Mashgʻulotni yakunlash
Mavzu yakunlanadi, bajarilgan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga ega
ekanligiga oʻquvchilar e’tiborini qaratadi
Uyga vazifa berilishi
Nazorat savollariga javob qaytarish
|
Diqqat qiladi
Topshiriqni yozadi
| ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
t/r
|
Nazariy bilimlarni baholash
|
ball
|
1
|
Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi
|
5
|
2
|
Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi
|
4
|
3
|
Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.
|
2
| ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1
|
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak
|
2
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim
|
3
|
Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi
|
4
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
5
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
|
6
|
Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish
|
323
Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari
ilova
№
|
Baholash mezonlari
|
Baholar
|
“5” – a’lo
|
“4” - yaxshi
|
“3” - qoniqarli
|
“2” - qoniqarsiz
|
1.
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2.
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3.
|
Joriy nazorat
natijalari
|
|
|
|
|
4.
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
| 28-Mavzu: Hamshiralik ishida boshqaruv Reja:
Hamshiralik ishida menejment
Liderlikka xos bo’lgan xususiyatlar 3.DPMda tashkillashtirish, uzluksiz ta’lim
Shifоxоnаdа bоshqаruv ishini tаshkil etish
Menejment asoslari mamlakatning siyosiy iqtisodiy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni boshqarishda demokratik tamoyillarning rivojlanishi tibbiy muassasa rahbarlari va xizmatchilaridan boshqaruvning zamonaviy uslub va shakllarini chuqur o‘rganishni talab qiladi.
Menejment – boshqaruv ma’nosini ifodalab, keng miqyosda samarali natijalarga erishish uchun kam vaqt va kuch sarflab, boshqaruv obyektiga uzluksiz ta’sir etish jarayonidir. Boshqaruv bu qadimgi san’at va yangi fandir. Boshqaruv siyosiy- iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy va axloqiy tizimlarning bir qisrni bo‘lib, o‘zining yo‘nalishi, tamoyillari va uslubiga ega. Sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv asoslari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, maqsadli boshqaruv:
aniq, qisqa ifodalangan maqsadni ishlab chiqish;
aniq rejalarni ishlab chiqish va ularga erishish;
ish va natijalarni uzluksiz nazorat qilish va belgilash;
rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun yangi chora-tadbirlarni qo‘llash.
Hozirda boshqaruv jamiyat rivojlanishining asosiy omili bo‘lib qoldi. Bugungi kunda:
boshqaruv zamonaviy jamiyatning umumiy va bosh vazifasidir;
boshqaruvning asosiy vazifasi – bilimning samaradorligi;
boshqaruv nafaqat ish faoliyati, balki madaniyat va tizim boyligidir;
boshqaruv insoniyat faoliyatining mahsuli bo‘lib, shu bilan birga umuminsoniy muammo hisoblanadi;
boshqaruv iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni barpo qiladi. Boshqaruvning asosiy ilmiy tamoyillari:
boshqaruvga tartibli yondoshish;
boshqaruvning maqsadini aniqlash;
ishchilarni rag‘batlantirishning moddiy va ma’naviy usullarini birga qo‘llash;
boshqaruvda rejali v3a24bozor usullarini birga qo‘llash.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi boshqaruv o‘ziga xos boshqaruv bo‘lib, bunda sog‘liqni saqlash tashkilotlarining asosiy maqsadi odamlar sog‘lig‘ini saqlash va shu bilan jamiyat salomatligini yaxshilashdir. Aholining soglig‘i milliy boylikning asosi bo‘lib, milliy daromadning ma’lum qismi sog‘liqni saqlashga ajratiladi, ammo moddiy boylik yaratish uchun sog‘liq ham zaxira sifatida «ishlatiiadi». Umuman olganda, o‘rtacha umr ko‘rish mamlakat iqtisodi, milliy xo‘jalik samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruvning samaradorligini baholashda buni, albatta, inobatga olish zarur.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi boshqaruv tamoyillari:
sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining maqsadlari boshqa sohalar maqsadlaridan o‘zgacha bo‘lib, bu jarayon nafaqat qiyinligi bilan, balki natijalarni xulosalashi bilan farq qiladi.
sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida o‘z ishchilari xizmat faoliyatini nazorat qilish juda past darajada (bu shifokorlarga oid) bo‘lganligi uchun ma’muriy muassasa xodimlari tibbiy xizmat ko‘rsatish miqdorini emas, balki sifatiga qayg‘urishlari lozim.
sog‘liqni saqlash tizimining boshqa sohalardan farqlovchi belgisi bu tibbiy xodimlarning yuqori ixtisosligi va shu bilan bir qatorda turli xil mutaxassis guruhlarining bir-biriga o‘zaro bog‘liqligidir. Shuning uchun ham sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv ilmi va amaliyotini, balki tibbiy bilimning asoslarini ham yaxshi bilish lozim.
Menejerlar – boshqaruv bo‘yicha aniq vazifani amalga oshiradigan ma’lum darajadagi kishilardir. Tashkilotning qanday bo‘lishidan qat’I nazar boshqaruvda ularning o‘rni katta.
Menejment – bu loyiha, dastur va tashkiliy ishlarga rahbarlik qiluvchi, ma’lum qoida va sharoitlardan kelib chiqqan holda ish olib boruvchi faol shaxsdir.
Menejer – boshqaruvchi vazifalari:
boshqaruv, sardorlik, shaxslarning o‘zaro munosabati;
axborotni tekshirish va tarqatish, fikrlarni umumiy ifodalash;
qaror qabul qilish, ishbilarmonlik, tartibsizlikni bartaraf etish, zaxirani taqsimlash, muzokaralar olib borishdir.
Menejment boshqaruv uch pog‘onadan iborat bo‘lib:
birlamchi quyi pog‘ona – bu katta tibbiyot hamshirasi hisoblanadi va bevosita qo‘l ostidagi xodimlarini boshqaradi;
o‘rta pog‘onadagi boshqaruv – bu muassasa katta hamshirasi boshqaruvi bo‘lib, quyi pog‘ona xodimlarini nazorat qilish va ular faoliyatini yo‘naltirish huquqiga ega;
yuqori pog‘onadagi boshqaruv – bu muassasada hal etiladigan barcha muhim masalalarga javob beruvchi shaxs, ya’ni muassasa shifokori hisoblanadi. Uning majburiyati, burchi kadrlarni tanlash, malakasini oshirish, ularni qayta guruhlashdir. Vazifasi: hamshiralarni boshqarish, ular faoliyatini kuzatish, shu jumladan, mutaxassislik darajasini saqlash, qo‘llab-quvvatlash. Demak, menejer – bu malakali boshqaruvchi, yangiliklarga intiluvchi shaxsdir.
Boshqaruvchi ish yuri3t2i5shiga qarab uch turga ajratiladi:
o‘ta tanqidiy boshqaruvchi – ishchilarga o‘z hukmini o‘tkazish uchun yetarli darajada huquqqa ega bo‘lgan;
demokratik boshqaruvchi – o‘z hukmini o‘tkazmaslikka harakat qiladigan;
erkin boshqaruvchi – o‘z vazifalarini nazorat qilishda ishchilariga to‘liq erkinlik beradigan.
Budjetdagi tibbiy muassasalarni sug‘urtalash bozor munosabatlarining rivojlanishida sog‘liqni saqlash boshqaruvi sohasida bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Sog‘liqni saqlash tizimida bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining asosiy maqsadi:
malakali tibbiy xizmat bo‘yicha aholi ehtiyojini to‘liq qondirish;
aholining hamma tabaqalariga bir xil xizmat ko‘rsatish;
xodimlar ishining samaradorligini oshirish;
hozirgi vaqtda boshqaruv bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar yetishtirish, shu jumladan, hamshiralik ishida ham. Bilamizki, tibbiy xizmatning sifati nafaqat davolash, balki parvarishga ham bog‘liqdir. Demak, o‘rta tibbiyot xodimlari xizmatining samaradorligini ta’minlash tibbiy xizmat muammolarini hal qilishga yordam beradi. Shu kungacha boshqaruvchi vazifalariga kasbiy bilimlarga va bemorni parvarish qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan hamshiralar tayinlangan, lekin bu hamshiralar boshqaruv bilimlariga ega bo‘lishmagan.
Demak, bizda malakali menejerlar bo‘yicha katta yetishmovchiliklar bo‘lgan va boshqaruv uchun samarali ta’sir qiladigan omillar nazarda tutilmagan:
mutaxassislik bilimi;
ish muddati;
ma’muriyat sohasidagi bilim;
ishni rejalashtira olish;
mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishda qatnashish;
iqtisodiy ishlarni olib borish qobiliyati;
qat’iyatli, madaniyatli, vijdonli, yangilikka intiluvchanlik;
tashkilotchilik, ishbilarmonlik va pedagoglik qobiliyati;
shaxsiy fazilatlari;
fikrlash qobiliyati.
Hozirgi kunda hamshira boshqaruvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
o‘rta pog‘ona xodimlarining ish faoliyatini nazorat qilish;
ma’lum bo‘g‘in ish faoliyatini rejalashtirish;
davolash-profilaktika muassasasining dastur va mablag‘larini rejalashtirishda qatnashish;
ish sifatini baholash uchun qo‘yilgan talablarni nazorat qilish;
to‘xtovsiz axborot bilan ta’minlab borish;
ish faoliyati bo‘yicha hisobot olib borish;
tibbiy xodimlar o‘rtasida ish vazifalarini taqsimlash va boshqarish;
xodimlarning malakasini oshirishda qatnashish;
tibbiyot muassasasining tizim va siyosatini aniqlash.
Demak, davolas3h2-6profilaktika muassasalarining barcha boshqaruv jabhalarida menejerlar xizmati kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunda har bir boshqaruvchi mutaxassislik faoliyatidan tashqari quyidagilarga amal qilishi shart:
Do'stlaringiz bilan baham: |