Puls deb, tomirlar devorining yurak haydaydigan qon harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Puls tabiati yurakdan haydalgan qonning hajmi va tezligi hamda arteriya devorining holati va birinchi navbatda
uning silliqligiga bog‘liq. Pulsni aniqlash joylari arterial qon ketishda arteriyalarni bosib to‘xtatish nuqtalaridir.
Odatda, puls bilak arteriyasida aniqlanadi. Hamshiralar puls ritmi (ish maromi, tezligi) tarangligini aniqlashni bilishlari lozim. Puls tomirning maromli tebranish oralig‘i bilan aniqlanadi. Agar arteriya devorining tebranishi aniq bir vaqtda sodir bo‘lsa, tomir urishi ritmik deb hisoblanadi. Agar tebranish buzilsa, noto‘g‘ri tomir urishi yuzaga keladi va noritmik puls kuzatiladi. Puls tarangligini aniqlash uchun bilak arteriyasi kuch bilan bosiladi, buning natijasida tomir tebranishi umuman to‘xtaydi. Puls tarangligi sistolik arterial bosim hajmiga bog‘liqdir. Agar arterial bosim me’yorda bo‘lsa, tomir o‘rtacha kuch bilan bosiladi, bu esa o‘rta kuchlanishdagi puls hisoblanadi. Yuqori arterial bosimda tomirni bosish qiyin, bunday puls tarang yoki qattiq deyiladi, agar tomirda arterial bosim past bo‘lsa, u yengil bosiladi va bunday puls yumshoq hisoblanadi.
Arterial pulsni aniqlash algoritmi:
Bemorga uning pulsini aniqlashingizni ayting va undan bu muolaja haqida bilish-bilmasligini so‘rang, agar bilmasa tushuntiring.
Soat, sekundomer, qog‘oz, qalam tayyorlang.
Qo‘lingizni yuving.
Bemorga o‘zini bo‘sh qo‘yib yotishi yoki o‘tirishini ayting.
II, III, IV barmoqlaringizni bemorning bilak tomiriga qo‘yib, I barmog‘ingiz bilan asta tomirni bosib uning tebranishini aniqlang.
Agar puls ritmik bo‘lsa, tomir urishini 30 sekund ichida aniqlang.
Tomir urish sonini 30 sekund ichida kuzatib, so‘ng ikkiga ko‘paytiring (agar puls ritmik bo‘lmasa, uni bir daqiqa ichida hisoblang).
Bemorga natijasini 1a2y2 ting.
Tomirni avvalgidan qattiqroq bosib puls tarangligini aniqlang.
Natijani bemorga ayting va yozing.
Bemorni qulay o‘tqazib yoki yotib olishiga yordam bering.
Qo‘llaringizni yuving. Qilgan ishingiz natijasini harorat varaqasiga qizil qalam bilan «P» shkalasiga yozing. Bilak arteriyasidan tashqari pulsni chakka, uyqu, chov, tizza va tovon ichki yuzasida aniqlanadi. Ketma-ket har bir tomoni ohista bosilgan holda uyqu arteriyasida ham puls aniqlanadi.
Agar tomir devori qattiq bosilsa yurak urishi sekinlashib, bemorda bosh aylanishi, hushdan ketish va tortishish paydo bo‘lishi mumkin.Chov sohasida puls aniqlanganda bemor chalqanchasiga yotishi lozim. Tizza ko‘zi chuqurligida pulsni aniqlash uchun bemor qorinda yotishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |