3-mavzu. “Monetar siyosatning maqsadi, maqsadli ko’rsatkichlari va
asosiy yo’nalishlari”
“Monetar siyosat” fanidan masalalar to’plami
Masala №20.
Quyidagi ma’lumotlar asosida pullarning multiplikatsiyaviy taklifiga
majburiy zahira stavkalarining ta’sir darajasini aniqlang.
- barcha pullar (M) – 966 655 mln.so’m
- muddatsiz depozitlar (D) – 124 333 mln.so’m
- majburiy zahira stavkasi (R) – 15 %
Masala №21.
Quyidagi ma’lumotlar asosida sof spredni aniqlang.
1. Quyidagi ma’lumotlar berilgan:
- foizli daromadlar – 2 455 mln.so’m;
- foizli xarajatlar – 1 680 mln. so’m;
- aktivlarning yil boshidagi summasi – 8 764 mln.so’m;
- aktivlarning yil oxiridagi summasi – 9 013 mln.so’m.
Masala № 22.
Tijorat bankining muddatsiz depozitlari bo’yicha majburiy zahira normasi 20%
ni tashkil etadi. Bank tizimidagi ortiqcha zahira 150 mln. so’mni tashkil qilgan.
Bankning muddatsiz depozitlari summasini qancha miqdorga oshirilishini
aniqlang.
Masala №23.
Banklarning majburiy zahira normasini 20% dan 30% ga oshirilganda
bank tizimida 1200 mln. so’m miqdordagi mablag’ etishmasligi aniqlandi. Agar
majburiy zahiralar summasini oshirish imkoniyati bo’lmasa, u holda pul
massasini qancha kamaytirish kerakligini aniqlang.
Masala № 24.
Tijorat bankining balans passivi ma’lumotlari 2-jadvalda keltirilgan.
Tijorat bankining jalb qilingan mablag’lari
hisoblangan hisob-kitob, joriy,
depozit va boshqa schetlar bo’yicha o’rtacha qoldiqlari o’zgarishlari keltirilgan.
2-jadval (ming sumda)
№
Oylik o’rtacha qoldiq
01.02.14 01.02.15 01.03.16
1.
2.
3.
4.
5.
1
Valyuta schyotlaridagi depozitlar
60
65
70
2
Talab qilib olungunga qadar depozitlar va
30 kungacha bQlgan jamg’armalar
400
384
350
3
30 kundan 90 kungacha bQlgan muddatli
depozitlar va jamg’armalar
105
100
140
4
90 kundan ortiq muddatli depozitlar va
jamg’armalar
800
850
880
5
Jami
1365
1399
1410
Ushbu ma’lumotlardan foydalanib quyidagilarni aniqlang:
1.
Tijorat banki tomonidan majburiy zahira schyotiga 01.01.10 holati
bo’yicha o’tkazilgan summani aniqlang;
2.
Bank tomonidan keyingi oylarda (01.02.11 va 01.03.10)
o’tkaziladigan majburiy zahira summalarini aniqlang va uni o’tkazish tartibini
tushuntiring.
Masala №25.
Tijorat banki to’g’risida operatsion kuni boshiga quyidagi ma’lumotlar
mavjud:
1 Aylanma kassadagi naqd pul qoldig’i
120 million so’m
2 Bank mijozlari(korxonalar, tashkilotlar, yakka
tartibdagi
tadbirkorlar,
omonatchilar)dan
operatsion kun
davomida tushgan naqd pul
mablag’lari
270 mln. so’m
3 Shu kun davomida bank tomonidan naqd pul
berildi
280 mln. so’m
4 Aylanma kassa qoldig’iga belgilangan limit
100 mln.so’m
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida tijorat bankining operatsion kun
oxiridagi aylanma kassadagi naqd pul qoldig’ini aniqlang.
Masala № 26.
Kredit tashkilotining majburiy zaxiralarga o’tkazmalarning hisobiga rioya
qilinish bo’yicha Markaziy bank tomonidan tekshiruv o’tkazilgan. 01.02.17
holatida tijorat bankining majburiyatlar bo’yicha balans hisobvaraqlaridagi
o’rtacha xronologik qoldiq summasi 25 mln. so’mni tashkil qilgan. Tekshiruv
natijasida
majburiy
zahira
bo’yicha ajratmalarni 5 mln. so’mga
kamaytirilganligi aniqlandi. O’sha paytda 28.06.17
holatiga Markaziy bankning
qayta moliyalashtirish stavkasi yillik 14 % ni tashkil qilgan.
Markaziy bankning tijorat banki majburiy zahiralarni shakllantirish
bo’yicha tartib-qoidalarni buzganligi uchun undiriladigan jarima miqdorini
aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: