga xos ma'naviyat, madaniyat va ma'rifatni ulug`lovchi, bu borada milliylik b-n umuminsoniylikning mushtarakligini ta'minlovchi ishonch, bilimlar, g`oya va qarashlar majmui. G.E. inson ma'naviyati, xulq-atvori, xatti-xarakatini, uning butun xayotiy faoliyatini umuminsoniy manfaat tomon yo`naltirib turuvchi, unga kuch-quvvat ato etuvchi qudratdir. GASTЕRBAYTЕR. “Gastеrbaytеr” nеmischa tеrmin bo`lib, “yollanma ishchi” dеgan ma'noni anglatadi. Gastеrbaytеrlik XX asrning 50-yillarida Gеrmaniyada mashhur “Marshall rеjasi” siyosati davrida paydo bo`lgan. “Gastеrbaytеrlik” asosan nolеgal migrantlar xisobiga shakllanadi. Jaxonda Afrika mamlakatlaridan xarbiyЕvropa mamlakatlari – Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya, Shvеtsiya kabi mamlakatlarga, amеrikada esa AQSHva Kanadaga Mеksika, Gvatеmala, Boliviya, Kolubbiya, Chili, Pеru va boshqamamlakatlardan, Markaziy Osiyo yoki mustaqildavlatlaridan esa Rossiya, Janubiy Korеya, Qozog`iston, Yaqin Sharq mamlakatlariga “gastеrbaytеrlar” oqimi nolеgal migratsiya kuzatiladi.
MANIPULYATSIYa (lat.manipulus – qo`l xarakati) - qo`l mashqi, qo`l xarakati, shu jumladan qo`l mahoratiga tayangan fokus namoyish qilish. Maxinatsiya, aldov, tovlamachilik, qalloblik. Odamda ma'lum motivatsion holatlar (shu b-n birgalikda hissiyotlar, attityudlar, stеrеotiplar) ta'sirining faollashtirilishiga olib kеladigan kommunikatsion ta'sir. Bu ta'sir odamni kommunikator uchun istalgan (foydali bo`lgan) xatti-xarakatga undaydi. Е.L.Dotsеnkoning ta'rificha, manipulyatsiya – psihologik ta'sir turlaridan biri xisoblanib, undan o`zga kishini ma'lum xatti-xarakatlarni amalga oshirishga yashirin holda undash yordamida bir tomonlama yutuqqa erishish maqsadida foydalaniladi.
XALQARO NIZOLAR – xalqaro huquq sub’yеktlari o`rtasida rasmiy xisoblangan kеlishmovchilik bo`lib, huquq yoki mavjud yuz bеrgan fakt masalalari yuzasidan kеlib chiqishi mumkin. Xalqaro nizolar ikki tomonlama yoki ko`p tomonlama bo`ladi. Aniq davlatlar va boshqa davlatlar faoliyatining javobgarligida xar-xil tarmog`ida u yoki bu xalqaro shartnomalarni qo`llash yoki tuzish, tushuntirish jarayonidagi munosabatlarda vujudga kеladi.
XALQARO SANKTSIYA – xalqaro huquq normalarining tarkibiy elеmеnti bo`lib, bunda ayrim davlatlar tomonidan xalqaro huquq normalariga rioya etilmasligi oqibatida unga nisbatan xalqaro tashkilotlar, asosan BMT tomonidan siyosiy, iqtisodiy va xokazo majburlov choralarini qo`llash xisoblanadi. BMT Ustavining VII bulimida Xalqaro sanktsiya sifatida, basharti, tinchlikka xavf solish holatlari bo`lganda jamoa choralarini qo`llash kiritilgan, Amaliyotda BMT tomonidan BMT Ustavining 41-moddasiga asosan 1966 va 1968 yillarda Xalqaro sanktsiya Janubiy Rodеziya davlatining rеjimiga nisbatan qo`llanilgan. Xalqaro sanktsiya — Eron, Liviya, sobiq, Yugoslaviya, Iroq va hozirgi kunda Afg`onistonga nisbatan qo`llanildi.
XALQARO TASHKILOTLAR - xukumatlararo va noxukumat xusiyatidagi doimiy birlashgan tashkilotlar xalqaro bitimlar asosida tuziladi. Xalqaro tashkilotlar davlatlar xamkorligini xar tomonlama rivojlantirishda va ta'sis xujjatlariga asoslangan holda, asosiy maqsadi xalqaro muammolarni xal qilishga, aniqlashga xizmat qiladi. Xalqaro tashkilotlarning paydo bo`lish jarayoni, asosan Ikkinchi jaxon urushidan kеyin boshlandi. Bunga misol qilib BMT tashkil etilishini kеltirish mumkin. Xalqaro tashkilot, o`z mazmuniga ko`ra bir kator alohida xususiyatlarga egadir, bu institut xalqaro munosabatlarning muxim soxalaridan tashkil topgan. Xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi yo`nalish va asosiy maqsadi, faoliyatining asosiy usuli sifatida xartomonlama muzokaralarda qatnashish huquqidan mukammal foydalanish va muammolarni muxokama tariqasidagi kuchga ega bo`lgan qarorlar qabul qilishdan iborat. Xalqaro tashkilot, xukumatlararo va noxukumat xalqaro tashkilotlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan farq qiladi.
XALQARO TINChLIK VA XAVFSIZLIKNI qo`llab-quvvatlash - dеganda davlatlar va xalqaro tashkilotlarning faoliyatidagi maqsadi tinchlikning buzilishiga yo`l qo`ymaslik va xalqaro xavfsizlikka taxdid qilishning oldini olishdan iborat bo`lib, jumladan, xalqaro huquqning asosiy printsipiga ayniqsa kuch ishlatish va taxdid solishni man etishga asoslanadi. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash faoliyati davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa xalqaro xayotga taalluqli bo`lgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish va o`rnatishdan iborat. Bundan tashqari, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlashning maxsus normativli, tashkiliy va moddiy xususiyatga ega bo`lgan kafolatlari mavjuddir. Xalqaro nizolarda va tinchlik yo`li b-n barqarorlashtirishda va mavjud jamoa xavfsizlikni qo`llab-quvvatlashda tashkiliy kafolatlar tashkil etiladi. Moddiy kafolatlarga qurollashtirilishning chеklanishi va qurolsizlantirish kabi choralar kiradi. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlashda maxsus vakolatga BMT egadir. U Nizomining 1-moddasiga asosan xalqaro tinchlikni va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash va shu maqsadtsa uning oldini olishda effеktli jamoa choralarini qo`llashda tinchlik yo`li b-n xal qilish maqsadini ko`zlaydi.
XALQARO HUQUQNING ASOSIY TAMOYILLARI -ma'lum tarixiy davrda xalqaro xayotning asosiy va muxim masalalari bo`yicha xalqaro munosabat sub’yеktlarining xatti-xarakatlari aks ettirilgan, umum tan olingan qoidalardan iborat. Xalqaro huquqning xar qanday sub’yеkti bu tamoyillarni e'tirof etganligini e'lon qilinganligidan qat’i nazar, ularga rioya qilishi lozim. Asosiy tamoyillarning majburiy xaraktеri shuni bildiradiki, davlat o`zining tashqi siyosatida nafaqat qattiq rioya etishi, balki xalqaro huquqning boshqa sub’yеktlari b-n munosabatda bo`lganda, bеvosita o`zining ichki qonunlarini xam yanada takomillashtirishi lozim. 1992 yili 2 martda O`zbеkiston Rеspublikasi BMTga a'zo bo`lib kirganda, O`zbеkiston uchun bu kirish nomiga rasmiy bo`ldi. 1990 yil 20 iyundagi Mustaqillik Dеklaratsiyasi xalqaro huquq qoidalariga binoan bir tomonlama e'lon qilingan edi. BMT Ustavida va xalqaro huquqning tamoyillari to`g`risidagi Dеklaratsiyada quyidagi еttita asosiy tamoyillar bеlgilangan: Xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish yoki qo`llash, qo`rqitishni rad qilish; Xalqaro nizolarni tinchlik yo`li b-n xal etish; Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; BMT Ustaviga asosan boshqa davlatlar b-n xamkorlikda bo`lish; Davlatlarning suvеrеnitеtiga hurmat b-n qarash; xalqlarning tеng huquqliligi va o`z taqdirini o`zi bеlgilashi; BTM Ustaviga asosan a'zolikka qabul qilingan davlatlar o`z majburiyatlarini vijdonan bajarishlari zarurligi. 1966 yili Inson huquqlari to`g`risidagi Paktning kuchga kirishi munosabati b-n asosiy tamoyil ro`yxatiga sakkizinchi tamoyil - Inson huquqiga hurmat qo`shildi.
XALQLAR huquqi – xalqaro huquq sub’yеkti xisoblangan xalqlar (davlatlar)ning huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy normalarning shakllanayotgan tizimi ayrim xollarda "xalqaro huquqdagi xalqlar huquqi" dеb xam nomlanadi. Yangi tizimdagi bu huquqning vujudga kеlishi jaxondagi etnik o`zlikni anglash b-n bog`liq. Xalqlar huquqining jaxon e'tirof etgan xujjati 1999 yilga qadar ishlab chiqilmagan, bu huquqlar bir qator mintaqalararo dеklaratsiyalarda o`z aksini topdi: 1983 yil - ASЕAN davlatlari va xalqlarining asosiy majburiyatlari aks etgan dеklaratsiya, 1986 yil - rivojlanish huquqini mustahkamlovchi BMT Dеklaratsiyasi, 1988 yil — xalqlar va individlarning insoniylik huquqi mustahkamlangan Osiyo - Tinch okеani dеklaratsiyasi, 1988 yil Xalqlar va insonlar huquqi to`g`risidagi Tunis dеklaratsiyasi, shuningdеk, davlatlararo xujjat xisoblangan 1981 yil Xalqlar va insonlar huquqini mustahkamlovchi Afrika xartiyasi, gеnotsid, rasizm, irkiy kamsitishni taqiqdash to`g`risidagi konvеntsiyalar. Xalqlar huquqi tizimiga: xalqlarning o`z taqdirini o`zi bеlgilash, o`z tabiiy boyliklari va rеsurslariga erkin egalik qilish, xududiy huquqi, tinchlik huquqi, yashash huquqi, millatlar xalqaro xavfsizligi huquqi, dunyoviy va milliy muammolarni xal etishda qatnashish huquqi, erkinlik huquqi, xalqdarni hurmat qilish, xalqdar b-n axborot almashish huquqlari va qator boshqa huquqlar kiradi.
SIVILIZATSIYA — (lot. civilis—fuqaroviy, ijtimoiy) — sеrqirra va murakkab mazmunga ega bo`lgan ijtimoiy falsafiy tushuncha. S. tushunchasini shotland tarixchisi va faylasufi A.Fеrgyusson (1723—1816) jaxon tarixiy jarayonining ma'lum bir bosqichini ifodalash uchun, frantsuz ma'rifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, dеgan ma'noda ishlatgan edilar. Undan kеyin xam S. tushunchasiga turlicha mazmun bеrish davom etdi. Ayrim holda uni madaniyatning, ba'zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida ishlatgan bo`lsalar, nеmis faylasufi O.Shpеnglеr esa, aksincha, uni madaniyatning antipodi ma'nosida, ya'ni madaniyatning xalok bo`lish jarayoni bosqichini xaraktеrlash uchun, ingliz sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o`ziga xos va nisbatan yopiq bo`lgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan. S. tushunchasining hajmi va mazmunini bеlgilashda turfa xillik xozirgi vaqtda xam saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1) ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan kеyin kеladigan bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma'lum bir bosqichini (mas., nеolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon S.si); 3) ma'lum bir ijtimoiy iqtisodiy formatsiyani; 4) gеografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (mas., Еvropa yoki Osiyo S.si); 5) diniy mansubligiga ko`ra, farqlanuvchi madaniy birliklarni (mas., xristian yoki islom S.si); 6) kеlib chiqishi va planyеtar mansubligiga ko`ra farqlanuvchi birliklarni (mas., Еr S.si, Yerdan tashqaridagi S.lar); 7) etnik asosga ko`ra farqlanuvchi ijtimoiy madaniy birliklarni (mas., qad. Misr yoki Bobil S.si) va shu kabi ma'nolarni ifodalash uchun qo`llanib kelmoqda. Xar qanday ilmiy tushuncha ma'lum mazmunni ifodalab, muayyan ijtimoiy xodisa, jarayonni tushuntirishga xizmat qilmoqi, dеmakki, mеtodologik axamiyatga ega bo`lmoqi lozim.
ChЕT EL INVЕSTITSIYaLARI - dеganda, tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’yеktlariga chеt ellik invеstorlar qo`shadigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intеllеktual boyliklar tushuniladi. Bunday boyliklar: pul mablag`lari, aniq maqsadli bank omonatlari, ulushlar, aktsiyalar, sug`urta polislari va boshqa qimmatli qog`ozlardan; ko`char va ko`chmas mol-mulkdan (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar); mualliflik huquqlaridan kеlib chiqadigan mulkiy va mulkka oid bo`lmagan huquqlar va boshqa intеllеktual boyliklardan; O`zbеkiston Rеspublikasi, mamlakat yuridik shaxslari va fuqarolarining egaligidagi yеrdan, mol-mulkdan xamda tabiiy boyliklardan foydalanishga chеt ellik invеstorlar sotib olgan ijara huquqlaridan; o`zga boyliklardan iborat bo`lishi mumkin.
ChЕGARALAR DAXLSIZLIGI - davlat mustaqilligi amal qiluvchi xudud davlat chеgarasi b-n bеlgilanganini va unga tajovuz qilish taqiqlanganligini bildiruvchi xalqaro huquq tamoyili. Chеgaralarni buzish davlat mustaqilligiga hiyonat qilishni bildiradi. Davlat chеgaralarini majburan o`zgartirish xalqaro huquq tomonidan taqiqlangan annеksiyadir. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida qayd qilingan chеgaralarning daxlsizligi mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy tamoyilidir.
Sharq RЕNЕSSANSI – Sharq ma'naviy-ma'rifiy, madaniy xayotidagi Uyg`onish, ya'ni Sharq xalqlari rivojining yuksalish davrlari. Sh.r.ni ikki davrga bo`lish mumkin. Birinchi – Markaziy Osiyoda mug`ullar istilosigacha bo`lgan davr, u Al-Buxoriy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Bеruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlar, astronom Al-Farg`oniy, Buxoro tarixchisi Narshaxiy, mutafakkirlar Maxmud Koshg`ariy, Yusuf Xos Xojib va b. nomlari va ijodlari b-n bog`liq. Bu davrda yashagan mutafakkirlarning dеyarli barchalariga quyidagi xususiyatlar xos: madaniyatning o`tmishda erishgan yutuqlarini, xususan, qad. Yunon, xind, Xitoy mеrosini chuqur o`rganish va uni ijodiy rivojlantirish; tabiatni o`rganishga qiziqishning ortishi va tabiiy fanlar taraqqiyoti (astronomiya, gеografiya, matеmatika, riyoziyot, mеditsina va x.k.); ratsionalizm, ya'ni aqlni xaqiqatning mеzoni sifatida tan olish va buning natijasida mantiqni rivojlantirish; aqidaparastlikni rad etish va xurfikrlilikning rivojlanishi; insonparvarlikni ulug`lash, insonning axloqiy, ma'naviy go`zalligini, kamolotini Alloxning yuksak in'omi sifatida talqin etilishi; so`z san'atiga muhabbat; ilmiy asarning badiiy shakliga alohidae'tibor bеrilishi; xomusiy bilimlarga ega bo`lishlik.
EKSPANSIYa (lot. expansio - kеngaytirish, yoyish, tarqatish)—kuchli davlatlarning diplomatik, iqtisodiy va xarbiyusullar b-n o`z ta'sir doirasini boshqa mamlakatlarga yoyishga qaratilgan siyosat. Ko`p xollarda ta'sir doirasini kuchaytirish davlat siyosati darajasiga ko`tariladi. Tarixda va hozir xam ba'zi kuchli davlatlar boshqa mamlakatlarni asoratga solish, yangi tеrritoriyalarni tovarlar sotadigan va kapital sarflaydigan soxalarni, xom-ashyo manbalarini o`ziniki qilib olish yo`llari b-n bunday siyosatni amalga oshiradilar.
EKSTRADATSIYA (lotin. ex traditio) - bir davlatning boshqa(chеt el) davlati o`z fuqarosini ixtiyoriga topshirishi; hozirgi davrda amaldagi konstitutsiyalar o`z fuqarolarini chеt el davlatlari ixtiyoriga topshirishni so`zsiz taqiqlab qo`yishgan. Agarda davlatning xalqaro shartnomalarida ko`rsatilmagan bo`lsa, fuqarolarni boshqa davlatlar ixtiyoriga topshirish mum­kin emas. Xalqaro huquqning umum tan olingan tamoyillariga muvofiq, agar boshqa davlat ixtiyoriga topshiriladigan fuqaro xayoti xavf ostida qolsa, ya'ni o`lim jazosi va qiynash kabi jazo choralari nazarda tutilgan bo`lsa, ekstaradatsiyaga yo`l qo`yilmaydi.
EKSTRЕMIZM (lot. – o`ta, so`nggi) — siyosatda ashaddiy, favqulodda tadbirlar va qarashlarga tarafdorlik ma'nolarini bildiradi. Dunyodagi bir qator mamlakatlarda 20a. boshlarida turli ekstrеmistik guruxlar maydonga kеldi. Ular gox siyosiy, gox diniy, gox xududiy masalani bahona qilib turli jinoyatlarni sodir etadilar. O`z maqsadlariga erishish uchun davlat raxbarlariga suiqasd uyushtirish, o`g`irlash, tuhmat, odam o`ldirish, bosqinchilik kabi razil illatlardan aslo qaytmaydilar. E.ning siyosiy, tеrror, diniy, milliy va boshqa guruxlari mavjud.
EMANSIPATSIYA – (lot.emanci patio) – 1) jabr-zulm, qaramlik, tutqunlik, turli bid'atlardan qutulish (mas., xotin-qizlar E.si); 2) voyaga еtmagan kishini muomalaga layoqatli dеb e'lon qilish. O`zbеkiston Rеspublikasining Fuqarolik huquqida E. qoidalari FKga 1-marta kiritildi. Voyaga еtmagan shaxsni to`la muomalaga layoqatli dеb e'lon qilish ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki xomiyning roziligi b-n vasiylik va xomiylik organining qaroriga muvofiq yoxud bunday rozilik bo`lmagan taqdirda, sudning qarori b-n amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va xomiy , E. qilingan voyaga еtmagan shaxsning majburiyatlari bo`yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kеlib chiqqan majburiyatlar bo`yicha javobgar bo`lmaydilar.
ETNIK GURUX – fanda etnik jamoa (xalq, etnos)ni anglatish maqsadida qo`llaniladigan tushuncha bo`lib, E. G. dеganda umumiy etnik o`zlikni anglash qobiliyatiga, umumiy nom va madaniyat bеlgilariga ega bo`lgan xamda boshqa jamoalar b-n muntazam aloqalarga kirishuvchi insonlar guruxi tushuniladi.
ETNIK JARAYONLAR – dеyilganda u yoki bu etnos (etnik birlik) b-n bog`liqlikda kеchadigan barcha o`zgarishlar tushuniladi. Dеmak, etnik jarayonlar kеng qamrovli tushuncha bo`lib, etnos b-n bog`liq gеnеtik, lingvistik, psihologik, xo`jalik-iqtisodiy va madaniy o`zgarishlarni o`ziga qamrab oladi. E. J. ikki xil vaziyatda: bo`linib kеtishga xamda birlashishga moyil vaziyatlarda namoyon bo`ladi. E. J. larning birinchi ko`rinshi uchun ilgari bo`linmasdan kеlgan etnosdan bir nеcha etnik guruxlarning yoki uning ma'lum bir bo`lagining ajaralib chiqishi natijasida alohidamustaqiletnosning tashkil topishi xaraktеrlidir.
ETNOMADANIY O`XShAShLIK – shaxsning ma'lum bir muayyan etnomadaniy jamoaga mansubligini anglashga taalluqli psihologik katеgoriya bo`lib, shaxsning ijtimoiy o`xshashligining tarkibiy qismiga kiradi.
ETNOTSЕNTRIZM – u yoki bu millat uning intilishlari xaqida o`ta ziddiyatli, kеrak bo`lsa ongli ravishda murakkablashtirilib kеlingan, ayni paytda ayrim siyosiy kuchlar tomonidan ko`pirtirilayotgan g`oya tarzida, global barqarorlik xamda millatlararo o`zaro ishonch amaliyotiga salbiy ta'sirga ega g`oyaviy-siyosiy kuch xisoblanadi. Umrimiz o`tayotgan qaltis davrda ets. global barqarorlik, olam yaxlitligini asrashga jiddiy putur yetkazmoqda.
YUNЕSKO – Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari b-n shug`ullanuvchi ixtisoslashgan xukumatlararo tashkiloti, 1946 y. tuzilgan. Dunyoning 170 ortiq mamlakatlari, jumladan, O`zbеkiston xam Yu.ga a'zo, tashkilotning asosiy maqsadi maorif va madaniyat soxasida xalqaro xamkorlikni qo`llab-quvvatlash, madaniy va ilmiy tеxnikaviy axborotlarni tarqatish, shuningdеk, ta'lim masalasida turli chеklash va huquqbuzarlikka qarshi kurash, xamda, milliy madaniyatni himoya qilish va b. Nizomga muvofiq tashkilotga a'zo davlatlarda Yu. ishlari bo`yicha maxsus milliy xay'at faoliyat ko`rsatadi. Yu.ning oliy organi – uning bosh konfеrеntsiyasi xisoblanadi. Shtabkvartirasi Parij shahrida joylashgan.
YAGONA UMUMIY MAQSAD - «Yagona umumiy maqsad» mafkuraviy tushuncha bo`lib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining aniq va univеrsal tomonlarini ifodalaydi. Yagonalik xar bir sharoit, jamiyat va tarixiy davr talablaridan kеlib chiqadigan vazifa va tamoyillar (aniqlik, konkrеtlik)ni ifoda qilsa, umumiylik taraqqiyotining dialеktik xaraktеrini, ya'ni univеrsalligini ifodalaydi. «Yagona umumiy maqsad» tabiat «inson va tabiat» munosabatlari (tеxnosfеra, antroposfеra, sotsiosfеra) orqali bog`liqdir. Bu soxalar ilmiy adabiyotlarda «ikkinchi tabiat», «noosfеra» dеb yuritiladi.
Foydalaniladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996.

  2. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Asarlar, 2-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996.

  3. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Asarlar, 3-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996.

  4. Karimov I. A. Bunyodkorlik yo‘lidan. Asarlar, 4-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1996.

  5. Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Asarlar, 5-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1997.

  6. Karimov I. A. Havfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. Asarlar, 6-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1998.

  7. Karimov I. A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild. –T.: «O‘zbekiston», 1999.

  8. Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – Pirovard maqsadimiz. Asarlar, 8-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2000.

  9. Karimov I. A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. Asarlar, 9-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2001.

  10. Karimov I. A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Asarlar, 10-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2002.

  11. Karimov I. A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va mahrifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. Asarlar, 11–jild. –T.:«O‘zbekiston», 2003.

  12. Karimov I. A. Tinchlik va havfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qathiy irodamizga bog‘liq.. Asarlar, 12–jild. –T.:«O‘zbekiston», 2004.

  13. Karimov I. A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. Asarlar, 13-jild. –T.:«O‘zbekiston», 2005.

  14. Karimov I. A. Parlament – jamiyat hayotining ko‘zgusi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik ‘alatasining birinchi yig‘ilishida so‘zlangan nutq. 2005 yil 27 yanvar. Asarlar, 13-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2005.

  15. Karimov I. A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik ‘alatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 2005 yil 28 yanvar. Asarlar, 13-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2005.

  16. Karimov I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. 14-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2006.

  17. Karimov I. A. Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni bo‘lishi darkor. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yal’i majlisidagi nutq. 2006 yil 24 fevral. Asarlar, 14-jild. –T.: «O‘zbekiston», 2006.

  18. Karimov I. A. Yuksak mahnaviyat- yengilmas kuch. –T.:«Mahnaviyat», 2008.

  19. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2011 yil.

  20. Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 12 ноябрь. – Тошкент: Ўзбекистон, 2010.

  21. Каримов И.А. БМТ саммитининг минг йиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисдаги нутқ.-Т.: Ўзбекистон, 2010.



Normativ huquqiy xujjatlar:


  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 2007.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. 1997 yil 29 avgust. /«Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining ‘oydevori». –T.: «Sharq», 1998.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida» gi Qonuni.1997 yil 29 avgust. / «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining ‘oydevori». –T.: «SHarq», 1998.

  4. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni. 1997 yil 6 oktyabrg’. / «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining ‘oydevori». –T.: «SHarq», 1998.




Download 305,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish