3)
ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro zonalari.
Ushbu zonalar tarkibiga tashqi
bozorni kompyuter va boshqa hisoblash texnikalari orqali zabt etish maqsadida
mavjud texnologik parklar zamirida tashkil etilgan “Texnopolis” zonalari kiradi;
4)
xizmat ko‘rsatish (servis) zonalari.
Ushbu zona shaklining o‘ziga xosligi
shundan iboratki, unda turli ko‘rinishdagi moliya-bank markazlari, sug‘urta
bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliya-bank
xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqori salohiyatga ega xorijiy
investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir.
Muayyan ustavga ega bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalarning keng tarqalishi
o‘tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan.
1959-yilda Irlandiyaning Shenon shahri shunday erkin iqtisodiy zonaga
aylantirilgan. Irlandiya hukumati Shenon xalqaro aeroportiga asosiy e’tiborni
qaratib, uning hududi yonida xalqaro erkin tadbirkorlik zonasini tarkib
toptirishga rasmiy ruxsat berdi. Shundan keyin jahon iqtisodiyotida turli xil
xo‘jalik yuritish va faoliyat ko‘rsatish tartibiga amal qiladigan minglab erkin
iqtisodiy zonalar tarkib topa boshladi.
Hozirgi paytda erkin iqtisodiy zonalarning aksariyati Amerika va Janubi-
sharqiy Osiyo mamlakatlari hududlarida joylashgan. Jahon tajribasi
ko‘rsatishicha, erkin iqtisodiy zonalarning alohida mamlakatdagi samarali
tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, avvalo, undagi siyosiy barqarorlik,
investitsiyalarni kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil
35
etilganligi, ishchi va xizmatchilarning mahorati va malakasi, ma’muriy
boshqaruv tuzilmalarining qulay tashkil etilganligiga bog‘liqdir.
Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanish
darajasiga qarab, o‘z iqtisodiga, jug‘rofiy joylashishiga mos keladigan erkin
iqtisodiy zona turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G‘arbiy Yevropa
davlatlari dengiz portlarida yuklarni ortish-tushirish ishlarini ortiqcha
rasmiyatchiliksiz va bojxona to‘lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko‘plab
erkin savdo zonalari tashkil etishgan. Erkin aeroport zonalari tashkil etish Buyuk
Britaniya davlatiga xos bir amaliyot bo‘lsa, moliya-bank markazlari va Offshor
zonalar Shveytsariya, Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan. AQSH va Yaponiyada “Texnopolis”lar rivojlanishiga qulay sharoit
yaratilib, hozir ularda keskin yuksalishga erishgan. Dunyodagi eng katta
“Texnopolis” AQSHdagi erkin iqtisodiy zonada joylashgan bo‘lib, u Silikon
vodiysi deb nomlanadi va hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan
kompyuter va boshqa hisoblash texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu zonada
tayyorlanib, dunyoning turli mamlakatlariga realizatsiya qilinmoqda.
Sharqiy Osiyoda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq
Respublikasi, Singapur va Tayvan mamlakatlari peshqadamlik qilmoqda.
Xitoyda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish uchun, asosan, dengiz
bandargohiga yaqin bo‘lgan hududlar va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan
transport magistrallari kesishgan joylar tanlab olindi. Dastlabki zonalar XX
asrning 70-yillar oxirida tashkil etila boshlangan. Erkin iqtisodiy zonalarni
tashkil etishda quyidagilarga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan:
xorijiy kapitallarni, texnika va texnologiyalarni jalb etishni maksimal
rag‘batlantirish hamda intellektual mehnat o‘rnini bosadigan texnika
korxonalarini tashkil etish;
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatning jahon mehnat
taqsimotida keng ishtirok etishini ta’minlash, eksport hajmini oshirish hisobiga
valyuta tushumini ko‘paytirish;
erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy tovarlarni ko‘plab ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tajribalarini o‘rgatadigan maktablardagi ilg‘or
tajribalarni mamlakatning qolgan hududlariga ham keng joriy etish;
mamlakatda ortiqcha va arzon ishchi kuchidan samarali foydalanib,
vujudga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tanglikning oldini olish.
Sobiq sho‘ro respublikalar o‘rtasidagi rejali iqtisodiy aloqalar uzilganidan
so‘ng har bir respublika o‘z hududida imkon qadar erkin iqtisodiy zonalarni
tashkil etishga kirisha boshladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha
ular orasida Rossiya Federatsiyasi yetakchi o‘rinni egallamoqda.
36
Mamlakatimizda siyosiy mustaqillikka erishilgan dastlabki paytlardan
boshlab, iqtisodiyotga zamonaviy texnika va texnologiyalarni xorijiy investitsiya
shaklida jalb qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy investitsiyalarni
respublika viloyatlarida teng taqsimlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida,
marketing tadqiqotlaridan keng foydalanish bilan bir qatorda, erkin iqtisodiy
zonalarni tashkil etish va rivojlantirish ishlari ustida ham keng amaliy tadbirlarni
bajarish davom etmoqda. Pirovardida Andijon, Samarqand, Xorazm, Buxoro,
Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida xorijiy investitsiyali zamonaviy
korxonalar barpo etilib, mehnat resurslarini yuqori darajada ish haqi bilan
ta’minlaydigan ish o‘rinlari ham ochilmoqda. Shu jumladan, respublikaning
jahon hamjamiyatida salohiyatli a’zo sifatida tanilishiga yorqin hissa
qo‘shuvchi, davlat byudjetiga salmoqli soliq to‘lovchi subyektlar paydo bo‘lib,
ular byudjet kamomadini qisqartirishga ulkan hissa qo‘shmoqda.
Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini tezlashtiruvchi asosiy omil
mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etib, ularning ma’muriy
boshqaruviga keng huquqiy imtiyozlar, investorlarga esa moliyaviy imtiyozlarni
kafolatlab berishdir.
Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirishga
bevosita javob beradigan va kafolatlaydigan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va
iqtisodiyotga joriy etish bizda bir oz kechroq, aniqrog‘i, 1995-yilda boshlandi.
1995-yil 30-avgustda “Konsessiya to‘g‘risida”gi, 1996-yil 25-aprelda “Erkin
iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, 1996-yil 29-avgustda “Xorijdan mablag‘ jalb
qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi va iqtisodiyotga joriy etildi. Mazkur
qonunlarning qabul qilinishi xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotimizga kirib
kelishiga investitsiyalar hajmining yildan yilga oshib borishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
"Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasida jahon
amaliy tajribasida mavjud bo‘lgan erkin iqtisodiy zona turlarining qariyb
barchasi aks ettirilgan bo‘lib, xorijiy investorlarni kafolatlash uchun ularda
barcha asoslar mavjud.
Xaritaga nazar tashlasak, dunyoning biron-bir okeaniga chiqish uchun
bizda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l yo‘qligi, buning uchun kamida ikkita davlat
hududini bosib o‘tish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Bu jug‘rofiy jihatdan yuqorida
tahlil qilgan mamlakatlarga nisbatan ancha noqulay joylashganligimizdan
dalolat beradi. Bu, albatta, erkin iqtisodiy zonalarni keng ko‘lamda tashkil
etishimizga to‘siq bo‘ladi. Biroq respublikamiz Buyuk Ipak yo‘li ustida va
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida joylashganligini hisobga oladigan bo‘lsak,
aholi soni jihatidan yetakchi o‘rinni egallashimizni inobatga olib, mintaqa
darajasida erkin savdo zonalarini tashkil etishimiz uchun yetarli imkoniyatlar
37
mavjud ekani ayon bo‘ladi. Mamlakatimiz mutaxassislari ilmiy salohiyati
jihatidan eng yuqori o‘rinlardan birini egallashi bir necha bor qayd etilgan.
Shunday ekan, ular salohiyatidan samarali foydalanish uchun, avvalo, erkin
ilmiy texnikaviy yoki “Texnopolis” zonalarini tashkil etish maqsadga
muvofiqdir.
Buning uchun mahalliy ma’muriy tashkilotlar erkin iqtisodiy zonalar
infratuzilmasini yaxshilashga moliyaviy yordam berishi lozim. Shunda bu
boradagi maqsadlarga erishish uchun zamin yaratiladi. Natijada mamlakatimizga
xorijiy
investitsiyalar
kirib
kelishi
ko‘payadi,
shuningdek,
mahalliy
investitsiyalarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Erkin iqtisodiy zonalar ishlab turishini ta’minlovchi xorijiy investorlar bir
qator afzalliklarga ega bo‘ladilar: imtiyozli soliqlar, milliy bozorga kirish, kam
unumli chiqimlarni ta’minlash, shu jumladan, arzonroq ishchi kuchi hisobidan
qoplash, pasaytirilgan foiz stavkalari bo‘yicha moliyalash imkoni, yerga
mulkchilik huquqi.
Erkin iqtisodiy zonalar jahon miqyosida migratsiya qilib yurgan kapitallar
uchun "qopqon" vazifasini o‘taydi. Xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga jalb
qilishdan tashqari sanoat erkin iqtisodiy zonalarining yaratilishini 3 asosiy
vazifa bilan bog‘laydilar:
sanoat
eksportini
rag‘batlantirish
va
buning
asosida
valyuta
mablag‘larini qo‘lga kiritish;
bandlik darajasini oshirish;
zonalardan xo‘jalik yuritishning yangi metodlarini joriy qilish uchun
sinov maydonidan poligon sifatida foydalanish.
Erkin iqtisodiy zonalarning yana bir afzallik xususiyati shundaki, milliy
mamlakat xorijiy kapital uchun o‘z iqtisodiyotini to‘la ochib berishni yoki
maxsus investitsion iqlimdan to‘la foydalanishni xohlamaydi, maxsus zona
sifatida qisman, lokal ochiqlik sifatida qo‘llaydi.
Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xarakterli tomoni shundaki, ularda
ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘llanadigan umumiy rejimga qaraganda,
qulay
bojxona
investitsion
moliyaviy
imtiyozlari
va
afzalliklarning
mavjudligidir.
Ushbu imtiyozlar 4 ga bo‘linadi:
1)
moliyaviy imtiyozlar:
subsidiya va imtiyozli kreditlar berish;
arzon bahoda kommunal xizmatlar ko‘rsatish;
uchastkalar va ishlab chiqarish, binolari ulardan arzon ijara haqi;
2)
Do'stlaringiz bilan baham: |