1-rasm. Milliy valyuta-so’mning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal
almashuv kursi, so’m
215
1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, so’m muomala kiritilgan 1994
yilning iyul oyidan 2017 yilning sentyabr oyiga qadar bo’lgan davrda so’mning
AQSh dollariga nisbatan juda yuqori darajadagi qadrsizlanish sur’ati (1157
marta!) kuzatilgan.
Bloomberg agentligi tomonidan o’zbek so’mi dunyo bo’yicha 2017
yilning eng qadrsiz valyutasi deya e’lon qilindi. O’zbek so’midan oldingi
o’rinda kelgan Kongo frankining qadrsizlanish sur’ati 27 foizni tashkil etdi.
4. Tijorat banklarining resurs bazasining etarli emasligi.
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi tijorat
banklarining jami depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning
salmog’i 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning depozit bazasini etarli
emasligini ko’rsatadi. Chunki, tijorat bankining depozit bazasi etarli bo’lishi
uchun talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlardagi salmog’i 30
foizdan oshmasligi kerak.
215
www.cbu.uz
sayti ma’lumotlari.
7
325
1180
1640
2810
8100
0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
7000
8000
9000
1994y iyul
2000 y dekabr 2005 y dekabr 2010 y dekabr 2015 y dekabr 2017 y dekabr
AMALIY MASHG’ULOT
MONETAR SIYOSATNING MAQSADI, MAQSADLI
KO’RSATKICHLARI VA ASOSIY YO’NALISHLARI
1)
Monetar siyosat – bu...?
a)
*Pullarga bo’lgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir;
b)
Pul massasi va Milliy daromad bilan bog’liq chora tadbirlar yig’indisi;
c)
YaIMga mos ravishda pul emissiya qilish bilan bog’liq chora tadbirlar
majmuasi;
d)
Eksport va import operatsiyalarida aylanuvchi pul mablag’larini qamrab
oluvchi chora tadbirlar majmuasi;
2)
Muomaladagi pul massasining o’sish sur’atlarini jilovlashga qaratilgan
monetar siyosat nima?
a)
Ekspantsion monetar siyosat;
b)
Taktik monetar siyosat;
c)
*Restriktsion monetar siyosat;
d)
Strategik monetar siyosat.
3)
Ekspansionistik monetar siyosat deganda...?
a)
muomaladagi pul massasining o’sish sur’atlarini jilovlashga qaratilgan
monetar siyosat tushuniladi;
b)
*muomaladagi pul massasining multiplikativ kengayishini ta’minlash
asosida to’lovga qobil talabni rag’batlantirishga qaratilgan monetar siyosat
tushuniladi;
c)
Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga tegishli bo’lgan
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari depozit hisobraqamlariga jalb qiluvchi
monetar siyosat tushuniladi;
d)
tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotib
olish sharti bilan sotiladigan monetar siyosat tushuniladi.
4)
“Arzon pullar” siyosati birinchi bo’lib kim tomonidan taklif etilgan?
a)
*J.M.Keyns;
b)
M.Fridmen;
c)
I.Fisher;
d)
A.Smit.
Do'stlaringiz bilan baham: |