Bobga oid tayanch so‘z va iboralar
Lizing shartnomasi, lizing oluvchining huquqlari, lizing beruvchining huquqlari, reklama, tanlov, talab, taklif, narx, ekspertiza, biznes reja, soliq imtiyozi.
Nazorat uchun savollar
Lizing munosabatlarining huquqiy asoslari haqida nimalarni bilasiz?
O‘zbekistonda lizingni tartibga soluvchi huquqiy va me’yoriy hujjatlarni sanang?
O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
Lizining oluvchining majburiyatlari nimalardan iborat?
Lizing oluvchi va beruvchilarning huquqlari nimalardan iborat?
Lizing shartnomasi nima?
Lizing shartnomasini tuzishda nimalarga e’tibor berish zarur?
Lizing shartnomasi muddati nimalarga asoslanib belgilanadi?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari
Lizing munosabatlarining huquqiy asosi qaysi me’yoriy hujjatda o‘z aksini topadi?
“Lizing to‘g‘risida”gi qonunda.
Lizing kompaniyasi litsenziyasida.
Lizing shartnomasida.
Fuqarolik kodeksida.
Lizing shartnomasida qanday shartlar aniqlanadi?
sotish, sotib olish shartlari;
ijaraga olish, lizing bitimining asosiy shartlari;
tomonlarning huquq va majburiyatlari, mulkiy javobgarlik shartlari;
sotish, sotib olish, ijaraga olish, tomonlar huquq va majburiyatlarining mulkiy javobgarliklari hamda lizing bitimining asosiy shartlari.
Lizing bitimida nimalar o‘z aksini topadi?
ijaraning uzluksiz muddati;
ijara to‘lovlarining qiymati, ularni to‘lash tartibi va muddatlari;
mulkni sug‘urtalash shartlari;
to‘liq javob qayd etilmagan.
Lizing bitimiga ko‘ra mulkchilik huquqi kimda saqlanib qoladi?
lizing beruvchida;
lizing oluvchida;
lizing subyektlarida;
tijorat banklarida.
Qaytarib olingan uskuna takroran lizingga berilishi mumkinmi?
qaytarib olingan lizing obyekti takroran lizingga berilishi mumkin emas;
qaytarib olingan lizing obyekti takroran lizingga berilishi mumkin;
qaytarib olingan lizing obyekti takroran lizingga berilishi lizingga beruvchining ixtiyorida;
qaytarib olingan lizing obyektini takroran lizingga berilishi lizingga oluvchining ixtiyorida.
O‘zbekistonda lizing faoliyati litsenziyalashtiriladimi?
litsenziyalashtiriladi;
litsenziyalashtirilmaydi;
lizing beruvchi ixtiyorida;
lizing oluvchi ixtiyorida.
Agar lizing oluvchi shartnoma moddalarini buzsa, lizing beruvchi garov obyektiga jazo qo‘llashi mumkinmi?
mumkin emas;
ikkala tomon kelishuviga bog‘liq;
lizing beruvchi ixtiyorida;
lizing beruvchi lizing obyektini qaytarib olishi hamda ayni paytda garov obyektiga jazo qo‘llash huquqiga ega.
Lizing kompaniyalaridan tashqari lizing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni aniqlang?
sug‘urta kompaniyalari;
investitsiya kompaniyalari;
investitsiya fondlari;
tijorat banklari.
Lizing oluvchining huquqlari qachon namoyon bo‘ladi?
mol-mulk (to‘liq) yetkazib berilmagan, muddatidan kechiktirilgan yoki sifati tegishli darajada bo‘lmaganda;
qonunda belgilangan tartibda;
shartnoma shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
mol-mulk yetkazib berilmaganda.
Lizing oluvchi o‘z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, lizing beruvchi unga nisbatan qanday choralar qo‘llashga haqli?
lizing to‘lovini tezlashtirishga, lizing obyektini qaytarib berish va yetkazilgan zararni qoplagandagina shartnomani bekor qilish;
lizing to‘lovini tezlashtirish va undirib olish;
lizing obyektini ko‘rsatilgan holatda qaytirib berish va yetkazilgan zararni qoplash;
shartnoma shartlariga nazarda tutilgan bo‘lsagina zararni qoplash.
Do'stlaringiz bilan baham: |