Asalarining rivojlanishi. Yangi qo'yilgan tuxumning rangi oq,
uzunligi 1,5-1,6 mm bo'ladi. U mustahkam qobiq bilan o'ralgan.
Tuxumning ichida tuxum-hujayrasi, yadro va pushtning rivojlanishi
uchun zarur oziq bo'lgan sariq modda bo'ladi.
Tuxum holati 3 kun davom etib, mana shu vaqt ichida
pushtning kuchli rivojlanish davri kechadi. 3- kunning oxiriga
kelib, tuxum inchaning og'zi tarafdan pastga qarab sekin-asta egila boshlaydi. Asalarichilar 3 kunlik
tuxum lichinkaga aylanayotganini.
Ona asalarilarining rivojlanishi. Arilar ona arini alohida katta hajmdagi inchalar, ya'ni g'umbakda yetishtiradilar. Ko'chga chiqishga tayyorgarlik ko'rayotgan arilar ona ari g'umbagini katak mumpardalarning yon tarafiga ko'zga tashlanmaydigan joylariga g'umbakning asosiga kosacha quradilar (7-rasm). Tasodifan ona ari halok bo'lsa, ular ari inchasidagi 1-2 kunlik lichinkalardan inchaning og'zini kengaytirib yirik g'umbak tortib, o'zlariga ona ari yetishitirib chiqaradilar (8-rasm).
Ko'chga chiqish vaqtida arilar avval og'zi kichik incha tortib ona arining tuxum qo'yishiga sharoit yaratib beradilar, so'ngra inchani kengaytirib g'umbak tortadilar. Ona ari yetishtirishda arilar tuxumidan chiqqan lichinkani shunchalik ko'p sut ozuqasi bilan boqadilarki, u sut ichida suzib yurib, tez yetila boshlaydi. Ona ariga beriladigan sut boshqa arilarga beriladigan sutlardan kimyoviy tarkibi jihatidan farqlanadi. Ona arining lichinkasi 5,56 kun davomida faqat sut bilan boqiladi. Lichinkaning usti Asalari oilasida ishning taqsimlanishi. Arilar ish bajarishi bo'yicha asosan ikkiga bo'linadi: oila ichida ish bajaruvchi (1415 kunlik yosh arilar) va uchuvchi, ya'ni daladan sharbat, gulchang va suv tashib keltiruvchi arilar. Yosh arilar uya ichida bir vaqtning o'zida har xil ishlarni bajarishi mumkin. Inchadan endigina chiqqan yosh ari darrov ish bajarishga kirishmaydi. Ari kuchga kirguncha uni boshqa arilar boqib turadi. Yosh ari kuchga kirgandan keyin dastlab qiladigan ishi o'zi kesib chiqqan inchasining chetini tekislaydi, boshqa lichinkalar yetishtirilgan inchalarni tozalaydi va lichinkalarni boqishga kirishadi. Yosh arilarning sut bezlari va mum ishlab chiquvchi bezlari yaxshi rivojlangan bo'ladi. Oila ichida harorat 34-35 °C bo'lganda asalarining ovqat hazm qiladigan fermentlari oqsil, yog' va gulchanglarni yaxshi parchalaydi. Shu haroratda arilarning mum ajratuvchi bezlari yaxshi ishlaydi va ko'p mum ajratadi.
Agar oilada yosh arilar, lichinkalar ko'p bo'lsa, yosh arilar mumkataklarda o'tirib lichinkalarni sut bilan boqadilar. Agar oilada katta yoshdagi lichinkalar (uch kunlikdan katta) bo'lsa, u holda yosh arilar ularni gulchang va asal aralashmasi bilan boqadilar; yosh ishchi arilar katta yoshdagi lichinkali mumkatak romlar ustida turgan bo'lsalar, lichinkali inchalarning ustini yupqa mum parda bilan berkitadilar. Bundan tashqari bo'sh inchali romlarda ona ari tuxum qo'yishi uchun inchalarni tozalaydilar. Yosh ishchi arilar bo'sh vaqtlarida o'zlarining mum ajratish oynachalarida to'planib qolgan mum plastinkalarini mum tortuvchi ishchi arilarga uzatadilar. Shunday qilib, yosh ishchi ari oilada har qanday ishni bajaraveradi. 3-5 kunlik yosh arilar tashqariga uyasi turgan joy bilan tanishish uchun uchib chiqadi. Tanishish uchishlari vaqtida orqa ichaklarida to'planib qolgan axlatlarni ham chiqarib tashlaydilar. Uya bilan bir necha kun tanishadilar, shundan so'ng yosh arilar uya ichida lichinka- lamiboqishga kirishadilar.
Bir qancha yosh ari uyaning teshikchasini qo'riqlaydi. Shu turishda ular o'z uyalaridagi arilarni boshqa uya arilaridan ajrata oladilar. Uyani qo'riqlaydigan arilarning soni ari oilasining ahvoli va tabiatdan tashib keltirilayotgan sharbatga bog'liq. Qo'riqchi arilarning soni 10-40 ta bo'lishi mumkin. Arilarning rivojlanishi va yaxshi ishlashida tabiatdan tashib keltirilayotgan sharbatning miqdori katta rol o'ynaydi. Arilarning uya ichida ish bajarish davri oilada 14-15 kungacha, kuchsiz ari oilasida esa 20 kungacha davom etadi. Kuchli oilada agarda tabiatdan sharbat kelayotgan bo'lsa, yosh arilar 5 kundan keyin asta-sekin dalaga uchuvchi arilar, ya'ni daladan sharbat, gulchang, suv tashuvchi ari turlariga qo'shilib ketadi. Ularning o'rniga ona ari qo'ygan tuxumdan chiqqan yosh arilar qoladi va uya ichidagi ishlarni bajarishga kirishadi. . Bundan tashqari bo'sh inchali romlarda ona ari tuxum qo'yishi uchun inchalarni tozalaydilar. Yosh ishchi arilar bo'sh vaqtlarida o'zlarining mum ajratish oynachalarida to'planib qolgan mum plastinkalarini mum tortuvchi ishchi arilarga uzatadilar. Shunday qilib, yosh ishchi ari oilada har qanday ishni bajaraveradi. 3-5 kunlik yosh arilar tashqariga uyasi turgan joy bilan tanishish uchun uchib chiqadi. Tanishish uchishlari vaqtida orqa ichaklarida to'planib qolgan axlatlarni ham chiqarib tashlaydilar. Uya bilan bir necha kun tanishadilar, shundan so'ng yosh arilar uya ichida lichinka- lamiboqishga kirishadilar.
7-MAVZU: SUN’IY USULDA ONA ASALARI YETISHTIRISH UCHUN OTALIK, ONALIK VA TARBIYALOVCHI OILALARNING LICHINKALARINI ILMIY ASOSDA OZIQLANTIRISH
REJA
Yotoq uyalar.
Ikki qavatli uyalar.
Ko'p qavatli uyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |