K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlash ko‘rsatkichlari



Download 0,75 Mb.
bet43/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlash ko‘rsatkichlari


Investitsion loyihalarni kreditlash jarayoni juda ko‘p va turli xil xavf- xatarlar (risklar) bilan bog‘liq bo‘lib, kreditlarni belgilangan muddatda qoplamaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli banklar o‘z mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qiladilar.
Bank mijozning kreditga layoqatligi deganda, mijozning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida hisoblashish qobiliyati tushuniladi.
Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan kredit risk bilan bog‘liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o‘z vaqtida qaytmasligi yoki umuman to‘lanmasligi mumkin. Shu sababli banklar o‘z mijozlari moliyaviy holatini, to‘lovga qobilligini va, albatta, kreditga layoqatliligini tahlil qiladi.
Jahon amaliyotida, xususan, AQSHda banklar tomonidan mijoz kreditga layoqatliligini baholashda "fives", "beshlar" qoidasi ishlatiladi. Ular quyidagilar:

      1. character (mijoz xarakteri);

      2. capacity (moliyaviy sharoiti);

      3. capital (kapital yoki mol-mulk);

      4. colletarial (ta’minlanganlik);

      5. conditions (umumiy iqtisodiy vaziyat).

Mijoz xarakteri deganda, uning yuridik shaxs sifatida reputatsiyasi, ma’suliyatliligi, olingan qarzni to‘lashga xohishi va tayyorlik darajasi tushuniladi.
Mijoz moliyaviy sharoiti yoki qobiliyati deganda, mijozning kreditni qaysi manbalardan qoplashligi tushuniladi.
Kapital deganda, mijozning aksionerlik kapitali, uning strukturasi, aktiv va passivlar orasidagi munosabatlar va uning ustav fondi hamda o‘z kapitalining kredit operatsiyasiga jalb qilish darajasini ko‘rib chiqish tushuniladi.
Ta’minlanganlik deganda, mijozning aktivlari qiymati va aniq ikkilamchi qarzni qoplash manbayi (kafillik, sug‘urta, garov) kredit shartnomasida ko‘rsatiladi.
Umumiy iqtisodiy vaziyat deganda, mamlakatdagi joriy va kelajakdagi iqtisodiy holat, siyosiy ahvol, soliqlar, xomashyo va boshqa kredit qaytarilishiga ta’sir etuvchi bilvosita omillarni o‘rganish tushuniladi.
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishdan asosiy maqsad qarz oluvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektning imkoniyatlari, qarzni o‘z vaqtida qoplashni, risk darajasini, kredit miqdori va boshqa omillarni belgilangan sharoitda va holatda tahlil qilishdan iboratdir. Banklar uchun bu masalalarni amalga oshirish juda qiyin bo‘lsada, xuddi ana shu maqsad amalga oshirilsagina berilgan kreditdan foyda olinadi.
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilish vazifasi quyidagilar hisoblanadi:

  1. kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash;

  2. ko‘rsatkichlarni tahlil qilish (yil boshi va yil oxirini taqqoslash);

  3. ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;

  4. kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llarini aniqlash.

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi bilan tijorat banklari tomonidan kreditga layoqatlilikni tahlil qiluvchi yangi metodlar ishlab chiqilmoqda, bu korxona haqidagi (kreditga layoqatligi haqidagi) tahlilni chuqurroq olib borishni ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida (YUNIDO tasdiqlagan standart bo‘yicha) moliyaviy ko‘rsatkichlar sistemasi hamda tahlil va reyting metodi bo‘yicha tahlil usullari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank
tomonidan chiqarilgan yo‘riqnoma bo‘yicha korxonalarga turli xil muddatga kreditlar berilib, ularning kreditga layoqatliligi moliyaviy ko‘rsatkichlarning tahliliga asoslanib aniqlanadi.
Tahlil uchun asosiy manba – korxona buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan foydalaniladi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini anqilovchi ko‘rsatkichlarni quyidagi 2 huruhga bo‘lishimiz mumkin:

    1. Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar:

      1. qoplash koeffitsiyenti;

      2. o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti;

      3. likvidlik koeffitsiyenti.

    2. qo‘shimcha koeffitsiyentlar:

      1. aylanma mablag‘larining aylanuvchanlik koeffitsiyenti;

      2. o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi;

      3. foyda va rentabellik koeffitsiyentlari.

Jahon amaliyotida korxona likvid mablag‘lari ikkiga bo‘linadi:

  1. absolyut likvid mablag‘lar;

  2. joriy likvid mablag‘lar.

Absolyut likvid mablag‘lar tarkibiga balans aktiv qismining ikkinchi bo‘limi jami kiritiladi. Ular 3 qismdan iborat:

  1. oson ishlatiladigan zaxiralar;

  2. pul mablag‘lari;

  3. oson amalga oshiradigan talablar, "debitorlik qarzlari".

Likvid mablag‘larning korxonada yetarlicha bo‘lishi, uning majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplay olishidan dalolat beradi.
Joriy likvid mablag‘lar juda ham tez pulga aylanadigan korxona vositalarini o‘z ichiga oladi, shu sababli, joriy likvid mablag‘lar tarkibiga balans aktiv qismi ikkinchi bo‘limining quyidagilari kiradi:

  1. pul mablag‘lari;

  2. debitorlik qarzlari.

Joriy likvid mablag‘lar korxonaga birlamchi to‘lovlarni amalga oshirishda kerak bo‘ladi. Ular yuqori likvidlikka egaligidan, korxonada ushbu mablag‘lar ham me’yor darajasida bo‘lishi kerak. Zero, kredit inspektori mijozni kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ushbu ko‘rsatkichlarga alohida ahamiyat beradi.
Likvid mablag‘larni bunday 2 ga bo‘lishdan maqsad, qoplash va likvidlik koeffitsiyentlarini hisoblash oson bo‘ladi.
Qoplash koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi:
Qoplash koeffitsienti = Qisqa muddatli likvid mablag`lar . (5.5.1)
Qisqa muddatli majburiyatlar
Qoplash koeffitsiyenti kreditlash chegarasini ko‘rsatadi va mijozning hamma aylanma vositalarining qarzni olishga yetarliligini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich 2 va undan yuqori bo‘lsa, mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 0,5 dan kam bo‘lsa, kreditlash foydasiz bo‘lib, mijoz kreditga layoqatsiz hisoblanadi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish