Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 6,09 Mb.
bet105/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

Tana haroratini o‘lchash


Tana harorati haqida aniq va ishonchli ma’lumot olish uchun haroratni doimo bir joyda,

bitta termometrdan foydalangan holda o‘lchash lozim. Tana haroratini o‘lchashdan oldin bemorga qulay sharoit yaratiladi. Harorat og‘izda ham o‘lchanadi. Lekin bemor yosh bola, yoki aqli zaif, og‘iz bo‘shlig‘ida og‘riq va jarohatlar bo‘lganda, shuningdek, talvasa tutganda bu muolajani qo‘llash mumkin emas.Agar bemor sovuq yoki issiq ichimlik iste’mol qilgan bo‘lsa, tana harorati 15 daqiqadan keyin o‘lchanadi.

Muolaja, asosan, katta yoshdagi bemorlarda o‘tkaziladi: termometr til hamda orqa til osti cho‘ntagiga qo‘yiladi va bemorga og‘zini 2 daqiqa davomida yopib, tish bilan termometrga zarar yetkazmasdan ushlab turish tayinlanadi. Barcha turdagi simobli termometrlar (og‘iz, rektal, past harorat uchun) ishlatishdan oldin yuqoridan pastga qarab silkitiladi. Termometr ko‘rsatkichi aniqlanadi. Termometrdan qayta foydalanish uchun belgilangan qoidaga asosan zararsizlantirib, toza holatda saqlash zarur.

Haroratni o‘lchashdan oldin qo‘ltiq osti sohasini sochiq yoki salfetka yordamida quritib artiladi va ko‘zdan kechiriladi. Aks holda termometr ko‘rsatkichi noto‘g‘ri bo‘ladi. Qo‘ltiq osti sohasi tana haroratini o‘lchash uchun eng ishonarli va xavfsiz joy hisoblanadi. Haroratni o‘lchashda bemor termometrni qo‘ltig‘i ostida 5 daqiqa ushlab turadi.

Muolaja quyidagicha bajariladi: termometr bemoming qo‘ltig‘i ostiga joylashtirilib, qo‘llari bukilgan holda ko‘kragiga qo‘yiladi. Orqa chiqaruv teshigi shikastlanishlarida va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda harorat to‘g‘ri ichak sohasida o‘lchanmaydi.

Muolaja bajarish algoritmi: qo‘lqoplar kiyiladi, bemor oyoqlarini bukkan holda yonboshi bilan yotqiziladi. To‘g‘ri ichak termometrini yog‘lab, orqa chiqaruv teshigiga 3–4 sm ga kirgiziladi va 2 daqiqadan so‘ng termometr chiqariladi.




117
Agar termometrni kiritishda biror qarshilik sezilsa, muolaja zudlik bilan to‘xtatiladi. Uni salfetka bilan artib, natija aniqlanadi. Orqa chiqaruv teshigini artib, bemorga qulay vaziyatni egallashga yordam beriladi. Termometr qabul qilingan gigiyenik qoidalar asosida tozalanadi.

Hozirgi vaqtda ayrim bemorlarda harorat quloq nog‘ora pardasida ham aniqlanadi. Buning uchun yechiladigan uchlikni termometr voronkasiga kiydiriladi va ehtiyotlik bilan quloq yo‘liga kiritiladi. O‘lchash natijasini 1–2 soniyadan so‘ng

o‘qiladi.

Isitma – tana haroratining ko‘tarilishi bo‘lib, organizmning har xil patogen ta’sirlarga faol javob himoya moslashuvidir. Kasallik qo‘zg‘atuvchi omillar pirogen oqsil tabiatli bo‘lib, ular mikroblar, ularning toksinlari, zardoblar, vaksinalar, jarohat natijasida o‘z to‘qimalarining yemirilishi, ichki qon ketish, kuyish va hokazolardan iborat. Ular issiqlik idora etish markazining qo‘zg‘aluvchanligiga ta’sir etib, tanada issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi va natijada, tanada issiqlik yig‘ilib, harorat ko‘tarilishiga olib keladi. Pirogenlar ta’sirida hosil bo‘ladigan isitma jigarda moddalar almashinuvining tezlashuviga, retikuloendotileal tizimda, leykotsitlarda va organizmni infeksiyadan himoyalashda asosiy vazifani bajaradi. Isitmaning ko‘rinishlariga qarab: subfebril harorat (38°C), febril – o‘rtacha harorat (38–39°C), piretik – yuqori harorat (39–41 °C) va giperpiretik

– o‘ta yuqori harorat (41°C) farqlanadi. Davomiyligi bo‘yicha isitmalarninig quyidagi turlari mavjud: qisqa muddatli harorat – bir necha soatdan 1–2 kungacha davom etadi, o‘tkir harorat – 15 kungacha, o‘rtacha o‘tkir harorat – 45 kungacha, surunkali harorat – 45 kundan ortiq. Harorat o‘zgarishiga qarab isitmaning quyidagi turlari farqlanadi:



  1. Doimiy yuqori isitma – tana haroratining bir kecha-kunduz davomida 1°C ga o‘zgarib turib 39°C gacha ko‘tarilishi bilan xarakterlanadi.

  2. Remittirlovchi (bo‘shashtiradigan) isitma – tana harorati yuqori darajaga ko‘tarilib me’yor darajasigacha pasaymay 1–1,5°C atrofida tebranadi.

  3. Almashib turadigan isitma – yuqori haroratning me’yoriy darajagacha 1–2 kun mobaynida to‘g‘ri va turli-tuman o‘zgarib turishidir.

  4. To‘lqinsimon isitma – doimiy ko‘tarilish davrlari subfebrial yoki me’yoriy pasayish bilan almashinib turadi.

  5. Tinkani quritadigan yoki gektik isitma – bir kecha-kunduz davomida 4–5°C ga o‘zgarib turishi va haroratning me’yor yoki subme’yor (36°C dan past) raqamlarga tushib ketishi bilan ifodalanadi.

  6. Noraso isitma – ertalabki harorat kechqurungisidan yuqori bo‘ladi.


  7. 118
    Qaytalama isitma – bir necha kun davom etadigan baland isitma davrlarining isitmasiz davrlari bilan qonuniy almashinib turishidir. Isitmalayotgan bemorlarni parvarish qilish

Isitmaning o‘tishi uch davrga bo‘linadi: haroratning ko‘tarilishi, maksimal (yuqori) darajaga chiqishi va pasayishi. Hamshira bu davr xususiyatlarini yaxshi bilishi hamda bemorlarni parvarish qilishni ko‘ngildagidek bajara olishi zarur.

Birinchi davr – haroratning ko‘tarilish davri bo‘lib, bunda tananing issiqlik hosil qilishi issiqlik yo‘qotishdan ustun bo‘ladi. Bu davr bir necha soatdan bir necha kun va hatto haftagacha davom etishi mumkin. Bemor

haroratning tez ko‘tarilishini ancha og‘ir o‘tkazadi; qaltirab eti uvishadi, labi, oyoq va qo‘llarining uchlari ko‘karib, boshi og‘riydi, umumiy ahvoli yomonlashganligidan shikoyat qiladi. Bunday hollarda hamshira bemorni zudlik bilan yotqizib oyoqlariga isitgich qo‘yishi, issiq ichimliklar (issiq choy, qahva) ichirishi, yaxshilab o‘rab qo‘yishi va yolg‘izlatib qo‘ymasligi lozim. Kasallikning ikkinchi davrida tanada issiqlik yo‘qotish bilan issiqlik hosil qilish nisbatan muvozanatda bo‘ladi. Bu davr bir necha soatdan bir necha haftagacha davom etadi.

Haroratning maksimal ko‘tarilishi organizmda zaharlanish holatining, bosh og‘rig‘ining kuchayishi, qizib ketish, og‘izning qurib qolishi, holsizlanib, tananing qaqshab og‘rishi bilan ifodalanadi. Ba’zan isitma cho‘qqisida markaziy nerv tizimining qo‘zg‘alishi: alahlash, gallutsinatsiyalar kuzatilishi mumkin. Bu bosqichda bemorni yolg‘iz qoldirish xavfli bo‘lib, bunday hollarda tibbiy hamshira shaxsiy postini uyushtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bemorning ahvolidan tinmay xabar olib turiladi, agar ahvoli yomonlashib boradigan bo‘lsa, shifokorni chaqirish zarur. Bu davrda bemorga suyuq yoki suyuqroq, yuqori kaloriyali va oson hazm bo‘ladigan ovqatlar berish lozim. Bemorni oz-ozdan sutkasiga 5–6 marta ovqatlantirish, ko‘p suyuqliklar berish maqsadga muvofiqdir. Bu davrda bemorlarning og‘zi quriydi, lablari yoriladi, shuning uchun tibbiyot hamshirasi ularning og‘iz bo‘shlig‘ini vaqti-vaqtida natriy gidrokarbonatning kuchsiz eritmasi bilan artadi va lablariga vazelin moyi yoki glitserin surtishi lozim. Boshi qattiq og‘rib

turgan bemorning peshonasiga muzli xaltacha qo‘yilib, muz erigan sari uni yangilab turiladi.


Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish