ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
t/r
|
Nazariy bilimlarni baholash
|
ball
|
1
|
Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi
|
5
|
2
|
Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi
|
4
|
3
|
Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.
|
2
| ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1
|
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak
|
2
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim
|
3
|
Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi
|
4
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
5
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
|
6
|
Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish
|
№
|
Baholash mezonlari
|
Baholar
|
“5” – a’lo
|
“4” - yaxshi
|
“3” - qoniqarli
|
“2” - qoniqarsiz
|
1.
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2.
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3.
|
Joriy nazorat
natijalari
|
|
|
|
|
4.
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
| 20-Mavzu: Dori moddalar bilan davolash haqida. Dori moddalarini yuborishda hamshiraning va boshqa mutaxasislarning mas’uliyatlari va huquqlari
Reja: 1.Dori moddalarini tarqatish, saqlash qoidalari 2.Dori moddalari bilan davolash.
Dоri mоddаlаridаn fоydаlаnishning аhаmiyati.
Dоri mоddаlаrini yubоrishdа bemorlаrni pаrvаrish qilish
Shifoxonada davolanayotgan bemorlarga dori moddalarini yozib berish maxsus tartibda amalga oshiriladi. Shifokor bemorni tekshiruvdan so‘ng uning kasallik tarixiga kerakli dori-darmonlarning nomi, necha marotaba qo‘llanishi, miqdorini yozadi. Bo‘lim hamshirasi har kuni bemorning kasallik tarixidan maxsus daftarga yoki ko‘rsatma varaqasiga alohida ko‘chirma oladi.
Inyeksiyalar haqidagi barcha ma’lumotlar muolaja xonasiga beriladi. Barcha tavsiya etilgan dori moddalari kasalxona muolaja xonasi hamshiralari tomonidan ko‘chirilib, bo‘lim katta hamshirasiga beriladi. U barcha axborotni jamlab talabnoma yozib dorixonaga yuboradi. Bu talabnomalarga bo‘lim boshlig‘i imzo chekadi. Narkotik, zaharli moddalar va etil spirtiga talabnoma lotin tilida, muhr va shtamp bosilgan maxsus blankalarga yozilib, davolash muassasasi boshlig‘ining imzosi qo‘yihshi kerak. Bundan tashqari, dori moddalarini qo‘llash usullari va etil spirtining foizi ko‘rsatiladi. Zaharli, narkotik, o‘tkir, tanqis va qimmat dori vositalariga talabnoma yozilganda bemorning ismi sharifi, kasallik tarixi raqami va tashxisi ifodalanadi. Dorixonada bo‘lgan dori vositalari katta hamshira tomonidan har kuni olinadi. Tayyorlash uchun tavsiya etilgan dorilar ertasiga olinadi.
Dori moddalarini saqlash
Bo‘limda dori vositalarini saqlash uchun, avvalo, ularni qo‘llash usuliga qarab bo‘lib chiqiladi. Barcha steril eritmalar, flakon va ampula holidagi dori vositalari muolaja xonasida oynali shkafda saqlanadi (shifoxona dorixonasida tayyorlangan barcha flakonli eritmalar ko‘k qog‘ozli belgiga ega bo‘lmog‘i lozim). Oynali shkafning ma’lum bir qatorida antibiotiklar va ularning eritmalari saqlanadi. Ikkinchi qatorda tomchilab yuborish uchun flakonli eritmalar (sig‘imi
236
200–500 ml), boshqa qatorlarda ampulaliqutichalar, ya’ni A yoki B guruhiga (kuchli
ta’sir etuvchilar) kirmay digan vitaminlar, eritmalar – dibazol, papaverin, magniy sulfat va boshqalar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |