Aksiya - korxona mulkiga aksionerlarning qo‘shgan hissasini tasdiqlovchi hujjat.
Aktivlarninglikvidatsiyaqiymati– to‘liq amortizatsiya qilingan aktivlarni sotish bahosi.
Amortizatsiya-asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ xizmati muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib borish jarayoni.
Annuitet– bir xil davr mobaynida bir xil foiz stavka asosida bir xil to‘lovlarning yoki pul oqimlarining kelib tushishi.
Asosiyfondlar - kоrхоnаning ishlаb chiqаrish jаrаyonidа uzоq vаqt ishtirоk etadigan vа o‘zining nаturаl-mоddiy hоlаtini yo‘qоtmаydigan hаmdа o‘z qiymаtini tаyyorlаnаyotgаn mаhsulоtlаrgа qismlаb o‘tkаzib bеrаdigan ishlаb chiqаrish vоsitаlаri.
Aylanmamablag‘lar– korxona mablag‘larining bir ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinuvchi qismi bo‘lib, o‘z ichiga xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya, ehtiyot qismlar kabilarni oladi.
Bankaktivlari– banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmuyi. Ular, asosan, bank kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog‘ozlari, investitsiyalari, valyuta boyliklari ko‘rinishida bo‘ladi.
Bank depozitlari – jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo‘yilgan bo‘sh pul mablag‘lari.
Bankkapitaliningyetarlilikdarajasi – bu jami kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati bo‘lib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko‘ra kamida 8% ni tashkil etishi kerak.
Bankniloyihaviymoliyalashtirish - investitsion loyihaning moliya manbasi, asosan, yoki qisman bank kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Bank tizimininglikvidligi – bankning o‘z majburiyatlarini vaqtida va so‘zsiz bajara olish imkoniyati.
Banklarlikvidligi – banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o‘sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag‘lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi.
Bankrot – qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha mablag‘i bo‘lmaganligi uchun to‘lashdan bosh tortishi.
Bevosita lizing – an’anaviy uch taraflama bitim (mol yetkazib beruvchi – lizingga beruvchi – lizingga oluvchi) yoki yirik murakkab bitimlarda ishtirokchilar soni uchtadan ko‘p bo‘lgan ko‘p taraflama bitim, bunda lizing kompaniyasi lizing bo‘yicha tijorat banki yoxud boshqa moliyaviy-kredit institutlari yoxud yirik lizing bitimlarini moliyalashtirish uchun o‘z kapitalini birlashtirgan shunga o‘xshash lizing kompaniyalari bilan birgalikda chiqadi.
Biznes – ingilizcha so‘z bo‘lib, foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va muhtojlikni qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
Biznes-reja – investitsiya loyihasiga oid hujjat hisoblanib, loyihaning imkoniyatlarini, xarajat va daromadlarini asoslash va baholashga, loyihaning moliyalashtirish manbalari va real pul oqimini hisob-kitob qilishga hamda loyihaning zararsizligini, o‘zini-o‘zi qoplashini va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlashga imkon beradi. Biznes-reja investorni o‘zi yo‘naltirayotgan investitsiyalarning samarali bo‘lishiga ishonch hosil qilishiga mo‘ljallangan.
Bosh loyihalashtiruvchi - loyihaning smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi tashkilot bo‘lib, xalqaro tajribalarda u arxitektor yoki injener ham bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv riski – ishlab chiqarish riskining bir turi bo‘lib, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi. Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog‘liq risklar tushuniladi.
Buyurtmachi - loyihani ishga tushgandan so‘nggi, kelajakdagi egasi hisoblanadi. Bu yurdik shaxs, odatda, bir shaxs bo‘ladi. Ba’zi hollarda esa bir necha yuridik shaxslardan iborat bo‘lib, ular kelajakdagi shu loyihani amalga oshirish borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, bu yuridik shaxslar o‘zlarining mablag‘lari va imkoniyatlarini birlashtirib, ushbu loyihani ishga tushirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot tuzishadi.
Diskontlash usuli - pul mablag‘larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga (iste’mol qiymati bo‘yicha) teng emasligi.
Dividend – aksionerlik jamiyati sof foydasining bir qismi, aksionerlarga daromadlar naqd pul yoki aksiyalar bilan to‘lanadi.
Divеrsifikаtsiya – (lоtinchаdаn diversus - hаr хil vа facere - qilmоq, bаjаrmоq) – ishlаb chiqаrishning sаmаrаdоrligini оshirish, mаhsulоt vа хizmаtlаrni sоtish, bоzоrlаrini kеngаytirish mаqsаdidа tаrmоq vа kоrхоnаlаr fаоliyat sоhаlаrini kеngаytirish, mаhsulоt vа хizmаtlаr аssоrtimеntlаrini ko‘pаytirish.
Emissiya – qog‘oz pullarning g‘aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi va barcha shakldagi pul belgilarini muomalaga chiqarish.
Erkin iqtisodiy hudud – bu ma’lum hududda chet el investitsiyalarining erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hudud.
Fond bozori – qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi- sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
Foydaning ichki me’yori usuli (IRR) - pul tushumlarining diskont qiymati pul chiqimlarining diskont stavkasiga teng bo‘lgandagi daromadlilik darajasi yoki bo‘lmasa, loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarning diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng bo‘lgandagi diskont me’yori.