54
bo‘lib jami xodimlar soni ushbu yilda 57 nafarni tashkil etgan, ya’ni 1
xodimga
o‘rtacha 796463 so‘m to‘g‘ri kelgan. 2018-yilga kelib esa jami ish haqi 15538723
so‘mni tashkil etib jami xodimlar soni 28 taga kamaygan, natijada 1 xodimga
to‘g‘ri keladigan ish haqi 554954 so‘mni tashkil etgan.
6-rasm. 30-son umumta’lim maktabining ish haqi xarajatlari dinamikasi
29
6-rasmdan ko‘rinadiki, 2017-yildagi jami ish haqi 2018-yildagi jami ish haqiga
nisbatan deyarli 2,5 baravarga ko‘pligini ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilda jami
xodimlar soni 57 nafar bo‘lgan, 2018-yilda esa jami xodimlar soni 2
baravarga
kamaygan ya’ni 28 nafarga yetgan.
30-son maktab misolida aytish mumkunki
Shahrisabz tumanidagi barcha 103 ta
umumta’lim maktablarini xuddi shu tartibda moliyalashtirish
amalga oshiriladi
Ba’zi xalq ta’limi muassasalari respublika byudjetidan moliyalashtirililadi,
buning bir qancha ob’ektiv sabablari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
-
muassasalar respublikada ma’lum bir sohalar bo‘yicha
iqtidorli bolalarga
ta’lim berish bilan shug‘ullanadi. Jumladan, Oliy ta’lim muassasalari butun
respublika uchun mutaxassislar tayyorlagani uchun to‘liq respublika byudjetidan
moliyalashtiriladi;
-
muassasalarning xarajatlari o‘quv jarayonidan kelib
chiqqan holda juda katta
va ularni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning imkoniyatlari yetmasligi
29
30-son umumta’lim maktab ma’ lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
55
mumkin. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi harbiy yo‘nalishdagi maxsus
maktablar;
- muassasalar respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan
byudjet tashkilotlari
qoshida ochilgan. Bunga misol qilib deyarli barcha oliy ta’lim muassasalari
qoshida ochilgan gimnaziya, litsey va litsey-internatlarini aytishimiz mumkin.
Shu bilan birga respublika byudjetidan barcha umumta’lim tizimi uchun
quyidagi xarajatlar moliyalashtiriladi:
- umuta’lim maktablarini bitiruvchilari uchun shahodatnomalar xarid qilish;
- barcha umumta’lim maktablariga hisob va hisobotlarni
yuritishga kerak
bo‘lgan turli blankalar va shakllar (masalan sinf jurnallari) sotib olishga;
- respublika miqiyosida o‘tkaziladigan turli tadbirlar (respublika olimpiadalari,
ko‘rik-tanlovlari va boshqalar) uchun qilinadigan barcha xarajatlari kiradi.
Shunday qilib, Shahrisabz tumanida joylashgan, markaziy isitish tizimiga ega
bo‘lgan, o‘quvchilarining o‘rtacha yillik soni 1122 tani tashkil qiluvchi 30-son
umumta’lim maktabining 2017- yilga mo‘ljallangan
byudjetining umumiy
summasi 332 424,8 ming so‘mni tashkil qiladi. Xuddi mana shu summa maktab
smetasining umumiy hajmini belgilab beradi va o‘rnatilgan tartibda smetaning
xarajat guruhlari bo‘yicha taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: