Ta’sischilar – uyushmani tashkil qilgan, uyushma a’zolarining umumiy majlisi tomonidan o‘rnatilgan tegishli miqdorda hamda tartibda ta’sis badallarini kiritgan yuridik shaxslar. Ta’sischilar ta’sis badallari kiritilgan paytdan boshlab,
ular davlat ro‘yxatidan o‘tganlaridan keyin uyushma a’zolariga aylanadilar. Ayni paytda uyushma a’zolari “Uzbek Leasing International” YAJ QK va “ZAMIN-INVEST” MCHJ hisoblanadi.
Assotsiatsiyagaa’zolar–uyushma ustavini tan olgan, uyushmaning ustav hujjatlari talablari hamda kirish paytida tasdiqlangan uyushma a’zolarining umumiy majlisi qarorlariga muvofiq kirish badalini to‘lagan istalgan yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
Faxriya’zolar— bular uyushma ustavini tan olgan, uyushmaga Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan kirgan mahalliy hamda xalqaro tijorat va notijorat tashkilotlari bo‘lishi mumkin. Uyushmaning faxriy a’zolari majburiy tartibda badal kiritmaydilar, biroq bunga huquqlari bor. Faxriy a’zolar uyushma a’zolarining umumiy majlisida qatnashish huquqidan tashqari uyushma a’zolarining barcha huquqlariga ega.
O‘zbekiston lizing beruvchilar assotsiatsiyasining boshqarish elementlari boshida assotsiatsiya a’zolarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib, undan keyin kordinatsion kengash va bosh direktor turadi. Bosh direktor assotsiatsiya a’zolarining umumiy yig‘ilishida mavjud holatlar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga hisobot berib boradi (11.2.1-chizma).
11.2.1-chizma. O‘zbekiston lizing beruvchilar assotsiatsiyasining boshqarish elementlari42
Respublikamizda lizing faoliyati rivojlanishining hozirgi bosqichida lizing munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy asoslar mavjud bo‘lib, ularda lizing faoliyatining rivojlanishini rag‘batlantiruvchi bir qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Biroq respublikamiz lizing amaliyoti lizingning istiqboldagi rivojlanishi doimiy monitoringi asosida amal qiluvchi me’yoriy hujjatlar tizimini muntazam takomillashtirish, lizingning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf qilishni talab qiladi.
42 www.ula.uz O`zbekiston Lizing beruvchilar assotsiatsiyasining rasmiy sayti.
Chet el investitsiyalari, xususan, xalqaro lizing faoliyatini rag‘batlantirishning hozirgi bosqichida asosiy kapitalni lizing asosida sotib olish va yangilash yo‘li bilan xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish zarur. Shu maqsadda xalqaro lizingni rivojlantirish, alohida lizing tarmog‘ini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratish lozim. Xalqaro va milliy lizing kompaniyalari hamda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida ularning filiallarini tuzish, ularni soliq va yig‘imlardan ozod qilish, ularning mustahkamlanishiga imkon berish, shu yo‘l bilan lizing operatsiyalarini kengaytirish kerak. Qishloq joylarda bu ishning yo‘lga qo‘yilishi qishloq mahsulotlarini qayta ishlashga, yangi ish joylarini hosil qilishga yordam beradi.
Lizing kompaniyalarini ta’sis etish, ularni tuzish va faoliyatini tashkil etish bozor munosabatlariga o‘tish bosqichining eng zarur vazifalaridan biridir. Yurtimizda lizing faoliyatini rivojlantirish uchun unga bir marotabalik va imtiyozli soliq solinishiga erishish eng muhim vazifadir. Lizing operatsiyalari nuqtayi nazaridan soliqqa tortish bazasiga aniqliklar kiritish lizingni keng ommalashtirish arafasidagi bosh muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda lizing operatsiyalarini bemalol rivojlantirish maqsadida bu ishni amalga oshirishning rag‘batlantiruvchi me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish ustida ish olib borilmoqda. O‘zbekistonda lizingni rivojlantirishni qo‘lab- quvvatlash fondini tuzish maqsadga muvofiq.
Rivojlangan mamlakatlarning lizing amaliyoti milliy iqtisodiyotning rivojlanish modeliga muvofiq tarzda taraqqiy etgan. Mamlakatimizda lizing faoliyatini rivojlantirish uchun ijobiy samaradorlikka ega bo‘lgan jahon amaliyotining boy tajribasini milliy iqtisodiyotga joriy qilish maqsadga muvofiqdir.