8-rasm. Ta’lim tizimini moliyalashtirish usullari
30
(1) o‘quvchilarning bazaviy ta’lim olishiga, bunda moliyalashtirish formulasi
maktabning turli sinflari va turlarida o‘qitishning turli qiymatlarini aks ettiruvchi
mos koeffitsientlarni o‘z ichiga olishi mumkin;
(2) alohida o‘quvchilar tomonidan yoki alohida maktablarda fanlarni chuqurroq
o‘rganishga xarajatlarni qoplash uchun;
30
Nurmuxamedova B. Srojiddinova Z. O’zbekiston Respublikasida ta’lim xarajatlarini
rejalashtirish. O’quv qo’llanma. BMTTD - Т.: «InfoCapitalGroup». 2016. 24-b.
Ta’lim
tizimini
moliyalashtiri
sh usullari
o’tgan davr
ko’satkichlari
asosida
moliyalashtiris
h
alohida
shartnomalar
asosida
moliyalashtiris
h
xarajatlarga
asoslangan
moliyalashtiris
h
Formula
asosida
moliyalashtiris
h
64
(3) ta’limda past ijtimoiy-iqtisodiy maqom, tilni yaxshi bilmaslik, nogironlik,
rivojlanishda ortda qolish bilan bog‘liq o‘quvchilarning qo‘shimcha ehtiyojlarini
qoplash uchun;
(4) maktab joylashgan yeri va hajmining turli jihatlari - maktab va u xizmat
ko‘rsatadigan aholi punktining bir-biridan uzoqda joylashganligi, maktab xonalari
va maktabga qarashli yer uchastkasi maydonining holati va boshqa fizik jihatlari
bilan bog‘liq ehtiyojlarini qoplash uchun va boshqalar.
Moliyalashtirish formulasiga yuqorida sanab o‘tilgan o‘zgaruvchilarni
kiritish resurslarni barcha o‘quvchilar o‘rtasida teng taqsimlashga imkon beradi,
ya’ni tenglik talablariga javob beradi. Biroq resurslarni o‘quvchilar soniga qarab
taqsimlashning samaradorligini ta’minlash uchun muayyan ta’lim bosqichini
(masalan, maktabgacha tarbiya, umumta’lim maktablari) tanlash, uning uchun
zarur resurslar hajmi va bu resurslar qiymatini tahlil qilish natijalaridan kelib
chiqish lozim, aks holda sarflanadigan resurslar miqdori va ta’lim sifatiga
qo‘yiladigan talablar o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qoladi.
Maktab ta’limida byudjet mablag‘larini taqsimlashning “pul o‘quvchining
ortidan boradi”gan tamoyilga asoslangan jon boshiga qarab moliyalashtirishdan
iborat muqobil mexanizmini tanlash quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan:
- ta’limga ajratilgan byudjetni taqsimlash jarayonining shaffofligi, ob’ektivligi
va aniqligini oshirish, muassasa byudjetini tuzish va tasdiqlash jarayonlarida turli
xil kelishuvlar, muvofiqlashtirishlarga ketadigan vaqtni kamaytirish;
- xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz kechish;
- mahalliy darajada (masalan, tuman, shahar miqyosida) bu tizimning joriy
etilishi maktab yoshidagi aholi sonining sekin-asta kamayib borishi natijasida
maktablar tarmog‘ini qayta tarkiblash (restrukturizatsiya qilish) dasturi doirasida
moliyaviy mablag‘larni maktablar o‘rtasida taqsimlash tizimini yaxshilashi
mumkin;
- maktab darajasida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga (ta’lim
sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik
65
kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilashga xizmat qiladi.
Eng oddiy shaklda o‘quvchi soniga ko‘ra moliyalashtirish usulida byudjet
mablag‘larining har bir muassasaga taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu
muassasadagi mavjud o‘quvchilar soniga bog‘liq: har bir maktab har bir o‘quvchisi
uchun bir xil summadagi mablag‘ni oladi. Amaliyotda bu formula, odatda,
maktabning joylashgan o‘rni, maktabning tipi kabi bir nechta omillarni hisobga
oluvchi koeffitsientlar asosida korrektirovka qilinadi. Ta’lim tizimlarida
moliyalashtirish formulasi qo‘llanilayotgan mamlakatlarda formulani ishlatishda
qaysi koeffitsientlarni qo‘llash lozimligi va turli omillarni hisobga olish uchun ular
soni nechta bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida yagona yondoshuv mavjud emas.
Masalan, Rossiyada moliyalashtirish formulasini qo‘llash amaliyotida quyidagi
omillarni hisobga oluvchi koeffitsientlar ishlatiladi
31
:
- maktablarning joylashgan o‘rnidagi farqlar (shahar va qishloq maktablari);
- maktablarning hajmlaridagi farqlar;
- ta’lim turidagi farqlar (kasb-hunar, umumta’lim, boshlang‘ich va sh.k.);
- aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalarni o‘qitish maxsus dasturlarini amalga
oshirish;
- salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o‘qitish;
- alohida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish dasturlarini amalga oshirish.
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‘llash natijasida alohida olingan
maktab oladigan mablag‘lar summasi o‘quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir
qator omillarga bog‘liq bo‘lsada, har xolda, maktablar, hajmlari ob’ektivlik va
shaffoflik tamoyillari asosida aniqlangan pul mablag‘lariga ega bo‘ladilar. Lekin,
formulani ishlab chiqishda shunga alohida e’tibor berish kerakki, formulada
tuzatuvchi koeffitsientlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, formula tushunish va qo‘llash
uchun shuncha murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga
ziddir.
31
Финансирование школьного образования в Российской Федерации: опыт и проблемы.
Всемирный банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2015. 16-стр.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |