K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan’anaviy usullari



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
6.5. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan’anaviy usullari 
Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi usullari, 
ya’ni noan’anaviy moliyalashtirish usullari 
(
sindikatli kreditlash, seleng, 
venchurli moliyalashtirish va boshqalar) keng tarqalmoqda. Investitsiya 
loyihalarini 
moliyalashtirishning 
noan’anaviy 
usullaridan 
biri 
bu 


128
sindikatlashtirilgan kreditdir. 
Sindikatlashmoq – sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, 
investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini 
birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy 
xususiyati shundan iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, 
moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‘liq risklarning 
ishtiroki kreditorlar (banklar) o‘rtasida taqsimlanishidadir. 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin 
bo‘lgan kreditlar loyihaviy moliyalashtirishga kiradi. Sindikatsiyalashtirilgan 
kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini 
birgalikda kreditlash tushuniladi. 
Sindikatlashgan kreditlash G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida o‘tgan asr 80-
yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida 
foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz 
to‘lovlariga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining 
yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi. 
Dastlab, sindikatlashgan kreditlash jahon bozorida unchalik ko‘p bo‘magan 
Amerika, Kanada, Germaniya va Yaponiya banklari tomonidan qo‘llana 
boshlandi. Bir muncha vaqt o‘tib, Shimoliy dengizda neft va gaz qazib olishning 
keskin rivojlanishi natijasida ular qatoriga Buyuk Britaniya tijorat banklari ham 
qo‘shildi. Keyinchalik Fransiya, Shveytsariya, Gollandiya, Belgiya, Italiya va 
boshqa mamlakatlar banklari sindikatlashgan kreditlashning jahon bozorida faol 
ishtirok eta boshlashdi. 
XX asr 90-yillarining birinchi yarmida jahon xo‘jaligi rivojlanishi uchun 
xos bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari sindikatlashgan kreditlashga 
katta talabni vujudga keltirdi. Bu talab, eng avvalo, rivojlanayotgan bozorlarga 
tegishli edi. XX asr 90-yillarning oxirlariga kelib, Osiyo davlatlari loyihaviy 
moliyalashtirishning jahon bozorida birinchilikni yo‘qotishdi va yetakchilikni 
yana AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlari egallashdi. Biroq oxirgi yillarda 
Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari inqiroz zarbalaridan o‘zini o‘nglab olgach, 
yana xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga iqtisodiy o‘sishning yuqori 
templarini ta’minlashga harakat qilishmoqda. Bunday davlatlar qatoriga, eng 
avvalo, Xitoy, Indoneziya, Fillippin, Malayziya kabi Osiyo davlatlarini va 
Sharqiy 
Yevropa 
davlatlarini 
kiritishimiz 
mumkin. 
Bu 
davlatlarda 
investitsiyalash templari oxirgi 2-3 yil ichida ancha sezilarli bo‘lib bormoqda. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda sindikatlashgan kreditlashning 
turli shakl va sxemalari asosida amalga oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib, 
sindikatlashgan kreditlashning “sof” namunasi bo‘lgan Buyuk Britaniyani 


129
Yevropa kontingenti bilan bilashtiruvchi “Yevrotunnel” loyihasini keltirishimiz 
mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz 
xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan.
Sindikatlashgan kreditlashning globallashuv xususiyatini hisobga olib, 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va Jahon banki (JB) tomonidan 
rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy boyliklarni qayta ishlash bilan bog‘liq 
yirik investitsiya loyihalarini, shuningdek, kapital taqchilligi mavjud bo‘lgan 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qator loyihalarni moliyalashtirish uchun keng 
foydalanilayotganligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Investitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishda ko‘pchilik 
loyihani moliyalashtirishning sindikat kreditlari shakliga zarurat sezmoqda. 
Bunda kredit bitimi shartlarini tashabbuskor bank o‘rnatadi va u boshqa 
banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif etadi. 
Sindikatlashgan kredit bo‘yicha foiz summasi qoidaga ko‘ra suzib yuruvchi 
stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered Rate 
– Londondagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavka) stavkasini olishadi va 
unga bank marjasi qo‘shiladi. 
Investitsiya loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) nuqtayi 
nazaridan moliyalashtirish muddatini va obyektni qurish (yaratish) vaqtini 
kelishib olish muhimdir. Obyektni ishlab chiqarish quvvatlariga yetkazish va 
ishlash muddatining amalga oshirilishi investitsiya loyihasini moliyalashtirish 
vaqti (muddati)ni shakllantiradi. 
Xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Yevropa banklari tomonidan 
qo‘llaniladigan kreditlashtirishning maksimal muddati 10-15 yilni tashkil qiladi. 
AQShda esa bu muddat kamroq 7-12 yil. Agar loyihani moliyalashtirish 
muddati yetarlicha bo‘lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real 
imkoniyatlariga o‘zgartiriladi. 
Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi 
darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank 
sindikati – sindikatsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq 
banklar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lib, bunda yetakchi bank 

sindikatsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga 
ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan 
qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘iga xizmat 
ko‘rsatuvchi bank hisoblanadi. 
Sindikatsiyalashtirilgan kreditni bir necha xususiyatlariga ko‘ra turkumlash 
mumkin. Masalan, sindikatning amal qilish muddati bilan bog‘liq holda, 
sindikatsiyalashtirilgan kreditlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 

vaqtinchalik, ya’ni bitta yirik investitsion loyihani moliyalashtirish uchun 


130
tashkil etilgan; 

doyimiy harakatdagi, paritet asosida banklar ta’sis etadi. 
Ta’minlanganlik nuqtayi nazaridan, sindikatsiyalashtirilgan kreditlar 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 

ta’minlangan, ya’ni qarz oluvchi likvidli garov yoki kafolatni taqdim 
etish mumkin. Bundan tashqari, yuqori reytingga ega bo‘lgan yirik 
kompaniyalarning kafilligi yoki ular tomonidan qo‘yilgan garovni ham keltirish 
mumkin; 

ta’minlanmagan, ya’ni bu butunlay boshqacha bo‘lib, bu yerda 
kreditorning riski bevosita qarz oluvchining biznesi bilan bog‘liqdir. Bunday 
kreditlar yuqori reyting ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan va ishonchli 
kompaniyalarga beriladi. Alohida bitta kreditor risk darajasi unchalik yuqori 
bo‘lmagan summadagi kreditni berish mumkin. Lekin bu kredit summasi riski, 
odatda, shu summadagi kredit risklaridan yuqoridir. Demoqchimizki, har qanday 
sindikatlashda qarz oluvchi pul mablag‘larini har bir kreditorga teng ulushlarda 
qaytaradi. Agar qarz oluvchi umumiy summasining 50 foizini qaytarsa, har bir 
kreditor ham o‘zi qo‘shgan ulushning 50 foizini qaytarib oladi. Shunday qilib, 
kreditorning individual riski umumiy risk bilan bog‘liqdir. Ya’ni, kreditor qarz 
oluvchiga umumiy qarzning bir qismini berar ekan, u qarz oluvchining barcha 
berilgan summani qaytara olishiga ishonishi kerak.
Sindikatda 
qatnashish 
imkoniyatiga 
qarab, 
sindikatsiyalashtirilgan 
kreditlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
1)
ochiq turi, ya’ni bunda hamma xohlovchi banklar resurslari bilan 
qatnashishi mumkin; 
2)
jamoali, birlashgan holda, ya’ni kreditorlar tarkibiga aniq va 
chegaralangan banklar kirishi mumkin. 
Sindikatsiyalashtirilgan kreditni qarzdor yirik miqdordagi mablag‘larni bir 
bank bilan muloqotda bo‘lib qo‘lga kiritadi va qarz oluvchining vaqti tejaladi.
Yetakchi bank uchun sindikatsiyalashgan kreditni berishning afzalliklarni 
ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, bank o‘z mijozini yirik miqdorda pul 
mablag‘i bilan ta’minlashi. Ikkinchisi, bank kredit portfeli xatarlarining 
diversifikatsiyalanishi. Ishtirokchi banklarning sindikatsiyalashgan kreditda 
qatnashishi kredit portfelining sifatini oshirish va yirik mijozlar bilan ishlash 
imkoniyatini ochib beradi. Sindikatli kreditni tashkillashtirishda o‘z-o‘zidan 
sindikatli kreditlashdagi banklararo o‘zaro munosabatlar ko‘zlanadi, bundan 
ko‘rinib turibdiki, korrespondentlik ishisiz biror nima qilib bo‘lmaydi. 
Banklararo munosabatlarning xorijiy amaliyotida biror bir korporativ 
qarzga oluvchini sindikatli kreditlash keng tarqalgan, shuningdek, banklararo 
sindikatli kreditlash hollari ham uchrab turadi. Biznesning bunday sohalarida 


131
korrespondentlik ishi marketing tadbirlarini o‘tkazishga yo‘naltirilgan, ya’ni 
sindikatda qatnashayotgan tijorat banklarining soni va ularning qarz oluvchi 
yoki qarz beruvchi bo‘lishidan qat`i nazar ularning kreditlash shartiga rozilik 
berishini o‘rganish lozim.
Sindikatli kreditlashning asosiy ishtirokchisi bu, albatta, o‘zi kredit 
tashkiloti (bank) bo‘la oladigan qarzga oluvchi hisoblanadi.
Sindikatli kreditlashning ishtirokchisi bo‘lgan banklarni tavsiflash uchun, 
avvalo, sindikatning ishtirokchisi bo‘lgan banklar uchun bajarilishi zarur 
quyidagi vazifalarni ajratib berish o‘rinliroqdir: 

kredit shartnomasini rasmiylashtirgunga qadar qarzga oluvchi bilan bitim 
bo‘yicha barcha masalalarni tartibga solish va moslashtirish

ishtirokchi banklarni tanlash; 

qarzga oluvchi va ishtirokchi bank o‘rtasida imzolanuvchi barcha 
hujjatlarni moslashtirish; 

hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha huquqshunoslar bilan gaplashib olish; 

loyihani va qarzga oluvchini tahlil qilish; 

bitimlarni kreditlash (jamg‘armalash); 

ishtirokchi banklardan kerakli summani olish; 

qarzga oluvchiga mablag‘larni o‘tkazish; 

kreditning maqsadga muvofiq ravishda ishlatilishini nazorat qilish; 

qarz oluvchidan olingan mablag‘larning banklar o‘rtasida taqsimlanishi 
(qarzning, foizning asosiy summasini qaytarish); 

berilgan kreditning idora qilinishi; 

ishtirokchi banklarni sindikatsiyaning borishi va loyihaning amalga 
oshirilishi to‘g‘risida xabardor qilish; 

qarzga oluvchi va banklarda yuzaga keluvchi barcha masalalarni 
muvofiqlashtirish, qarzga oluvchining so‘rovlariga kredit shartnomasi 
imzolagandan so‘ng javob berish; 

kredit bo‘yicha ta’minlashni kuzatish va tekshirish.
Bunda ishtirokchi banklarning vazifalarini bir nechta guruhlarga ajratish 
mumkin: 

tashkilotchilik;

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish