Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 6,09 Mb.
bet217/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

Dorilarni yozib berish


Dorilarni yozib berish, ularni bo‘limda saqlash va qo‘llash nihoyatda muhim va mas’uliyatli vazifadir. Retseptlar, ayniqsa kuchli ta’sir qiladigan va zaharli moddalarni palapartish yozish, beparvolik qilish, xatoliklarga yo‘l qo‘yish bemorga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun tibbiyot hamshirasidan dori-darmonlar bilan ishlash qoidalarini puxta bilishi talab qilinadi. Dorilarni har kuni yozib berish lozim. Bu ish bilan hamshira shug‘ullanadi, u shifokor bilan birga bemorlarni ko‘rib chiqishda qatnashadi va uning ko‘rsatmalarini diqqat bilan yozib oladi. Bemorlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng hamshira kasallik tarixidan barcha tayinlangan dorilarni maxsus ko‘rsatmalar varaqasiga va retseptura daftariga ko‘chiradi, bu daftarlar ikki nusxa bo‘lib: biri dorixonaga dorilar tayyorlash uchun yuboriladi, ikkinchisi esa bo‘limda nazorat uchun qoldiriladi. Kuchli ta’sir qiladigan va zaharli moddalar alohida daftarga yoziladi, ularga bemorning ismi sharifi, kasallik tarixi raqami, soni, kuni, ampulalar miqdori qayd qilinadi va hamshira o‘z imzosini qo‘yadi. Butun bo‘limning retsepturasi bo‘limning katta hamshirasiga kelib tushadi, u o‘z navbatida retseptlarning to‘g‘ri yozilganligini tekshiradi, shundan so‘ng umumiy retsept (talabnoma) yozadi va tekshirish hamda ularga imzo qo‘yish uchun bo‘lim mudiriga olib boradi. Tayyor bo‘lgan talabnoma dorixonaga yuboriladi va shu asosida dorilar tayyorlanadi. Katta kasalxonalarda dori-darmonlarni bo‘limga yetkazish uchun maxs2u3s8 transport ajratiladi.

Тibbiyot hamshirasi dorixonadan dorilarni qabul qilib olishda dori ustidagi yozuvlarni retseptura daftarlaridagi yozuvlar bilan solishtirib, dozasini, dorilarning tashqi ko‘rinishini tekshiradi, shundan so‘ng hamma dorilarni maxsus shkafga solib qulflab qo‘yadi. Dozalarda biror nomuvofiqlik yoki dori tayyorlashda biror kamchilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa hamshira shu ondayoq bo‘lim mudiriga xabar qilib dorilarni yana dorixonaga qaytaradi. Dori moddalari dorixonadan ishlatish uchun tayyor holda keladi. Тibbiyot hamshirasi majmuani o‘zgartirishi, suyuqlikni bir shishadan ikkinchisiga quyishi, kukun yoki xabdorilarni bir paketga solib qo‘yishi va kukunlardan eritma qilishi aslo mumkin emas. Dorilarni etiketkasiz saqlashga ruxsat berilmaydi. Hamshira dori-darmonlar berishdan oldin, uning qutisidagi yozuvini diqqat bilan o‘qib chiqishi lozim.



Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish