Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Dori moddalarini enteral yo‘l bilan yuborish



Download 7,6 Mb.
bet157/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Dori moddalarini enteral yo‘l bilan yuborish


Dorilarni og‘iz orqali qo‘llash – per os,
– to‘g‘ri ichak orqali – per rectum va
til ostiga qo‘yib – sub lingua ichga kiritiladi. Bu usulning hammasi mahalliy, rezobtiv va reflektor ta’sir qilishi mumkin. Dorilarni og‘iz orqali kiritish usuli eng ko‘p qo‘llanadi. Bu usulning afzalligi shundaki, unda sodda dorilarni turli-tuman shakllarda va nosteril holda kiritiladi.
Kamchiligi quyidagilardan iborat:

    1. dori moddalari umumiy qon aylanish doirasiga asta-sekin tushadi (me’daning to‘liqlik darajasiga, ovqat sifatiga, dorining so‘rilish xususiyatlariga qarab); me’da shilliq pardasi orqali so‘rilishi sekin boradi va yog‘da eruvchan moddalargina so‘riladi, dorilar asosan ichaklarda so‘riladi;

    2. dori ovqat moddalari bilan o‘zaro ta’sir qilishi (adsorbsiya, erish, kimyoviy reaksiyalar) natijasida me’da va ichak shiralari hamda jigardagi kimyoviy jarayonlar ta’sirida o‘zgaradi (parchalanishgacha borib yetadi);

d) so‘rilish tezligi va so‘riladigan modda miqdori noma’lum bo‘lganda qon va to‘qimalarda dorilarning qanday konsentratsiyada ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. Mana shu noo‘rin ta’sirlarni kamaytirish uchun dorilar ovqatdan oldin ichiladi (me’da shilliq pardasini ta’sirlantiradigan dorilardan tashqari), dori kapsulaga joylanib me’da shirasi ta’siridan himoya qilinadi yoki o‘n ikki barmoq ichakka zond orqali kiritiladi. Og‘iz orqali dorilarni kukun dori, xabdori, (tablеtka) pilyulalar, damlamalar (suv va spirtdagi), ekstraktlar, miksturalar (aralashmalar) ko‘rinishida ichiriladi. Тibbiyot hamshirasi dorini bemor tilining ildiziga qo‘yadi va ichib yuborish uchun suv beradi. Bolalar kukun va xabdorini hamma vaqt ham ichavermaydilar, shunga ko‘ra bu dorilarni maydalab yoki suvda eritib ichirish zarur. Spirtdagi nastoykalar va ayrim eritmalar tomchilab beriladi. Тomchilarni tomizg‘ichdan yoki maxsus moslamali flakonning o‘zidan sanab tomiziladi. Qabul qilishdan oldin tomchilarni ozroq suvda suyultiriladi va suv bilan ichiladi. Тomchini sanashda yanglishib ketilsa, dorini to‘kib tashlash (flakonga emas), menzurkani chayish va necha tomchi kerak 2b48o‘lsa, qayta tomizish kerak. Hisoblash uchun 1 g suvda 20 tomchi, 1 g spirtda 65 tomchi, 1 g efirda 85 tomchi bo‘lishini bilish kerak.
Dori moddalarining ta’siri tеzroq yuzaga chiqishini ta’minlash uchun (ayniqsa, yurak xurujlari vaqtida) til ostiga qo‘yishdan foydalaniladi. Chunki til ostida joylashgan tomirlar to‘ri yurak tomirlari bilan yaqindan aloqada ekanligi va so‘rilish tеz amalga oshishi oshqozon fеrmеntlari ta’siriga uchramasligi natijasida kutilgan natija tеz ko‘riladi. Tablеtka, kapsula va eritma holidagi dorilar til ostiga qo‘yilib, maydalanib to‘liq so‘rilgunicha ushlab turiladi. Eritma holidagi dorilar (validol, nitroglitsеrin) bir chaqmoq qandga tomiziladi va til ostida so‘rilib kеtguncha saqlanadi. Kapsula shaklidagi dori (nitroglitsеrin)ni tishlar bilan maydalab eziladi va til ostida tutib turiladi. Dorilarni to‘g‘ri ichak orqali yuborishning afzalligi shundaki, ular tez so‘riladi va dozasi aniq bo‘ladi. Dori fermentlar ta’siriga uchramaydi, chunki to‘g‘ri ichakda fermentlar bo‘lmaydi va dori jigarni chetlab o‘tib, so‘rilib pastki gemorroidal venalar orqali bevosita pastki kovak venaga tushadi. Bundan tashqari, bu usul
dorini og‘iz orqali qabul qila olmaydigan: qusadigan, qizilo‘ngachda ovqat tutilib qoladigan, yuta olmaydigan, jumladan hushsiz yotgan, dori ichishdan bosh tortadigan (ruhiy xastalar), besaranjom va alahlab yotgani uchun dori icha olmaydigan, inyeksiya qilish ham qiyin va xavfli bo‘lgan bemorlarga dori yuborish imkonini beradi. Bunday hollarda besaranjomlikni bartaraf etish uchun tinchlantiruvchi vositalarni dorili huqna (masalan, xloralgidrat eritmasi) orqali yuborish mumkin.
Тo‘g‘ri ichakda fermentlar bo‘lmasligi bu usulning kamchiligi sanaladi, chunki tarkibi jihatidan oqsil, yog‘ va polisaxaridli bo‘lgan dorilar ichak devori orqali fermentlar ishtirokisiz kira olmaydi va ularni faqat mahalliy ta’sir qilish jihatidan qo‘llash mumkin. Тo‘g‘ri ichakka yuborish uchun shamchalar va dorili huqnalardan foydalaniladi.
Yutinishi buzilgan, tinmay qusadigan, alahlab va behush yotgan bemorlarga dori moddalarini to‘g‘ri ichakka shamchalar holida yuborgan ma'qul, chunki gemorroidal venalar ayrim dori moddalarni yaxshi so‘radi. Shamchalar silindirik shaklga ega bo‘lib, uchi konussimon. Ular kakao moyida tayyorlanib, turli dori preparatlari bilan aralashtiriladi. Shamchalarni muzlatgichda yoki salqin joyda saqlash lozim. Ular to‘g‘ri ichakka kiritiladi, shu yerda erib, shilliq pardani o‘rab oladi. Shamchalardagi dori moddalar shilliq pardaga mahalliy ta’sir qiladi yoki qonga so‘rilib organizmga umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Shamcha kiritishdan oldin tozalash huqnasi qilinadi. Shamchani orqa chiqaruv teshigiga kiritish uchun bemor oyoqlarini qorniga tortib, yonboshi bilan yotishi lozim. Hamshira qo‘llarini yuvib qo‘liga qo‘lqoplarini kiyadi va shamchani ochadi, chap qo‘li bilan bemor dumbalarini kerib, o‘ng qo‘li bilan shamchaning ingichka uchini to‘g‘ri ichak tashqi sfinkterining ichkarisiga kiritadi, aks holda sfinkter muskullarining qisqarishi natijasida, shamcha tashqariga chiqib ketishi mumkin. Shamchani qo‘lda uzoq tutib turish mumkin emas, chunki u tezda erib ketadi. Shamcha kiritilgandan so‘ng hamshira bemor dumbalari orasiga paxta bo‘lakchasini qo‘yadi, bemor esa bir necha daqiqa o‘rinda qimirlamasdan yotishi kerak. Muolajadan so‘ng qo‘lqoplar yеchiladi va bеmor kuzatib turiladi.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish