Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet188/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Ballondan kislorod berish. Kislorodni bevosita ballondan berish muolajani yanada osonlashtiradi va kislorod terapiyasini uzoq muddatgacha uzluksiz o‘tkazish imkonini beradi. Тibbiyot kislorodi solingan ballonlarning sig‘imi 40 l bo‘lib, u 150 atm bosim ostidagi gazsimon kislorod saqlaydi. Kislorodni 2—3 atm bosimi ostida qo‘llash mumkinligini nazarda tutib, ballonga maxsus pribor–bosimni pasaytiradigan reduktor ulanadi. Reduktorning 2 ta kamerasi va ikkita manometri bo‘lib, ballonga eng yaqin turgani undagi bosimni ko‘rsatadi. Shu manometr bo‘yicha ballondagi kislorod miqdori to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Past bosimli kamera bilan tutashtirilgan ikkinchi manometr bemorga beriladigan kislorod bosimini ko‘rsatadi. U 1—2 atm bosim atrofida tartibga solib turadigan vint bilan belgilab qo‘yiladi.
Kislorodni palatalarga markazlashgan tizim bo‘yicha berish eng qulay usuldir. Kislorodli ballondan foydalanishda siqilgan gazsimon kislorodning moy, yog‘, neft bilan duch kelganda ularning faol birikmalar bilan reaksiyaga kirishib, alangalanishi va portlashini unutmaslik zarur. Ballonlar saqlanadigan xonada chekish qat'iyan man qilinadi. Moy artilgan lattani kislorodli ballonlar bilan bir xonada saqlashga ruxsat etilmaydi. Moslamalarga qarab turadigan shaxslarning qo‘li, kiyim-boshi, asboblari yog‘li bo‘yoqlar bilan ifloslanmagan bo‘lishi kerak. Ballonni silkinish va urilishdan ehtiyot qilish lozim. Uni vertikal holatda salqin joyda, devorga mahkamlab qo‘yib saqlanadi. Ballon ventilini ochishda unga ro‘para turish mumkin emas, chunki ko‘z shilliq pardasiga kislorod sachrab ketishi va ko‘zni shikastlab qo‘yishi mumkin. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun kislorod ballonlari turadigan har bir xonada yong‘inga qarshi o‘t294o‘chirgich bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda kasalxonalarning loyihalarida kislorod va azot (I) oksidini markazlashgan holda uzatish ko‘zda tutilgan. Kislorod bevosita bemor yotgan joyga yetkazib beriladi, tibbiyot xodimi esa ballonning saqlanishi, transportirovka qilinishi va almashtirilishini kuzatib borishdan xalos bo‘ladi. Gaz sarfi kamayadi.
Kislorodni markazlashgan usulda beradigan tizimi bo‘lmagan kasalxonalarda ballonlar yo‘lak, yerto‘la, palatalarda o‘rnatiladi. Bunda yong‘inga qarshi kurash qoidalari va texnika xavfsizligiga rioya qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish