Cheyn-Stoks tipidagi nafas – nafas harakatlarining davriy paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, ular orasidagi to‘xtalishlarda nafas harakatlari tobora oshib borib, keyinchalik nafas olishning batamom to‘xtashiga qadar pasayib ketadi. «Biot» nafasi 1 daqiqa davom etishi mumkin bo‘lgan katta to‘xtalishlar bilan ta’riflanadi. Kusmaul nafasi bir tekis, siyrak nafas ketma-ketligi shovqinli va kuchli nafas chiqarish bilan ifodalanadi. Nafas a’zolarining ko‘pgina kasalliklari nafas qisish, yo‘tal, qon tupurish, ko‘krak qafasida og‘riq va tana haroratining ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi. Hansirash (harsillash) nafas olishning qiyinlashuvi bo‘lib, havo yetishmasligining yoqimsiz sezgisi bilan kuzatiladi. Shu sababli bemoryuza va tezlashgan nafas oladi. Hansirash fiziologik hamda patologik bo‘ladi. Ko‘pincha bemorlarda nafas olish va nafas chiqarishning qiyinlashuvi kuzatiladi. Inspirator hansirash yoki qiyinlashgan shovqinli nafas ko‘pincha nafas yo‘llarida mexanik to‘siqlar hosil bo‘lishi natijasida vujudga keladi. Ekspirator hansirash nafas chiqarishning qiyinlashuvi bilan ifodalanadi. U kichik bronxlarning qisilishi natijasida paydo bo‘ladi (masalan, bronxial astmasi bor bemorlarda). Aralash hansirash nafas olishning va chiqarishning qiyinlashuvi bilan ajratiladi. Nafas harakatining tezlashuvi, ko‘krak qafasining qisilishi, havo yetishmasligi va kuchli hansirash bilan kuzatiladigan holat – nafas qisilishi deyiladi. To‘satdan hosil bo‘lgan nafas qisish xuruji – astma deyiladi. Har qanday xurujda (bronxial yoki yurak astmasida) zudlik bilan shoshilinch yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, siqib turgan kiyimlar yechiladi, yarim o‘tirgan holat yaratiladi va sof havoning kelishi ta’minlanadi yoki zudlik bilan oksigenoterapiya o‘tkaziladi. Xuruj paytida dori vositalari faqatgina parenteral yo‘l bilan yuborilmay, aerozolli ingalatsiya ko‘rinishida ham kiritilsa bo‘ladi.
Tibbiyot hamshirasi bemorga ingalatsiya ko‘rinishidagi dori vositasini qo‘llash qoidasini tushuntirishi lozim. Aerozolli dori vositasining miqdorini shifokor belgilaydi. Yo‘tal – bronxlar va yuqori nafas yo‘llarining yot jismlar va nafas yo‘llarining turli kasalliklarida shilimshiq balg‘amning chiqarilishiga qaratilgan himoya refleksi hisoblanib, yo‘tal refleksi balg‘am ajratishga imkon beradi. Yo‘tal yopiq tovush yorig‘idan to‘satdan va keskin chiqadigan nafasdan iboratdir. Turi bo‘yicha yo‘tal quruq, balg‘amli va yiringli bo‘lishi mumkin. Balg‘amni ko‘chirish maqsadida120bemor drenaj qilinadi.
Balg‘am turi bo‘yicha shilliqli, seroz, yiringli, qon aralash bo‘lishi mumkin. Ayrim kasalliklarda bemorlar bir kecha-kunduz davomida 10–15 ml.dan 1 litrgacha balg‘am ajratishi mumkin. Balg‘am maxsus tufdonlarga ajratilishi lozim. Tufdonlar har kuni bo‘shatiladi, yuviladi va zararsizlantiriladi (3% li xloramin, 2% li kaliy permanganat eritmasi bilan). Ajratilgan balg‘am maxsus chiqindi quvurlarga tashlanadi. Sil kasalligi shifoxonalarida esa maxsus dezokameralarda yoqiladi. Balg‘am laboratoriya tashxisi uchun zarur bo‘lganda ma’lum qoidalarga amal qilingan holda yig‘iladi. Umumiy tahlil uchun yangi ajralgan balg‘amni og‘zi keng shishali idishga ovqatdan oldin yig‘iladi. Balg‘amni yig‘ish, tahlilxonaga keltirish tahlil turlariga bog‘liq. Balg‘amni sil mikrobakteriyalariga tekshirishda quyidagilarni esda tutish lozim.
Kox tayoqchalari 1 ml balg‘amda 100000 dan kam bo‘lmagan holda aniqlanadi. Balg‘am tahlilga 1–3 kun davomida yig‘iladi va sovuq joyda saqlanadi. Nafas
yo‘llaridagi yallig‘lanish kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi sezuvchanlikni aniqlash maqsadida balg‘amni maxsus shakarli sho‘rva va qonli agarga to‘ldirilgan Petri likopchasiga olinadi. Balg‘am o‘smalarning atipik hujayralarini aniqlash uchun yig‘ilganda bu hujayralarning tez parchalanish xususiyatiga ega ekanligi va shu sababli yig‘ilgan balg‘am zudlik bilan tahlilxonaga yuborilishini esda tutish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |