Kafedrasi abduxalilova nodira shavkat qizi



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana17.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#559319
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Abduxalilova Nodira Shavkat qizi

2-bob bo‘yicha xulosalar 
2-bob bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, davlat byudjeti ijtimoiy sohalarni 
moliyalashtirishda yagona manba bo‘lib hisoblanadi. Xususan, ta’lim tizimi ham 
klаssik ijtimoiy soha sifatida bir necha o‘n yilliklar dаvomida to‘lig‘icha byudjetga 
qarаm soha bo‘lib kelgan. Hozirda ham byudjеt xarajаtlarining aksariyat qismi 
mаorif tizimini ta’minlashga safarbаr etilmoqda. 
Umumta'lim maktablari xarajatlari davlat byudjetining ta'lim xarajatlari 
tarkibida asosiy o‘rinni egallab, ular 3 ta guruh bo‘yicha rejalashtiriladi. 
Umumta'lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirishda o‘quvchilar kontingenti, 


56 
sinflar soni, pedagogik stavkalar va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olinadi va
har 
bir umumta’lim maktabi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy 
hajmini hisoblash bir o‘quvchiga xarajatlarining bazaviy normativlari hamda 
tuzatish koeffitsientlarini qo‘llash asosida amalga oshiriladi.


57 
3-BOB. XALQ TA’LIMINI MOLIYALASHTIRISHNI 
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 
 
3.1 Xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari 
 
Ta'lim tizimini moliyaviy-iqtisodiy boshqarish tizimining takomillashishi 
kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish borasida olib borilayotgan siyosiy
iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar bilan yonma-yon jarayon bo‘lib, mazkur jarayonni 
jadallashtirish avvalo, moliya-byudjet, investitsiya, ta'lim, xususiylashtirish va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosatlariga bog‘lik.
Ta'lim tizimini moliyalashtirish va uning iqtisodiy asoslarini kengaytirishda 
moliyalashtirishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Unga ko‘ra, 
moliyalashtirishdan 
ko‘proq 
manfaatdor 
tomonlar 
aniqlanadi. 
Davlat 
moliyalashtirishining sxemasi ishlab chiqiladi, moliyalashtirishdagi asosiy 
muammolar va uning kelib chiqish sabablari o‘rganiladi, sxemaning 
nomarkazlashtirish bilan bog‘liq amal qilishidagi tavakkalchiliklarga baho beriladi, 
moliyalashtirish mexanizmi oldiga qo‘yiladigan talablar belgilanadi.
Davlat byudjetidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- mablag‘larni sarflashda tejamkorlik tartibiga rioya qilish, pul sarflarining eng 
kam bo‘lishiga intilish;
- byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, ya’ni faqat aniqlangan va 
oldindan asoslangan maqsadlarga ularni smeta moddalari o‘rtasida qayta 
taqsimlashlarsiz ishlatish;
- davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan yuqori tashkilotlar 
hamda moliya organlari tomonidan muntazam nazoratni olib borish. 
Mа'lumki, rеspublikаmizdа dаvlаt Byudjеtining g‘аznа ijrosi tizimi joriy 
еtilgаndаn kеyin bаrchа yuridik shаxs mаqomigа еgа bo‘lgаn Byudjet 
tashkilotlаrini moliyаviy tа'minlаsh g‘аznаchilik tizimi orqаli аmаlga oshiriladigаn 
bo‘ldi. 
Markaziy G‘aznachilik tizimini tashkil qilishdan asosiy maqsad - O‘zbekiston 


58 
Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi jarayonida mablag‘larni samarali 
boshqarish, davlat buyurtmalarini va dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni 
oshirish, byudjet daromadlari tushumini va davlat mablag‘lari maqsadli 
sarflanishini nazorat qilishda tezkorlikni ta'minlashdir.
Byudjet xarajatlari amalga oshirilishini boshqarishni mujassamlashtirish 
maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
- Tegishli byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalaridan xarajatlarning ruxsat 
orqali amalga oshirilshi hamda ularninng hajmi yillik ajratmalari va xarajatlarni 
amalga oshirish ruxsati miqdoridan oshmasligi kerak.
- Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari tegishli 
ruxsat asosida amalga oshirilishi hamda byudjetdan tashqari daromadlar hajmi 
doirasida amalga oshiriladi.
- Maqsadli grantlar va davlat qarzlari hisobiga moliyalashtiriluvchi xarajatlar 
uchun xarajatlar tegishli ruxsat va amaldagi me'yor hamda qo‘llanmalari asosida 
mavjud holda mablag‘lar doirasida G‘aznachilik organlarining tegishli ruxsati 
asosida amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi moliya yili uchun 
ajratilgan byudjet mablag‘lari doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetalari, 
shuningdek g‘aznachilik tizimining amaldagi tartibiga muvofiq ro‘yxatga olingan, 
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning maxsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan 
shartnomalari asosida: 
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tаshkilotlar bo‘yicha - 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vаzirligi G‘аznаchiligi yoki uning hududiy 
bo‘linmalari 
tomonidan 
amalda 
belgilangan 
tartibdа 
Qorаqаlpog‘iston 
Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan moliyаlashtirilаdigаn 
tаshkilotlar 
bo‘yichа 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
G‘аznachiligining hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 
G‘aznachilik tizimini joriy etilishi davlat byudjeti mablag‘laridan samarali 
foydalanish maqsadida yurtimizda byudjet tizimi sohasida amalga oshirilgan eng 


59 
ahamiyatli iqtisodiy islohotlardan hisoblanadi.
Bu tizimni joriy etish budjet daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini 
va xarajatlar qismida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishining nazoratini 
kuchaytirish va pul oqimlarni samarali boshqarish, kreditor to‘lov intizomini 
mustahkamlash hamda natijada debitor va kreditor qarzdorliklarni keskin 
qisqartirish, davlat byudjeti jarayonini jahon andozalariga javob beradigan yangi 
sifat pog‘onasiga chiqarishga imkon beradi.
Respublikamizdagi barcha byudjet tashkilotlari g‘aznachilik bo‘limlari 
tomonidan ochilagan shaxsiy hisobraqamlariga ega. 
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘larining sarflanishi 
bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari 
tomonidan Davlat byudjetining byudjet tasnifi bo‘limlari, boblari va paragraflari 
bo‘yicha quyidagilarning hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi:
-byudjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘zini saqlash va markazlashgan 
tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan 
(aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari
-yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyi tashkilotlar uchun ko‘zda 
tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari; 
-kapital qurilish ob'yektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasida 
ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari; 
-zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida nazarda 
tutilgan mablag‘lari;
-ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlari; 
-byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan moliyaviy 
majburiyatlar summasi; 
-xarajatlar to‘lovi ruxsatnomalari; 
-byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan kassa 
xarajatlari. 
Byudjet tashkilotlari g‘aznachilik organlari tomonidan o‘zlari uchun 


60 
ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar orqali mol yetkazib beruvchilar bilan tuzgan 
shartnomalari bo‘yicha mablag‘lani to‘g‘ridan to‘g‘ri ularni hisobraqamlariga 
o‘tkazish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Bu bilan Byudjet tashkilotlarining 
debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari oldi olinadi hamda mablag‘larning aylanishi 
tezlashadi. 
Byudjеtdаn mаblаg‘ oluvchilаr yеtkаzib bеruvchilаr bilan shаrtnomаlar 
tuzаdilar, shuningdek shаrtnomаlarga byudjеtdan mаblag‘ oluvchilarning xarajatlar 
smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag‘lari doirasidagina 
qo‘shimcha va o‘zgаrtirishlar kiritаdilar.
Byudjеtdan mаblag‘ oluvchilar bilаn yetkazib beruvchilar o‘rtasida 
tuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro‘yxatdan 
o‘tkazilib, ularga tegishli rаqamlаr bеrilishi va ro‘yxаtdаn o‘tkazish sanasi 
ko‘rsatilishi kerak. 
Shartnomani hisobga olish moliya organi tomonidan byudjetdan mablag‘ 
oluvchi va yetkazib beruvchining nomi hamda rekvizitlari, shuningdek shartnoma 
summasi, uning raqamlari va tuzish sanasi, moliya organi tomonidan Davlat 
byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari 1-son ilovaga ko‘ra byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar bilan yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda amalga 
oshiriladi.
Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi moliya 
organiga shartnomaning bitta asl nusxasi va bitta ko‘chirma nusxasini taqdim etadi. 
Shartnomalarga mazkur Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari 2-son ilovaga 
binoan shaklda to‘lovlar jadvali ilova qilinishi kerak.
Moliya organi byudjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim 
etilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida byudjetdan mablag‘ oluvchining 
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag‘lari mavjudligi 
masalasida shartnomada ko‘rsatilgan summani tekshiradi.
Bu tizim shunday xususiyatga egaki, unda to‘lovlarni amalga oshirish 3 


61 
bosqichda amalga oshiriladi. Bu har bir bosqich hamma jarayonlarda bir-birining 
ishlarini beixtiyor nazorat qiladi. Bu shuni anglatadiki, byudjet xarajatlarini o‘z 
vaqtida to‘liq moliyalashtirish va byudjet mablag‘larini ko‘r-ko‘rona suiste'mol 
qilinishini oldini oladi.
G‘aznachilikda 
to‘lovlarini 
amalga 
oshirish 
Byudjet 
mablag‘lari 
oluvchilarning yuridik majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish asosida moliyaviy 
majburiyatlarning bajarilishi, deb tushiniladi. 
Jаhon amаliyotidа tа’lim muаssаsаlаrini moliyalashtirishning mablag‘lardan 
samarali foydalanish va ta’lim sifatini oshirishni rаg‘bаtlаntiruvchi yаngi yo‘llarini 
qidirib topish ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi harakatlarning o‘ziga xos 
xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta’lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni 
hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarni ta’minlashga qaratilgan:
- ta’limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan);
- ta’lim sifati va natijalari;
- tenglik - bir xil ehtiyojli o‘quvchilar mablag‘lar bilan bir xil darajada 
ta’minlanadilar; muhtojroq o‘quvchilar ko‘proq mablag‘ oladilar;
- samaradorlik: tashqi samaradorlik – ta’lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini 
tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning 
samaradorligini hisobga olib mablag‘lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik – eng 
kam xarajat qilib ko‘proq natijalarga erishish.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda haligacha ta'limni moliyalashtirish manbasi 
asosan, bandlikka ko‘maklashish jamgarmasi, xususiylashtirilgan korxonalardan 
tushgan mablag‘lar hamda davlat byudjetidan iborat bo‘lmoqda. Shu bilan birga 
moliyalashtirish tarkibida davlat byudjeti ulushi 78-95% gachani tashkil etmoqda. 
Demak, bugungi kunda byudjet mаblаg‘lаrini boshqarish tа'limni iqtisodiy 
boshqarishda ustuvor ahamiyatga ega. 
Ta’lim tizimini moliyalashtirish usullari haqida gap borar ekan, u yoki bu 
usulni qo‘llashda har bir mamlakat o‘z ijtimoiy siyosatining ustuvorliklari, 
shuningdek, byudjet tizimining o‘ziga xosligi va ta’lim tizimini boshqarish 


62 
xususiyatlariga asoslanadi. Shunga qaramay, o‘tmishda mashhur bo‘lgan va 
hozirgi kunda maktab ta’limining ko‘plab tizimlarida amalda qo‘llanilayotgan 
ta’lim muassasalariga moliyaviy mablag‘larni ajratishning bir qancha yo‘llari va 
usullarini ta’kidlash mumkin: (9
-
rasm) 
- o‘tgan davr ko‘rsatkichlari asosida moliyalashtirish, bunda muassasa 
byudjeti u moliyalashtiriladigan tegishli byudjet imkoniyatlaridan chiqib ketmagan 
holda o‘tgan moliyaviy yil xarajatlari darajasida (inflyatsiyani hisobga oluvchi 
ayrim tuzatishlar bilan) aniqlanadi va uning hajmi doirasida mablag‘ ajratiladi;
- alohida shartnomalar asosida moliyalashtirish (kelishuv bo‘yicha) – bunda 
har bir maktab davlatga o‘zining muayyan miqdordagi ajratmalarga ehtiyojini 
asoslab berishi lozim, agar maktabning mablag‘ ajratish bo‘yicha so‘rovi muayyan 
talablarga mos kelsa, davlatdan o‘ziga kerakli mablag‘larni olish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi;
- xarajatlarga asoslangan moliyalashtirish, bunda mablag‘lar maktablarga ular 
faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar, ya’ni bino va 
inshootlarni saqlash, joriy remont, xodimlar mehnatiga haq to‘lash kabilarga 
sarflangan resurslar hajmi doirasida ajratiladi (“xarajatli” deb ataluvchi bu usul 
bugungi kunga qadar mamlakatdagi davlatga qarashli ijtimoiy soha muassasalarini 
byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida ustuvor darajada qo‘llanib kelinmoqda);
- formula asosida moliyalashtirish, bunda moliyaviy resurslar har bir maktab 
uchun belgilangan va to‘g‘ri qo‘llaniladigan mezonlar tizimiga muvofiq ajratiladi. 
Moliyalashtirish formulasi:
- har bir maktabga ajratiladigan resurslar miqdorini;
- maktabga ajratiladigan resurslar miqdorini aniqlashda hisobga olinishi lozim 
bo‘lgan omillarni aniqlash imkonini beradi.
Ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa MDH mamlakatlarida (Armaniston, 
Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston) ta’lim muassasalariga moliyaviy mablag‘lar bir 
o‘quvchiga nisbatan (jon boshiga qarab) beriladi. Odatda, moliyalashtirish 


63 
formulasining asosini o‘zgaruvchilar tashkil qiladi, ular asosida quyidagilar uchun 
moliyaviy mablag‘larning miqdori aniqlanadi va hisob-kitob qilinadi:


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish