Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet162/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Allergik reaksiyalar. Тeri ostiga dori moddasini yuborishda ro‘y beradigan allergik reaksiyalar eshak yemi toshishi, hiqildoq va traxeyaning shishishi, astma xuruji (bo‘g‘ilish), allergik tumov, konyunktivit, o‘tkir kolit bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Lekin eng dahshatli allergik reaksiya anafilaktik shokdir. U inyeksiyadan keyin bir necha daqiqa o‘tishi bilanoq ro‘y beradi. Unda bemorning darmoni quriydi, badan terisi oqaradi va sovuq ter bosadi, oyoq-qo‘llari muzlab, ko‘karib ketadi, arterial bosimi keskin pasayadi, pulsi ipsimon bo‘lib qoladi, talvasa tutadi, so‘ngra bemor hushdan ketib, o‘lib qolishi mumkin. Bunday hollarda zudlik bilan shifokorni chaqirish va tezda qator choralar ko‘rish: a) dori yuborilgan joy yuqorisidan jgutni arteriyalar va venalar bosiladigan qilib qo‘yish jgut to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa, pulsini ushlab bo‘lmaydi); b) ikkinchi qo‘l venasiga allergiyaga qarshi preparat (dimedrol, diprazin, suprastin, gidrokortizon va boshqalar) yuborish; d) jgutni yechmay, preparat yuborilgan joy atrofidagi teri ostiga adrenalin eritmasi yuborish (0,1% li 1 ml adrenalinni natriy xloridning izotonik eritmasida eritish, bu eritma tomirlarni toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatib, anafilaktik shokka sabab bo‘lgan preparat larning so‘rilishini sekinlashtiradi).
Bu og‘ir asoratning oldini olish uchun bemordan ilgari shu preparatga bo‘lgan reaksiyasi xususida surishtirib ko‘rish, birinchi inyeksiyani bitta qo‘l yoki oyoq sohasiga qilish (reaksiya paydo bo‘lgan taqdirda jgut qo‘yishga imkon bo‘lishi uchun) va bemorni inyeksiyadan keyingi dastlabki daqiqalarda sinchkovlik bilan kuzatib borish kerak. Тayinlangan dori o‘rniga teri ostiga yanglishib boshqa dorini yuborish dorining kimyoviy xossalariga qarab turli ko‘ngilsiz hollarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparat yuborilgan joy yuqorisidan jgut bog‘lanadi va qanday dori yuborilgani ma’lum bo‘lsa o‘sha joyga qarama-qarshi ta’sir qiladigan preparat yuboriladi. Agar ma’lum bo‘lmasa, dori yuborilgan joyda teri ostiga izotonik va osh tuzi eritmasidan 50–100 ml miqdorida yuboriladi, bu yanglishib yuborilgan preparat konsentratsiyasini pasaytirish va shu bilan uning xavfli ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.
Тeri ostiga dori yuborish: a) organizm suv va tuzlarni ko‘plab va birdan yo‘qotganda (varaq-varaq qayt qilish, qon ketishi, kuyish, ichaklar tutilib qolishi va boshqalarda) ularning o‘rnini qoplash maqsadida; b) infeksiyalarda va intoksikatsiyalarda or2g55anizmda hosil bo‘ladigan zaharli moddalar konsentratsiyasini pasaytirish va ularni buyraklar orqali chiqarib yuborishda; d) operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyingi davrda bemorga suyuqlik ichish mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Тeri ostiga dori quyish uchun asosan sonlarning oldingi tashqi sathidan foydalaniladi, biroq kurak osti sohasiga dori quysa ham bo‘ladi. Ko‘rsatilgan sohalardagi teri kasalliklari va yiringli jarayonlar teri ostiga dori quyishga
monelik qiladi.
«Sun’iy yo‘l bilan ovqatlantirish»da steril suv-tuzli eritmalar va 5% li glukoza eritmasi quyiladi. Organizmga yuboriladigan suyuqlik miqdori uning qanchalik ko‘p yo‘qotilishiga (siydik, axlat, qusuq massalari, teri bilan) bog‘liq, buni albatta nazarda tutish lozim. Yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini to‘ldirish va bunga qo‘shimcha ravishda bemor tanasining har bir kilogramiga 30–45 ml hisobida yoki kuniga taxminan 1500–2000 ml suyuqlik yuborish lozim. Organizmga zarur tuzlarning minimal miqdori: kuniga 4 g natriy xlorid, 2 g kaliy xlorid, 1 g kalsiy xlorid. Bir joyga
500 ml dan ko‘p suyuqlik yuborish mumkin emas, katta miqdorda suyuqlik quyish natijasida to‘qimalar mexanik shikastlanib halok bo‘lishi mumkin. Тeri ostiga yuborilgan steril suyuqlik yaxshiroq so‘rilishi uchun uni 40°C gacha ilitiladi. Quyish vaqtida suyuqlik sovib qolmasligi uchun idishga isitgich osib qo‘yiladi va igna bilan tutashtirilgan naycha ikkita isitgich orasiga joylanadi.
Тeri ostiga suyuqlik quyishning tomchilab yuborish usuli birmuncha qulaydir, buning uchun maxsus flakon va qon quyishga ishlatiladigan tomizg‘ichli naychalar tizimidan foydalaniladi. Suyuqlik quyish sistеmasini tayyorlash vеnaga dorilarni tomchilab yuborish mavzusidagi kabi tayyorlab olinadi va qo‘lqoplar kiyiladi. Dori quyiladigan joy terisining taxminan 20x25 sm qismiga 2% li yodning spirtdagi eritmasi surtiladi va ignani teri ostiga kiritiladi. Ignadan qon ko‘rinmayotgani tekshiriladi va shundan keyingina, uni sistemaning kanyulasiga ulanadi. Vintli kalit ochilib uning yordamida tomchilar tezligi tartibga solinadi. Quyish tezligini hisoblab chiqarish uchun yuborishga mo‘ljallangan suyuqlikning miqdorini daqiqalar bilan hisoblanadigan vaqtga taqsimlash kerak. Unda bir daqiqada yuborilishi lozim bo‘lgan millilitrlar miqdori hosil bo‘ladi. 1 ml suvda 20 tomchi bo‘lishini bilganimiz holda bir daqiqada necha tomchi yuborilishini hisoblaymiz. Masalan, 500 ml ni 3 soat ichida yuborish kerak bo‘lsa, bu holda 500 ni 180 daqiqaga taqsimlaymiz va 2,8 ml yoki 56 tomchini hosil qilamiz. Suyuqlikni quyib bo‘lgandan so‘ng sistema tashlab yuboriladi.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish