Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Dori moddalarini parenteral yuborish



Download 7,6 Mb.
bet158/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Dori moddalarini parenteral yuborish


Dori moddalarini parenteral yuborishning asosiy afzalligi yuborishning tezligi va dozaning aniqligidadi2r4.9Inyeksiya deb, dori moddalarini shpris yordamida teri orasiga, teri ostiga, mushakka, va boshqa sohalarda yuborishga aytiladi. Bu usul aseptika qoidalariga rioya qilishni talab etadi. Aks holda organizmga kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar tushib, infeksion asoratlar rivojlanishi, bu esa ba’zan o‘lim bilan tugashi mumkin. Shuning uchun tibbiyot hamshirasi asboblarni sterillashdan oldin tayyorlash, o‘z qo‘llari va bemor terisiga qayta ishlov berishi, dori moddalarini parenteral yuborish, eng muhimi esa antiseptika qoidalari – jarohatlarni infeksiya qo‘zg‘atish ehtimoli bo‘lgan mikroorganizmlardan asray bilishi, unyeksiya qilayotganida stеril qo‘lqoplarini kiyib olishi kerak. Inyeksiyalar uchun shprislar va ignalardan foydalaniladi. Shpris ichi bo‘sh silindrdan iborat bo‘lib, bir uchida igna qo‘yiladigan konusi bor, ikkinchi uchi porshen kiritish uchun ochiq qoladi, porshen dastali sterjenga o‘rnatilgandir. Ba’zan silindrda porshenni mahkam ushlab turish uchun olib qo‘yiladigan qopqoqcha bo‘ladi. Silindrda porshenni tortish manfiy bosimni vujudga keltiradi, natijada shprisga uchlik yoki ichi bo‘sh igna orqali havo
yoki to‘ldiradigan suyuqlik so‘rib olinadi. Porshen bosilganda havo yoki suyuqlik shprisdan otilib chiqadi. Shpris germetik bo‘lishi ya’ni silindr bilan porshen orasidan havoni ham, suyuqlikni ham o‘tkazmasligi lozim, aks holda u yaroqsiz hisoblanadi. Porshen silindrda bemalol surilishi, uning devorlariga zich taqalib turishi kerak. Germetikligini tekshirish uchun silindr konusini chap qo‘lning 2-barmog‘i bilan zich qilib bekitish, o‘ng qo‘l bilan esa porshenni silindrdan tortish lozim. Agar shpris germetik bo‘lsa, bu holda porshen dastlabki holatni egallaydi. «Rekord» shprisi bir uchiga zanglamaydigan metalldan yasalgan voronka zich mahkamlangan shisha silindrdan iborat. Silindrning ikkinchi uchida xuddi shunday metall gardishi bor. Kalta metall silindr porshen silindriga mos qilib ishlangan, bu yaxshi germetiklikni ta'minlaydi. Porshenga metall sterjen burab qo‘yiladi, uning yassi dastasi ham bo‘ladi. Maxsus shprislar kichik sig‘imli bo‘lgani holda toraytirilgan va uzunlashtirilgan silindrga ega, shu tufayli unda 0,02 va 0,03mg ga mos keladigan bir-biridan uzoqroq va aniq qilib belgilangan chiziqchalari bo‘ladi. Bu insulin, vaksinalar va zardoblar, kuchli ta’sir qiladigan vositalarni birmuncha aniq dozalarda yuborish imkonini beradi. Hozir bir marta ishlatishga mo‘ljallangan shprislar qo‘llaniladi. Ular plastmassadan qilinib, fabrika sharoitida sterillanadi. Shprisni qo‘llashda ignani bekitib turgan qalpoqchani burab, uni shpris korpusi oxirigacha suriladi, unda igna mandreni bilan uning kanalini bekitib turgan membranasi teshiladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda burash bilan qalpoqchani mandren bilan olinadi va ignani yuqoriga ko‘tarib, korpus devori ignadan havo chiqib ketguncha bosiladi. Igna sanchish vaqtida korpusni qattiqroq bosib dori yuboriladi. Bunda ignaga qo‘l tekkizish mutlaqo mumkin emas. Lyuer shprislari kamroq ishlatiladi. Bu shprisni porshen va silindri shishadan tayyorlangan. Lyuer shprislarining sig‘imi 1–20 ml. Shpris qaynatilganda yaxshi sterillanadi, biroq uning germetikligi tezda buziladi. Bundan tashqari maxsus shpris – tyubiklar ham mavjudki, ular shoshilinch va favqulodda holatlarda ishlatiladi. Shpris-tyubik ignasiga o‘rnatilgan g‘ilof olinib inyeksiya qilinadigan joy tozalangach igna sanchiladi va shpris-tyubikning tanasi qisiladi. Buning natijasida dori vositasi tegishli joyga yuboriladi.
Inyeksiyalar uchun ignalar bo‘sh metall naychali, bir uchi qiyshiq kesilgan va o‘tkir qilingan, ikkinchi uchiga mufta mahkamlangan bo‘lib, bu shpris uchligiga zich yopishib turishi kerak2,50shundagina unga havo kirmaydi. Igna oddiy zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. Тurli xil inyeksiyalar uchun turli xil ignalar mavjud:

  1. venaga dori quyish uchun – uzunligi 5–6 sm, bo‘shlig‘i 0,3 dan 0,5 mm gacha ignalardan foydalaniladi;

  2. teri osti inyeksiyalari uchun – uzunligi 3– 4 sm, bo‘shlig‘i 0,5 dan 1 mm gacha bo‘lgan;

  3. mushak orasiga inyeksiya qilish uchun –uzunligi 8–10 sm, bo‘shlig‘i 0,8 dan 1,5 mm gacha bo‘lgan ignalar ishlatiladi.

Shpris va ignalarni ehtiyotlash zarur, ularni quruq va bo‘laklarga ajratilgan holda metall g‘iloflarda saqlash mumkin. Shpris yig‘ishdan oldin hamshira qo‘lini iliq suvda sovunlab cho‘tka bilan yaxshilab yuvishi, so‘ngra sterilligi buzilmasligi uchun qo‘lini sochiqqa artmay turib, spirt surtishi lozim, shundan so‘ng stеril qo‘lqop kiyadi. Тibbiyot hamshirasi qo‘llari bilan boshqa narsalarni ushlamasligi kerak. Inyeksiyalardan oldin bemor terisini ham yaxshilab tayyorlash zarur. Buning uchun
spirtga ho‘llangan tampon bilan terini inyeksiya qilinadigan qismi artib chiqiladi. Shpris, igna va bemor badani terisini to‘g‘ri tayyorlashning ahamiyati nihoyatda katta. Bunda eng muhimi – aseptika qoidalariga amal qilishdir.
Qaynatilgan shpris sovib bo‘lgandan so‘ng yig‘iladi. Sterillangan ashyolarni steril pinsetlar bilan olish kerak, hatto toza yuvilgan qo‘llar bilan ham bemor badaniga tegmaydigan qismlarnigina ushlash mumkin. Ignaga qo‘l tekkizish mumkin emas.
Shpris quyidagicha yig‘iladi: chap qo‘l bilan pinsetda silindr olinadi, o‘ng qo‘ldagi pinset bilan porshen boshchasidan ushlanadi, aylanma harakat bilan silindr teshigiga kiritiladi va oxirigacha suriladi. Porshen chiqib ketmasligi uchun barmoq bilan ushlab turiladi. O‘ng qo‘ldagi pinset bilan igna muftasidan ushlab, uni silindr uchiga o‘rnatiladi va yaxshilab mahkamlanadi. Muftani 2 ta barmoq bilan ushlab turib, igna orqali havo yoki steril eritma o‘tkazish bilan uning o‘tkazuvchanligi tekshiriladi. Shundan so‘ng shpris ishlatishga tayyor hisoblanadi. Shprisni to‘ldirishdan oldin yuboriladigan dori ampulasi yoki flakondagi yozuvni o‘qish, uning tiniqligiga ishonch hosil qilish va yaroqlilik muddatini tekshirib olish kerak. Ampuladan shprisga dori olish uchun uni chap qo‘l bilan tutib turiladi va igna bo‘g‘zi sindirilgan ampula ichiga kiritiladi. O‘ng qo‘l bilan porshenni tortib (chap qo‘lning ikkinchi barmog‘i bilan ampulani tutib turiladi) unga ampuladagi dorini so‘rib olinadi. Ampuladan dori olinayotganda igna uchi ampula tashqi devorlariga tegib ketmasligiga harakat qilish kerak, chunki ampulaning sirtqi tomoni yetarlicha steril bo‘lmaydi. Bo‘sh ampulani inyeksiya vaqtigacha ignada qoldirish juda qulay, bu ignaning sterilligini saqlaydi va kerak bo‘lsa dori nomini takror tekshirib ko‘rishga hojat qolmaydi. Agar steril dori flakonda bo‘lsa, uning yozuvini o‘qib va tiniqligiga ishonch hosil qilgach, flakonni bo‘g‘ziga qo‘l tekkizmay (sterilligini yo‘qotmasligi uchun), ignani ichiga kiritiladi va shprisga dori moddasi tortib olinadi. Ignani kiritishda uni flakonning tashqi devoriga tekkizmaslik kerak. Fabrikada ishlab chiqarilgan steril dorili flakonlar rezina tiqin bilan bekitilgan va metall qopqoqcha bilan mahkamlangan bo‘ladi. Flakonning sirtqi yuzasi sterillanmagan bo‘lsa, inyeksiyadan oldin spirtga namlangan steril paxta sharcha bilan flakon qalpoqchalari artiladi va qalpoqcha gardishi steril pinsetda olinadi, tiqinning ochilgan qismi spirt bilan artiladi. Yo‘g‘on igna kiydirilgan shprisga dori eritmasi miqdoriga baravar hajmdagi
havo tortiladi, so‘ng2r5a1 rezina tiqinni teshib, igna bir oz ichkariga kiritiladi va
flakonga havo yuboriladi. Flakon tubini yuqoriga ko‘tarib va unga ignani vaziyatini avvalgicha qoldirib, dori eritmasi tortib olinadi. Quruq dorili flakonlarga ham shunday havo va muayyan miqdorda steril erituvchi yuboriladi, hosil bo‘lgan eritmani yoki aralashmani bir necha marta silkitiladi va shprisga tortib olinadi, flakonda bir miqdor eritma bo‘lsa, ignani chiqarib olish, bir necha miqdor bo‘lsa, u orqali eritmaning keyingi ulushini olish uchun igna flakonda qoldiriladi, inyeksiya tiqinni teshishga ishlatilgan igna bilan emas, boshqasi bilan qilinadi.
Bemor muolaja xonasida bo‘lsa, inyeksiyaga kirishish mumkin, bordiyu, palatada bo‘lsa, to‘ldirilgan shpris ignasi bo‘sh ampulaga kiritilib steril lotokka qo‘yiladi, unga yana spirt shimdirilgan bir necha steril doka salfetka solinadi, lotok ustiga steril doka salfetka yopib palataga olib kiriladi.
Inyeksiyadan keyin shpris bilan igna o‘sha zahoti oqar suv tagida yuviladi va uni ishlatilgan asboblar uchun ajratilgan idishga qo‘yiladi. Ikkita yoki bir nechta
inyeksiya qilish uchun birgina shprisdan foydalanish va ikkita preparat inyeksiyasini bitta igna bilan galma-gal qilish mumkin emas, turli dori eritmalarini bir shprisda aralashtirish hamda shifokor ruxsatisiz ularni bir vaqtning o‘zida yuborish qat’iyan man qilinadi. Anafilaktik shok va zardob kasalligi kabi allergik reaksiyalarning oldini olish uchun zardoblar (qoqsholga va difteriyaga qarshi) yuborishda maxsus qoidalarga amal qilish shart. Avvalo sezuvchanlikni tekshirish uchun teri ichiga sinama qilinadi: 0,1ml zardob teri ostiga yuboriladi va bir soat davomida kuzatiladi. Sinama manfiy bo‘lsa, ya’ni bemorda shu zardobga ortiqcha sezuvchanlik aniqlanmasa, bu holda hammaga ma’lum Bezredko usulidan foydalaniladi: teri ostiga 0,2 ml zardob kiritiladi. Zardob ilitilgan holda yuboriladi. Zardoblar yopishqoq bo‘lgani sababli shprisga yo‘g‘on ignada olish kerak. Zardob yuborilgan zahoti, igna va shprisni zardob qoldiqlaridan tozalash uchun yaxshilab yuvish (efir bilan yuvish) va qaynatish zarur. Inyeksiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda bemor bilan gaplashib, unga inyeksiyaning og‘riqsiz o‘tishini, dori shunday usulda yuborilganda ta’siri kuchli bo‘lishini va u tezda sog‘ayib ketishini aytib, uni chalg‘itib turish kerak. Ayni vaqtda bemorning xatti-harakatlarini boshqarish, uning qanday yotishi va qanday nafas olishi kerakligini tushuntirish lozim.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish