Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet191/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Massajning fiziologik ta’siri. Juda yengil va yuzaki massaj qilinganda ham terining eng sezgir nerv retseptorlari birinchi galda mexanik ta’sirotdan ta’sirlanadi. Retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban nerv sistemasida, qon va limfa aylanishida xilma-xil reflektor reaksiyalar yuzaga keladi. Massaj refleks yo‘li bilan butun organizmga ta’sir ko‘2r9s6atadi va hamma organ hamda to‘qimalarda turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar darajasi umuman massajning xilma-xil usullariga bog‘liq bo‘ladi. Massajning quyidagi ta’sirlarini kuzatish mumkin:

  1. Massaj ta’sirida bosh miya po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonlari kuchayadi, buning natijasida muolajalardan keyin odamni mudroq bosadi.

  2. Massajning turli usullari asab sistemasining qo‘zg‘aluvchanligiga har xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunonchi, silash va ishqalash qo‘zg‘aluvchanlikni pasaytirsa, shapillatib urish va kaft qirrasi bilan urib chiqish qo‘zg‘aluvchanlikni kuchaytiradi.

  3. Massaj og‘riqni qoldirishi ham mumkin.

  4. Massaj mexanik ta’sir qilib, epidermis po‘stlog‘ini tushiradi.

  5. Massaj tufayli teridagi qon tomirlari kengayadi, terida qon aylanishi va yog‘ hamda ter bezlari funksiyasi kuchayadi.

  6. Massajdan keyin teri qizarib, muloyim bo‘lib qoladi, massaj qilinayotgan joyning temperaturasi ko‘tariladi.

  7. Massaj ta’sirida oqsillarning terida paydo bo‘ladigan parchalanish mahsulotlari (gistamin, asetilxolin) ham qon aylanishining yaxshilanishiga ma’lum darajada ta’sir qilishi mumkin.

  8. Massaj muskullarga katta ta’sir ko‘rsatadi va muskul tolalarini qisqartirib, muskul hujayralarining o‘zida o‘zgarishlar paydo qiladi. Muskulning charchashi massaj ta’sirida massajsiz dam olganidan ertaroq bosiladi. Massaj atrofiyaga uchragan muskullar hajmini sezilarli darajada kattalashtirib, ish qobiliyatini oshiradi.

  9. Muskulga ko‘rsatiladigan ta’sir limfa va qon oqimining kuchayishiga olib keladi, bu xususan silash va uqalash vaqtida shishlarning so‘rilib ketishiga yordam beradi. Muskullarda rezerv kapillarlar ishga tushadi, bu kapillarlarga qo‘shimcha qon, demak, kislorod ham keladi.

  10. Massaj uqalanayotgan joylarda qonning qayta taqsimlanishiga ta’sir qilish bilan birga yurak ishiga ham ta’sir ko‘rsatadi, arterial bosim bilan puls ozgina o‘zgaradi.

  11. Massaj ta’sirida oksidlanish prosesslari tezlashadi, azot almashinuvi kuchayadi, bezlarning (me’da, jigar va boshqalarning) sekretor funksiyasi zo‘rayadi, siydik ajralishi ham ko‘payadi.

  12. Massaj olgan odam yaxshi uxlaydi va ishtaqasi ochiladi. Massajga tayyorgarlik ko‘rish. Yaxshilab massaj qilish uchun odam anatomiyasi va fiziologiyasini bilish, har bir harakat texnikasini o‘rganib olish va uni qachon, qanday qilish kerakligini tushunishdan tashqari, massaj qilishda bir qancha shart-sharoitlar va talablarga amal qilish kerak. Jumladan:

  1. Massaj qilinadigan xona iliq (19 – 20°C) va yorug‘ bo‘lishi kerak.

  2. Har bir muolajani o‘tkazib bo‘lgandan keyin xonani shamollatish lozim.

  3. Bemor bilan uqalovchining vaziyati ularning ikkalasi uchun ham bir xilda qulay bo‘lishi kerak.

  4. Xona tegishlicha jihozlangan bo‘lishi lozim. Qo‘llarni massaj qilish uchun stolcha (balandligi 80 sm) bo‘lishi kerak. Bemor massaj qilinadigan qo‘lini ana shu stolcha ustiga qo‘yib o‘tiradi. Тana va oyoqlarni massaj qilish uchun bosh tomoni ko‘tarilgan, ustiga kleyonka qoplangan, qattiq kushetka va ikkita elastik yostiq bo‘lishi kerak (kushetkaning uzunligi 175 sm, eni 60 sm, balandligi 70 – 75 sm). Bo‘yin bilan yuzni massaj qilish uchun aylanma stul yoki balandligi 40 sm keladigan taburetkadan

foydalaniladi.
297

  1. Massaj qilinadigan sohaga yetarli darajada va bir tekisda yorug‘lik tushib turishi kerak.

  2. Massaj qilinadigan bemorga har tomondan bemalol o‘tiladigan joy bo‘lishi lozim; bemor massaj qiladigan odamning tizzasidan yuqoriroqda bo‘lishi kerak.

  3. Gavdaning massaj qilinadigan sohasi yalang‘och bo‘ladi.

  4. Bemor kiyimlarini va massaj qilinayotgan joyda qon bilan limfa oqimiga xalaqit beradigan narsalarning hammasini yechishi kerak.

  5. Massaj qilishdan oldin teri (rangini, temperaturasini, bezillash-bezillamasligini, shishgan-shishmaganligini), tomir va muskullar holatini ko‘zdan kechirib chiqish muhim.

  6. Badanning massaj qilinadigan joyi va massaj qiluvchining qo‘llari tozalab yuvilgan, tirnoqlari olingan bo‘lishi lozim, uzuklar olib qo‘yiladi.

  7. Ish paytida massaj qiluvchi gaplashmasligi kerak.

  1. Charchab qolmasligi uchun to‘g‘ri nafas olishi lozim. Massaj qiluvchi ikkala qo‘lini bir me’yorda ishlata olishi juda muhim.

Yaxshisi, quruq massaj qilish kerak (poroshoklar yoki mazlar ishlatmasdan). Uzoq massaj qilinadigan bo‘lsa, terini shilib yubormaslik uchun, odatda, kuydirilgan talk yoki vazelin ishlatiladi. Nam terini quritish uchun spirt va efir bilan artish tavsiya etiladi. Massaj paytida bemorning muskullari bo‘shashgan bo‘lishi kerak. Shu maqsadda massaj qilinadigan qo‘l yoki oyoqqa fiziologik holat beriladi. Massaj qiluvchi odatda, tik turgan holatda massaj qiladi. U massaj qilinayotgan odamning o‘ng tomonida tursa juda qulay bo‘ladi, chap qo‘l yoki chap oyoqni massaj qiladigan bo‘lsa, bemorning chap tomoniga o‘tadi. Massaj qilinayotgan soha massaj vaqtida qimirlamay turishi muhim. Qo‘l, bo‘yin va bosh massaj qilinadigan bo‘lsa, bemor o‘tqazib, ko‘krak, qorin, orqa va oyoq massaj qilinadigan bo‘lsa, yotqizib qo‘yiladi.
Massajni odatda, kuniga bir marta qilinadi. Massaj qilish muddati har xil bo‘ladi: oyoq-qo‘llarning cheklangan qismlari (qo‘l panjasi, bitta bo‘g‘im, bilak, boldir) 8 – 10 daqiqa, qorin 20 daqiqa massaj qilinadi, umumiy massajga 40 – 60 daqiqa vaqt ketadi. Massaj bilan davolash kursi kasallikka va uning qay tariqa o‘tishiga bog‘liq. Umumiy massajni ovqatdan 1 – 2 soat oldin yoki ovqatlangandan 1 –2 soat keyin qilish kerak. Massajning ko‘pgina usullari bor, bulardan: silash, ishqalash, qoqish, vibratsiya (titratish) asosiy usullar hisoblanadi. Bu usullar fiziologik ta’sirining u yoki bu xususiyatlari bilan farqlanib, massajdan kutilayotgan maqsadga qarab qo‘llaniladi.
Silash. Oddiy usulda va ikki qo‘l orasiga olib silash tafovut qilinadi. Oddiy usulda silashda qo‘l panjasini badanga sal tegizib turib, teri usti silanadi. Bunda barmoq uchlari (barmoqlarning kaft yoki orqa tomonlari) yo bo‘lmasa, butun kaft bilan silanadi. Ikkala qo‘l orasiga olib silashda massaj qilinayotgan sohaning katta kichikligi va shakliga qarab ikkita barmoq yoki butun kaft bilan silab boriladi. Silash vaqtida ba’zida badan bosiladi, bu bosim chuqurroqda yotgan to‘qimalarga ta’sir ko‘rsatadi. “Тaroqsimon massaj” deb ataladigan massaj ham silashga kiradi, massajning bu xilida zich fassiya bilan qoplangan muskul guruhlari bor joy (odamning orqasi, son, boldirining old yuzasi) massaj qilinadi. Massaj qilinadigan joy musht qilib tugilgan qo‘l panjasining orqa yuzasi bilan silab boriladi, musht qilingan panja asta-sekin yozila boradi. Odatda, limfa va vena tomirlari bo‘ylab silanadi (markazga intilma y2o98nalishda). Massaj qilinadigan joylarda shish bo‘lsa yoki qon dimlanib qolgan bo‘lsa, umumiy silashni shish atrofidan boshlash (suyuqlikning oqib ketishini yengillashtirish uchun), keyin esa shikastlangan sohani silashga o‘tish kerak. Silash venalarda qonning, limfa va to‘qimalararo suyuqliqning yurishiga yordam beradi. Massaj qilinadigan joy ohista va bir maromda bir necha marta, muolajaning o‘rtasiga kelganda birmuncha tez va shiddatliroq silanadi. Massajning hamma turlari silash bilan boshlanadi va silash bilan tugallanadi.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish