O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi
Toshkent Davlat Transport Universiteti
Kafedra: Ko’priklar, Tonellar va Yo’lo’tkazgichlar
Fanning nomi: Ko’priklar, tonellar va yo’lo’tkazgichlarni loyihalash, qurish va eksplotatsiya qilish
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Temirbeton tayanchlar kesimlarini hisoblash
Bajardi: Halilov Jahongir 620-19 guruh
Tekshirdi: Ergashev A.
Toshkent-2022
Reja:
Kirish
Temirbeton tayanchlar kesimlarini hisoblash
Xulosa
Кirish
O‘zbekiston Respublikasi temir va avtomobil yo‘llari, ayniqsa oxirgi yillarda, jadallik bilan rivojlanib bormoqda va dunyo transport logistika tizimining asosoy xududiy qismiga aylanmoqda. Ushbu transport magistrallarining qurilishi ko‘plab sun’iy inshootlarning, shu jumladan, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlarni va boshqa muhandislik qurilmalarini bunyod qilishni taqazo etadi.
Temir va avtomobil yo‘llaridagi insho etilgan ko‘priklarning 70-80% ni qurishda temirbeton qo‘llanilgan bo‘lib, u hozirgi paytgacha o‘zining texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha asosiy konstruksion materiallardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada temirbeton ko‘priklarning turli oraliq qurilmalari, temirbeton va metall ko‘priklarning turli konstruksiyaga ega bo‘lgan tayanchlari hisoblarining ketma-ketligi va ayrim o‘ziga hos xususiyatlari bayon etilgan. Qo‘llanmada keltirilgan oraliq qurilmalar va tayanchlarning konstruksiyalari talabalarga hisob-kitoblar uslublarining turli-tumanligini ko‘rsatish maqsadida tanlab olingan. Kurs bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirib olgan talaba hisoblar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar jadvallar ko‘rinishida keltirilgan ushbu o‘quv qo‘llanmadan xech qiynalmasdan foydalana oladi. O‘quv qo‘llanmada keltirilgan hisobkitoblar misollari O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan ShNQ 2.05.03-12 “Ko‘priklar va quvurlar” normalariga asoslanadi
Hisoblarning zamonaviy uslublari ko‘priklarga ta’sir etayotgan yuklarning ko‘p sonli birikmalarini, inshootlarning fazoviy ishini, darzlar paydo bo‘lishini, plastik va harorat diformatsiyalarini, mahalliy yuklarni inobatga olishni talab etadi. Oraliq qurilmalar va tayanchlar konstruksiyalari hisoblarini aniq ,fazoviy uslublar bilan amalga oshirish kompyuter dasturlarini qo‘llashni taqazo etadi. Lekin, ayni paytda, ularning qo‘llanishi xech qachon ushbu konstruksiyalarning taxminiy hisob-kitoblari roli va ahamiyatini kamaytirmaydi. Kompyuter dasturlari yordamida amalga oshirilgan hisoblarni ma’lum bir darajada tekshirib ko‘rish uchun loyihachi hisob-kitoblarni an’anaviy uslublarda amalga oshirishni bilishi albatta zarurdir
Ushbu o‘quv qo‘llanma 8 bobdan va ilovalardan iboratdir. Birinchi va ikkinchi boblarda ko‘priklarni loyihalash ishlarining ketma-ketligi, konstruksiyalashning umumiy masalalari, variant loyihalashda ishlar xajmini aniqlash keltirilgan.
Uchinchi bobda temirbeton ko‘priklar konstruksiyalarini hisoblash haqida umumiy ma’lumotlar, ularni hisoblashning chegaraviy holatlar uslubi bayon etilgan, materiallarning xarakteristikalari keltirilgan.
To‘rtinchi bobda avtoyo‘l temirbeton ko‘prigining oraliq qurilmalarini hisoblash misollari keltirilgan.
Beshinchi, oltinchi, ettinchi va sakkizinchi boblarda temiryo‘l va avtoyo‘l ko‘priklarining tayanchlarini hisoblash uslublari bayon etilgan va bir qancha hisoblash misollarida yoritilgan. Ushbu misollarda temiryo‘l va avtoyo‘l ko‘priklarining oraliq va chetki tayanchlaridagi zo‘riqishlarni aniqlash, tayanchlar kesimlarini mustahkamlikka, turg‘unlikka hisoblash, tekis va chuqur siljishga qarshi tekshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘quv qo‘llanmaning ilovasida hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan ma’lumolar jadval ko‘rinishida keltirilgan bo‘lib, bu hisoblarni amalga oshirish paytida boshqa adabiyotlardan foydalanishga zarurat tug‘dirmaydi.
Temirbeton tayanchlar kesimlarini hisoblash
Agar temirbeton elementning egiluvchanlik xarakteristikasining qiymati 35 0 i l bo‘lganda armaturalash koeffitsienti 0,1 dan kichik bo‘lmasa yoki i l 0 ning qiymati 35 dan katta bo‘lganda 0,2 dan kichik kichik bo‘lmasa tayanchlar temirbeton kabi hisoblanadi.
Hisobiy eksssentrisitetining qiymati es ≤ r bo‘lgan, markazdan tashqari siqilgan temirbeton elementlar turg‘unlikka va mustahkamlikka tekshiriladi, agar es > r bo‘lsa faqatgina mustahkamlikka tekshiriladi. Har ikki holat uchun hisoblarning ketma-ketligi 7.4 va 7.5 – rasmlarda keltirilgan. Markazdan tashqari siqilgan temirbeton elementlar shakl turg‘unligiga (agar armatura beton bilan tishlashgan bo‘lsa) quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi:
Markazdan tashqari siqilgan temirbeton elementlar shakl turg‘unligiga (agar armatura beton bilan tishlashgan bo‘lsa) quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi:
bu yerda A's — oldindan zo‘riqtirilmagan siqilgan barcha armaturaning kesim yuzasi (7.6-rasmga qarang)
Rsc — oldindan zo‘riqtirilmagan armaturaning siqilishga bo‘lgan hisobiy qarshiligi; bizning holatda Rsc armaturaning cho‘zilishga bo‘lgan hisobiy qarshiligi Rs ga teng ;
Ab — element kesimining to‘la yuzasi; agar A's > 3% bo‘lsa (7.28) formulada Ab ni Ab - A's ga almashtiramiz;
φ — bo‘ylama egilish koeffitsienti, quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Temirbeton elementlar uchun φm va φl ning qiymatlari 7.4-jadvaldan qabul qilinadi.
Eslatma: Agar es ≤ r bo‘lsa mustahkamlik bo‘yicha hisoblash talab etilmaydi
Armatura beton bilan tishlashgan bo‘lganda (agar es ≤ r bo‘lsa) markazdan tashqari siqilgan temirbeton tayanchlarni mustahkamlikka tekshirish quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
(7. 28) da bo‘lgani kabi , A's > 3% bo‘lsa Ab ni Ab - A's ga almashtiramiz. Agar es > r bo‘lsa, yaxlit kesimli temirbeton tayanchning mustahkamligi quyidagi shart bajarilgandagina ta’minlanadi:
Bu yerda a' = a — armaturaning og‘irlik markazidan (7.6-rasmga qarang) kesimning cho‘zilgan (siqilgan) qirrasigacha bo‘lgan masofa;
h0 — kesimning ishchi balandligi (7.6 b – rasmga qarang);
b — kesimning kengligi
Armaturalash simmetrik bo‘lganda siqilgan zonaning balandligi x quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:
e0 — vertikal kuchning ekssentrisiteti, quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda h — kesimning balandligi; η koeffitsienti (7.10) formula bo‘yicha aniqlanadi
Ko‘ndalang kesimlari tavrli, ikki tavrli va qutisimon bo‘lgan, markazdan tashqari siqilgan temirbeton tayanchlarni (7.6a – rasm) mustahkamlikka hisoblashda mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
bu yerda hf ’ — qutisimon kesimda siqilgan gorizontal plitaning qalinligi. Tayanch kesimining siqilgan zonasi balandligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda b = b1 + b2 + b3 — qutisimon kesim devorlari qalinliklarining yig‘indisi;
Agar x ≤ hf ’ , x < 0 bo‘lsa (7.33), (7.34) formulalarda b = bf ’ .
Tayanchning kesimi halqasimon bo‘lsa va bunda halqaning ichki va tashqi radiuslarining nisbati r1 / r2 > 0,5 (7.6v - rasmga qarang) bo‘lsa, markazdan tashqari siqilgan bunday temirbeton tayanchlarni hisoblashda beton siqilgan zonasining nisbiy yuzasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin:
bu yerda As , tot — barcha bo‘ylama armatura ko‘ndalang kesimining yuzasi; A — halqasimon kesim betonining yuzasi;
Agar 0,15 < ξcir < 0,60 bo‘lsa mustahkamlik sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
bu yerda rs — armatura sterjenlari og‘irlik markazlaridan o‘tgan aylananing radiusi;
Agar ξcir ≤ 0,15 va ξcir ≥ 0,6 bo‘lsa halkasimon kesimning mustahkamligi ShNQ 2.05.03-12 bo‘yicha tekshiriladi.
Xulosa:
Temirbeton tayanchlar kesimlarini hisoblash
Agar temirbeton elementning egiluvchanlik xarakteristikasining qiymati 35 0 i l bo‘lganda armaturalash koeffitsienti 0,1 dan kichik bo‘lmasa yoki i l 0 ning qiymati 35 dan katta bo‘lganda 0,2 dan kichik kichik bo‘lmasa tayanchlar temirbeton kabi hisoblanadi.
Hisobiy eksssentrisitetining qiymati es ≤ r bo‘lgan, markazdan tashqari siqilgan temirbeton elementlar turg‘unlikka va mustahkamlikka tekshiriladi, agar es > r bo‘lsa faqatgina mustahkamlikka tekshiriladi. Har ikki holat uchun hisoblarning ketma-ketligi 7.4 va 7.5 – rasmlarda keltirilgan. Markazdan tashqari siqilgan temirbeton elementlar shakl turg‘unligiga (agar armatura beton bilan tishlashgan bo‘lsa) quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi:
Adabiyotlar
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент, “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 29 б.
2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 47 б.
3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 485 б.
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” ги ПФ-4947-сонли Фармони.
Foydalanilgan electron saytlar:
info@stroyprombeton.ru
http://www.kniga.es/
http://bestbridge.net/
http://www.allbridges.ru/
http://bestbridge.net/
http://www.mostow.ru/
http://onua.com.ua/pics/
Do'stlaringiz bilan baham: |