Kadrlar tayyorlanadigan


Amerika chirish kasalligi



Download 281,28 Kb.
bet66/76
Sana22.01.2022
Hajmi281,28 Kb.
#399265
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
Bog'liq
Asalarilarning ozuqa manbalari va ozuqasi 1 (3)

Amerika chirish kasalligi. Amerika chirish yopiq naslning yuqumli kasalligidir. Amerika chirish kasalligini larve batsillasi qo'zg'atadi. Bu mikrob juda chidamli siroplar hosil qiladi. Ular asalda quyosh nuri ta'sirida 4-6 haftagacha, qaynab turgan suvda 13 minut, 100° gacha qizitilgan mumda 5 kungacha saqlanadi. Quyosh nuri qurigan sporalarni ikki-uch kundan keyingina o'ldirishi mumkin. O'lgan va qurib qolgan lichinkalari bor mum inlardagi sporalar ximiyaviy moddalar ta'siriga yuqori darajada chidamlilik ko'rsatadi.

Kasallikning tarqalishi - kasallik manbai bu kasallangan lichinkalar va ularning jasadi. Shuningdek, zararlangan asal va pergadir. Kasallik oila ichida va kasal oiladan sog'lom oilalarga tarqalishi Evropa chirish kasalliginiki kabidir.

Kasallikning o'tishi - Amerika chirishi bahorda paydobo'lib, yozga kelib o'zining yuqori rivojlangan darajasiga yetadi. Avvalo, ba'zi mum inlardagi ayrim lichinkalar kasallanadi. Yopiq

yacheykalarda kasallanganlarini sog'lomlaridan ajratish juda qiyin, shuning uchun kasallikning dastlabki boshlanish davrini asalarichi payqamay qoladi. Kasallik kengroq tarqalgandan keyingina u ko'zga ko'rinadi. Kasal bo'lgan oilalar bunday vaqtda kuchsiz bo'lib, o'zining xonasini yaxshi qo'riqlay olmaydi, ayniqsa, tabiatdan olinadigan oziqa yetarli bo'lmay qolganda, o'zidan kuchli oilalar qilgan hujumini qaytara olmay qoladi.

Kasallikning belgilari - kasallik nasli bor mum inlarni tekshir- ganda aniqlanadi. Sog'lom asalari oilasida tuxumdan chiqqan nasi bir yoshda bo'lib inlaming hamma yacheykalarida bo'ladi. Amerika chirishi bilan zararlangan oilada mum inlarni bir xil joylarida har xil yoshdagi nasi joylashib, ayrim yacheykalar bo'sh bo'ladi. Yacheykalarning qopqoqlari, agar ichida kasallangan nasi bo'lsa, qiyshayib ichiga chiqib ketgan va teshilgan bo'ladi. Halok bo'lgan lichinkalar och qo'ng'ir yoki timqora rangda bo'ladi.Chirib yotgan lichinkalar eritilgan duradgorlik y elimining hidini beradi. Hali yaxshi qurib ulgurmagan lichinkalar tanasi yopishqoq, cho'ziluvchan massa bo'lib, bir necha santimetrgacha cho'zilishi mumkin.

Kasallik diagnostikasi - kasallik tashqi belgilari va patologik materialni laboratoriyada tekshirish natijalari asosida diagnoz qo'yiladi.

Davolash - asal yig'ish davom etayotgan bo'lsa kasallangan ari oilalari toza arixonaga ko'chiriladi, ichiga avvalo sun'iy mum inlar solib, ularga davolash siropi beriladi. Siropga Yevropa chirish kasalligida qo'llaniladigan preparatlar solinadi. Faqat sanazin preparati amerika chirish kasalligida ta'sir qilmaydi.

Kurash choralari - laboratoriyada Amerika chirish kasalligi tasdiqlangandan so'ng arixona va uning atrofi radiusi 5 km gacha bo'lgan masofaga karantin e'lon qilinadi. Davolash tadbirlari bilan bir qatorda arizorda Amerika chirish kasalligini yo'q qilish maqsadida kasallangan asalarilar solingan arixonalar, ular turgan joy, romlar va boshqa asalarichilik inventarlari yaxshilab dizenfeksiya qilinadi. Uyalar turgan joylami qayta kavlab 10 % li yangi so'ndirilgan ohak (1 m2 erga 11 hisobida) sepiladi yoki 3 % li kir sodasida yuviladi, quritiladi va kavsharlash lampasining o'ti bilan tekis qoramtir rangga kirguncha kuydiriladi yoki 20 % li kaustik soda potash aralashmasi bilan har 2 soatda ishlov beriladi.


Download 281,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish