125
kredit shartnomasini tayyorlash hamda imzolashni bank-menenjer amalga
oshiradi. Keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan
nazoratni (ayrim hollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni)
hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent
ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi.
Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o‘ziga xos
xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining
ekspertizasi bo‘yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi va bank olamida
yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo‘yicha ko‘plab
arizalar kelib tushishidir. Biroq yirik banklar ham har doim bu loyihalarni
ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida
moliyalashtira olmaydi. Shuning uchun, ko‘p hollarda, bu banklar loyihani
kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya
loyihasining samaradorligini baholagani va kredit shartnomasini ishlab chiqqani
uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so‘ng
tashabbuskor bank shartnoma bo‘yicha qarzdorga nisbatan o‘z talabini boshqa
kreditorga beradi.
Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish o‘ta muhimdir.
Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyi-
dagicha:
Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili
. Bu bosqichda quyidagi savolga
javob berish zarur: loyiha o‘zining boshlang‘ich smeta xarajatlariga mos holda
amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda
qarzdorlar tajribali
ekspert-injenerlarning (bu ko‘p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi
mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi
texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‘zida qamrab
olishi mumkin: zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni
(ko‘zda tutilmagan xarajatlarni va favquloddagi zararlarni qo‘shgan holda);
loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va
boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o‘qitish
imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi.
Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil.
Loyihalarning iqtisodiy
va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo‘yicha o‘z
vaqtida hisob-kitoblar uchun yetarlicha foydaga ega bo‘ladimi?- degan savolga
javob olish zarurdir.
Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo‘lib
sof pul
oqimining tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab
oladi:
loyiha
egalarining
aksioner
kapitaliga
dastlabki
investitsiya
126
qo‘yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag‘larini;
olingan foydani;
sarf-xarajatlarni.
Kreditorlar loyihaning iqtisodiy sezgirligini jahon amaliyotida keng
qo‘llaniladigan sof qoplash koeffitsiyenti (Net Coo‘erage Ratio) va umumiy
qoplash koeffitsiyenti (Annual Coo‘erage Ratio) kabi ko‘rsatkichlar orqali
aniqlashlari mumkin.
Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida
homiylarning faoliyatini, risklarni va ularning taqsimlanishini tahlil etadi. Bu
bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini
va ularning imijini, loyiha
ishtirokchilari uchun risklarning to‘g‘ri taqsimotini o‘rganadi.
Jahondagi ko‘pgina banklar o‘z faoliyatida, o‘z zimmasiga qanday risk
darajasini olishiga qarab, loyihaviy moliyalashtirish quyidagi uch turga
ajratilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: