Qon bosimini o‘lchash
Yurak qorinchalaridan ma’lum kuch bilan otilib chiqadigan qon miqdorining qon tomirlariga urilishiga arterial qon bosimi deyiladi. Qon bosimi qon tomirlar faoliyatiga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, arterial sistolik bosim 125 mm simob ustuniga teng bo‘lsa, kapillarlardagi bosim 25 mm simob ustuniga teng bo‘ladi. Qon bosimi bevosita va bilvosita usullar bilan aniqlanadi. Qon bosimini bevosita o‘lchash usuli aniq natijalar olishga imkon beradi, lekin bu usul ancha og‘riqli va texnik tomondan murakkab jarayondir: arteriyaga manometr bilan nay orqali biriktirilgan shisha kanula yoki igna kiritiladi. Qon bosimi, asosan, bilvosita (qonsiz) usul bilan aniqlanadi. Bu usulda sfigmomanometr va
auskultatsiyadan foydalaniladi. o‘lchov natijalari o‘lchov asbobining aniqligi, qon bosimini o‘lchash qoidalariga rioya qilish kabi omillardan tashqari, shovqin, harorat, sigaret chekishga ham bog‘liqdir.
Bevosita usulda qon bosimini o‘lchash uchun quyidagi asboblar aneroid sfigmomanometr, manjet va stetoskop zarur. Manjet qalin
g‘ilof kiydirilgan rezinali yostiqcha bo‘lib, u havoni haydab beruvchi noksimon nayga ulangan rezina naychali sfigmomanometrdan iborat. Manjet va havo haydovchi noksimon moslama nazorat qiluvchi klapan bilan ta’minlangan bo‘lib, u noksimon naychadan o‘tayotgan havoning kirish va
chiqishini idora qiladi. Sfigmomanometrlarning 2 ta turi mayjud (simob ustunli Riva-Rochi va anero1i2d3). Oddiy sfigmomanometrda darajali shkala bo‘lib, u bosimni 0 dan to 300 mm simob ustunigacha o‘lchash imkoniyatiga ega. Har bir darajalar orasidagi masofa 2 mm simob ustuniga tengdir.
Aneroid sfigmomanometr foydalanishda qulay bo‘lib, prujina va muftadan iborat. Muolajani boshlashdan oldin sfigmomanometr strelkasi 0 da turganligiga ishonch hosil qilish kerak. Qo‘lda bosimni o‘lchaydigan manjetlar har xil o‘lchovda bo‘lib, ular chaqaloqlardan tortib to katta yoshdagi semiz odamlargacha mo‘ljallangan. Bunda albatta mos o‘lchamli manjetlarni tanlash zarur.
Manjet qo‘lning tirsak bo‘g‘imidan 2–3 sm yuqoridan faqat bir barmoq sig‘adigan qilib o‘raladi. Qon bosimini o‘lchashdan oldin manjet to‘g‘ri o‘ralganligiga ishonch hosil qilish lozim. G‘ilofning shikastlanishi natijasida yostiqchaning manjetdan chiqib qolish ehtimoli bor.
Bundan tashqari, eski manjetlar yopishtirgichi yostiqchani shishirish natijasida tez-tez ko‘chib tushadi.
Manjetdagi
noto‘g‘ri o‘lchamli yostiqcha noto‘g‘ri natijalar berishi mumkin.
Yostiqcha uzunligi qo‘l aylanasining uzunligiga mos kelishi kerak. Agarda kerakli o‘lcham bo‘lmasa, qisqa yostiqcha ishlatgandan uzun yostiqcha ishlatgan yaxshiroq.O‘lchaydigan asboblarning barcha qismlari hamda tutashgan joylari doimiy ravishda tekshiriladi, chunki ishqalanish va mexanik shikastlanish natijasida havoning chiqish ehtimoli, naylaraing bukilib qolishi ular butunligining buzilishiga olib keladi.
Havo haydovchi nokcha bemorda qon bosimining 20–30 mm simob ustunidan
oshishini tezda aniqlash imkonini berishi kerak. Nokchaning bexato ishlashi uchun quyidagi sharoitlar bo‘lishi lozim: rezina qismida teshik va yoriqlar bo‘lmasligi, nazorat klapani havo chiqarmasligi va havoni sekundiga 2–3 mm simob ustuni tezligida chiqarishi kerak. Qon bosimini bilvosita usulda o‘lchashda ishlatiladigan stetoskop voronka, membrana va naylardan
iborat. Stetoskopni doimo tozalab
turish zarur. O‘lchov asboblarining barcha qism va birlashmalarini mexanik
shikastlanishlardan 1s2a4qlash kerak. Saqlash
vaqtida naylarning bukilib qolishi ularning ishdan chiqishiga olib keladi. Membrana past chastotali Korotkov tovushlarini aniqlashga yordam beradi, voronka esa tovushlarni uzoq va yaxshi eshitilishini ta’minlaydi. Qon bosimi vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Uning o‘zgarishiga nafas me’yori, og‘riq, qo‘rquv, zo‘riqish, chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, yuqori harorat, atrofdagi shovqin kabi omillar ta’sir etadi. Yuqorida ko‘rsatilgan omil-
larni bartaraf etgan holda, qon bosimini o‘lchash lozim. Bemor me’yoriy qon bosimini o‘lchashdan 30 daqiqa oldin jismoniy zo‘riqishlardan xoli, o‘l-
chashdan kamida 5 daqiqa oldin to‘liq osoyishta holatda bo‘lishi kerak. Bemor imkon boricha qon bosimini o‘lchashdan 30 daqiqa oldin ovqat, suv va chekishdan o‘zini tiyishi lozim. Bundan tashqari, aniq natijani olishda siydik qopining bo‘shligi ham katta ahamiyatga ega. Bemor bilan suhbatni bosimni o‘lchashdan oldin yoki keyin olib borish maqsadga muvofiqdir. Tekshirishlardan ma’lumki, bosimni o‘lchash vaqtida suhbatda qatnashgan bemorlarning qon bosimi oshishi mumkin. Qon bosimi o‘ng va chap qo‘llarda bir-biridan farq qiladi. Birinchi tekshirishda qon bosimi ikki qo‘lda, keyinchalik bir qoida o‘lchanadi va qaysi qo‘l ekanligi belgilanadi. Bosim o‘lchanayotganda o‘tirgan yoki turgan bemorning qo‘li qovurg‘alararo bo‘shliq va tosh suyagi sathida, yotgan holatda esa yurak sathida turishi lozim.
Qo‘l muskullari zo‘riqishi tufayli olingan natijalar noto‘g‘ri bo‘lmasligi uchun bemor qo‘lini manjet bilan birga stolga mahkamlash tavsiya qilinadi. Qo‘lni osiltirib turish yoki bukish man etiladi. Qon bosimni o’lchash 5 daqiqa davom etadi. Shu vaqt davomida hamshira qulay vaziyatda o‘tirish, boshqa narsalarga chalg‘imasligi va muolajani to‘xtatmasligi lozim. Manjetdan havoning tez chiqib ketmasligiga e’tibor berishi lozim, chunki bu holat sistolik bosimning pasayib, diastolic bosimning oshib ketishiga sabab bo‘ladi.
Aniq va to‘g‘ri natija olish uchun sfigmomanometr ko‘rsatkichi ko‘z sathida va 88 sm masofada bo‘lishi kerak. Ko‘p tekshirishlar natijasida qon bosimini o‘lchashda oxirgi raqamlar 0 yoki 5 soniga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Sfigmomanometrning har bir darajasi 2 mm simob ustuniga tengligini hisobga olib, unga nisbatan aniq raqamni qayd qiladi. Qon bosimini auskultatsiya qilish va sfigmomanometr yordamida o‘lchash Korotkov arterial
tovushlarini aniqlashga asoslangan. Manjetdan havo chiqishi boshlangandan so‘ng arterial tovushlarni stetoskop yordamida eshitish mumkin. O‘quvchi muolajani mustaqil bajarishdan oldin o‘qituvchining nazor1a2t5i ostida ko‘nikmalarini bir necha marotaba bajarishi lozim. Qon bosimi tinch sharoitda aniqlanadi. Qo‘l erkin holda yo‘naltirilgan, kiyim-bosh
siqmasligi lozim. Sfigmomanometr hamshiraning ko‘ziga yaqin masofada bo‘lishi kerak. Manometr bemorning yurak sathida bo‘lishi shart emas, lekin simob ustuni vertikal holatda bo‘lishini nazorat qilish lozim. Yelka arteriyasini paypaslab topib, manjetni shunday joylashtirish kerakki, uning pastki qismi tirsak bo‘g‘imidan 2– 3 sm yuqorida, markaziy o‘qi esa yelka arteriyasida joylashgan bo‘lsin. Manjetni yelka arteriyasidan yuqorida o‘rab, puls yo‘qolguncha havo yuborish lozim. Bu bosim darajasi sistolik bosimga teng keladi. So‘ng havo chiqariladi va 25–30 sekunddan keyin manjet yana qayta shishiriladi.
Auskultatsiyaning yo‘qolishi yoki «jimjitlik maydoni» – bu Korotkov arterial tovushlarining K-5 nuqta atrofida yo‘qolishidir. Keyingi arterial tovushlarning qayta tiklanishi 5–40 mm simob ustunidan so‘ng yuz beradi. Bu noto‘g‘ri natijaga olib kelib, sistolik bosimning tushib ketishi yoki diastolik bosimning oshib ketishiga olib kelishi mumkin. «Jimjitlik maydoni» – 5% bemorlarda kuzatiladi. Stetoskop membranasi yelka arteriyasidan yuqorida, tirsak bo‘g‘imida joylashtiriladi, bunda membrana kuch ishlatmasdan sekin teriga siqiladi. Membranadagi yuqori bosim auskultatsiyaga xalaqit berishi mumkin. Membrana fiksatsiya qilingandan so‘ng tezlik bilan manjet shishiriladi. Stetoskop vaziyatni saqlagan holda, manjetdan havoni 2–3 mm simob ustuni tezligida (yoki bir yurak zarbida) chiqarish lozim. Manjetdan havo chiqa boshlashi bilan arterial tovushlarning paydo bo‘lishiga quloq solib, shu bilan bir vaqtda sfigmomanometr shkalasining ko‘rsatkichlarini kuzatish lozim. Hamshira natijani yozishda xatolikka yo‘l qo‘ymasligi kerak, ayniqsa diastolic bosimni o‘lchashda. Agar bosimni qayta o‘lchash lozim bo‘lsa, yana shu qo‘lda o‘lchash uchun 1–2 daqiqa kutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |