K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Kapital qo‘yilma va kapital qurilish tushunchasi



Download 0,75 Mb.
bet41/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Kapital qo‘yilma va kapital qurilish tushunchasi


Kapital qurilish ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarining asosiy fondlarini yaratuvchi va shakllantiruvchi tarmoq hisoblanadi. Kapital qurilish mazkur fondlarni tayyorlashda sarf qilinadigan mehnat, moliyaviy va material xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan kapital qo‘yilma va kapital qurilish farqini aniqlab olish zarur.
Kapital qurilish - xalq xo‘jaligining alohida bir tarmog‘i bo‘lib, uning tayyor mahsuloti asosiy fondlar hisoblanadi. Jamiyatning moddiy-texnik bazasini yaratishing asosiy yo‘nalishlari - yangi korxonalarni qurish, yaratish bilan birgalikda ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va texnik jihatdan qayta qurollantirish chora-tadbirlariga bevosita bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, davlat investitsiya siyosati nafaqat yangi obyektlarni vujudga keltirish, balki mavjud korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatida kapital qurilish, buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi, harakatdagi me’yoriy hujjatlar asosida tuzilgan shartnoma asosida olib boriladi.
Obyekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga tuziladi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy–huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa normativ–huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
Qurilishda pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo‘yicha aniqlangan shartnomaviy joriy narx bo‘yicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin o‘n kun muddat ichida tuziladi.
Buyurtmachilar - investorlar tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun vakil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shu bilan birga, ular investitsiya faoliyati subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaydilar. Buyurtmachilar rolida investorlarning o‘zlari ham namoyon bo‘lishlari mumkin. Investorlar bo‘lmagan buyurtmachilar esa shartnomada belgilangan tartibda va davrda kapital qo‘yilmalarga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladilar.
Pudratchilar - yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, ular buyurtmachilar tuzgan shartnomalar asosida ishlarni bajaradilar. Pudratchilar qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lishlari kerak. Qurilish faoliyatini litsenziyalash qurilish mahsulotlari iste’molchilarining huquqlarini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Kapital qo‘yilma obyektlaridan foydalanuvchilar - yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat organlari, mahalliy hokimiyat, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bo‘lib, ushbu obyektlar ular uchun yaratiladi.
Investitsiya faoliyatida kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashni ochish uchun buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagilarni taqdim etadi:

  1. qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati);

  2. qurilishning titul ro‘yxati;

  3. buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;

  4. pudratchi tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;

  5. qurilish–montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining ruxsati.

Qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati obyektlar ro‘yxatini, shuningdek, ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga
oluvchi, har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan moliyaviy hujjat.
Qurilishning titul ro‘yxati - qurilishning butun davriga kapital qo‘yilmalar hajmini va uni sarflash yo‘nalishlarini ko‘rsatgan, uning texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hujjat.
Qurilishda ish hujjatlari alohida binolar va inshootlarga hamda ish turlariga ish chizmalari komplekti.
Kapital qo‘yilma – yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig‘indisiga aytiladi.
Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni – qo‘yilmalarni – xarajatlar majmuasini anglatadi. Kapital qo‘yilma yoki kapital investitsiyalarni real investitsiyalardan farqlab olish zarur. Real investitsiyalar fizik obyektlarga kiritiladigan investitsiyalar majmuasini bildirib, ular nafaqat mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish obyektlariga kiritiladigan investitsiyalarni anglatadi, balki boshqa turdagi noishlab chiqarish obyektlariga va tijorat maqsadlari ko‘zlanmaydigan sohalarga, xususan, ijtimoiy samara olib keluvchi sohalarga ham kiritiladigan investitsiyalardan iborat bo‘ladi. Real kapital qo‘yilmalar esa faqat ishlab chiqarish fondlarini takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Kapital qo‘yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat:

  • kapital qo‘yilmalarning tarmoq tuzilishi, ya’ni jamiyat miqyosida kapital qo‘yilmalarning tarmoqlar bo‘yicha sarflangan qiymatini anglatadi;

  • kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilishi, ya’ni asosiy fondlarning aktiv elementlari va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini anglatadi. Aktiv elementlar deganda, o‘z qiymatini bevosita mahsulot yoki xizmatlar tannarxiga o‘tkazuvchi, bevosita amortizatsiyalanuvchi elementlar va obyektlar tushuniladi, bularga texnologik uskunalar, mashina va qurilmalar qiymati misol bo‘ladi. Passiv elementlar esa o‘z qiymatini tannarx tarkibiga bilvosita kiritib boruvchi obyektlar va vositalar qiymatini anglatadi. Ularga bino-imoratlar, mebel, ofis jihozlari, kompyuter texnikasi va moddiy hamda nomoddiy obyektlar misol bo‘la oladi;

  • kapital qo‘yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi, ya’ni mavjud obyektlarni qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi

obyektlarni barpo etish va harakatdagi korxonalarni kengaytirish bo‘yicha qilingan xarajatlarning nisbatiga aytiladi.
Kapital qo‘yilmalar qiymati davlat, korporativ va xususiy investitsiyalarni rejalashtirish jarayonida qo‘llaniladi, ular asosida investitsion faoliyat prognozlashtiriladi. Yillik o‘zlashtirilish zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar hajmi davlat investitsiya dasturida ko‘rsatib o‘tiladi. Kapital qo‘yilmalar hajmi dastur tarkibidagi dastlabki hujjatda aks ettiriladi. Kapital qo‘yilmalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi, qo‘yilmalar qiymatini aniqlashda, Moliya vazirligi va Markaziy bank ham ishtirok etadi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olmaydigan quyidagi usullardan foydalaniladi:

Kapital qo‘yilmalarning mutlaq iqtisodiy samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
𝐸 = 𝑃 . (5.3.1)
𝐾
bu yerda: P – har yilgi daromad;
K – mablag‘lar sarfi.
Bu ko‘rsatkich samaradorlik belgilanganlik me’yoridan katta bo‘lish kerak, E ≥ Yn.
Avval Yn – hukumat tashkilotlari tomonidan markazlashtirilgan holda joriy etilgan. Hozirgi kunda Yn sifatida bank foiz o‘lchovidan (i) foydalanmoqda yoki o‘z loyihasi uchun belgilangan kattalikni olishlari mumkin.

    1. Download 0,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish