Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar aksari nafas a’zolari kasalliklarining belgilaridan biri bo‘ladi. Ular, odatda, yallig‘lanish jarayonida plevraning tortilishi bilan bog‘liq. Plevral og‘riqlar chuqur nafas olish vaqtida paydo bo‘ladi. Ko‘krak qafasidagi og‘riqni kamaytirish uchun bemor yuzaki nafas olishga harakat qiladi va yo‘tal harakatlarini tutib turadi. U majburiy vaziyatni egallab, yonboshlab yotadi, natijada, plevra harakatlari chegaralanadi va og‘riq kamayadi. Qattiq og‘riqlarda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha xantal, yo‘talga qarshi vositalar va og‘riq qoldiruvchi analgetiklar beriladi. Isitma nafas a’zolari kasalliklarining erta va tez namoyon bo‘ladigan belgisi bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |