K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Lizing shartnomalari shakllari va tayyorlash bosqichlari



Download 0,75 Mb.
bet80/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Lizing shartnomalari shakllari va tayyorlash bosqichlari


Lizing shartnomasi ishtirok etuvchi tomonlarning munosabatlari aks etadigan asosiy hujjat hisoblanadi. U lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuziladi hamda unda lizing mulki ishlab chiqarishda foydalanish uchun berilishi ko‘rsatiladi. Lizing shartnomasi bitim obyekti foydalanishga berilgani va ko‘rsatilgan muddat mobaynida ishlashligi sifatida lizing mulki qabul qilingani to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan vaqtdan kuchga kiradi. Mulkning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma lizing oluvchi tomonidan rasmiylashtiriladi, lizing shartnomasini unda qatnashuvchi barcha tomonlar imzolaydi, ya’ni lizing beruvchi, lizing oluvchi, yetkazib beruvchi - lizing mulkini ishlab chiqaruvchi.
Lizing oluvchi moliyaviy ahvoliga bog‘liq holda, shartnomada lizing to‘lovlarini amalga oshirish tartibi kelishib olinadi, u teng ulushlarda, oshib boruvchi yoki kamayib boruvchi miqdorda bo‘lishi mumkin.
Lizing biznesi barqaror rivojlanishi uchun bizning mamlakatimizda lizing bitimi qatnashchilarining riskini to‘g‘ri baholash va minimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Lizingdan manfaatdor tayinli mijozlarni lizing beruvchining izlashi lizing bitimi tuzish bo‘yicha tashkiliy ishlarning umumiy maqsadi hisoblanadi. Amalda lizing bitimi tuzish tashabbusi, odatda, tayinli lizing oluvchi tomonidan bo‘ladi. U zarur mulkka ega bo‘lgan yetkazib beruvchini mustaqil tanlaydi yoki lizing kompaniyasiga yoki tijorat bankiga yetkazib beruvchini topishda yordam berishni so‘rab murojaat qiladi. Bunday holda, uskuna turi va lizing kompaniyasi tavsiya etganlardan birini tanlash huquqini lizing oluvchi o‘zida saqlaydi.
Tomonlararo o‘zaro munosabatning barchasi keyinchalik tavsiya - ariza asosida quriladi, u lizing beruvchiga lizing oluvchi tomonidan beriladi. Ariza ixtiyoriy shaklda tuziladi, lekin unda zarur uskunaning texnikaviy tavsifi, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, yetkazib beruvchining nomi va rekvizitlari ko‘rsatilishi shart.
Ariza bilan bir paytda, tayinli lizing oluvchi lizing beruvchiga yuridik tasdiqlangan o‘z ustavi va investitsiya loyihasini amalga oshirish biznes-rejasi nusxasini taqdim etadi. Ayni shu bosqichda lizing kompaniyalar biznes-rejasini
baholashda ular taklif etgan loyihalar saralanadi. Lizing kompaniyalari qabul qilgan murojaatnomalar, ko‘rib chiqilgan loyihalar va amalga oshirilgan shartnomalarning nisbatini 100:50:5 ga qiyoslash mumkin. Lizing oluvchilar loyihalarining rad etilishiga, ko‘pincha, to‘g‘ri tayyorlangan va o‘z vaqtida taqdim etilgan biznes-reja mavjud emasligi sabab bo‘ladi. Mazkur rejaga lizing kompaniyalari qo‘yadigan talablar, odatda, bir taxlitda bo‘ladi, bu haqda quyida keltirilgan biznes-rejaning tuzilishi guvohlik beradi:

  1. rezyume (qisqacha xulosalar);

  2. korxonaning joriy nazorati;

    • faoliyat yo‘nalishi;

    • bozordagi erishilgan yutuqlar;

    • raqobatdagi mavqeyi;

    • rahbariyat, mulk shakli, firma boshqaruvining tuzilishi;

    • joriy moliyaviy natijalar;

    • mahsulot tavsifi va tatbiq etilish sohasi;

    • yetkazib beruvchilar va mahsulot iste’molchilari bilan ishlash tarzi;

    • korxonani rivojlantirish strategiyasi.

  1. loyihani amalga oshirish natijasida olinadigan, mahsulot ko‘rsatiladigan xizmat:

    • loyihada tavsiya etiladigan tovarlar va xizmatlar tavsifi.

  1. marketing rejasi:

    • bozorning ko‘lami va o‘zgarish yo‘nalishi;

    • lizing oluvchi doimiy mijozlarining tarkibi;

    • asosiy raqobatchilar tarkibi;

    • mazkur tashkilotning aniq afzallik jihatlari va kamchiliklari;

    • tovarlarning tarqatilish narxi;

    • narx shakllanishi;

    • reklama;

    • sotuvni rag‘batlantirish usullari;

    • firma va uning tovarlari haqida jamoatchilik fikrlarining shakllanishi;

    • sotuv hajmi haqidagi mo‘ljal.

  1. ishlab chiqarish rejasi:

    • ishlab chiqarish xonalari va uskunalarning ahvoli;

    • materiallar va butlov qismlarining yetkazib berilish manbayi;

    • ishlab chiqarish hajmi;

    • sifat nazorati;

    • atrof-muhitni muhofazalash tizimi va chiqindilarni yaroqsizlantirish.

  1. tashkiliy reja:

    • rivojlanish rejasining mavjudligi;

    • korxona tashkiliy tuzilishi;

    • kadrlarni tanlash;

    • joy-joyiga qo‘yish;

    • menejment sifati;

    • nazorat va monitoring darajasi.

  1. risklar bahosi:

    • ehtimoli bor risklar ro‘yxati, risklarning tabiati va yuzaga kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan holda, shuningdek, undan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar hamda ularni minimallashtirish.

  1. moliyaviy risk:

    • moliyaviy rejaga sharhlar;

    • kirim va chiqim rejasi;

    • ishlab chiqarish va aylanish xarajatlari xususidagi bashorat;

    • pulning harakatlanishi xususidagi bashorat;

    • moliyaviy barqarorlik tahlili.

Lizing oluvchi to‘lov majburiyatlarini bajarmagan taqdirda lizing beruvchi o‘z ehtiyotini ko‘zlab, mijozning to‘lovga qobilligi nuqtayi nazaridan iqtisodiy faoliyatini baholashni o‘tkazadi. Bundan tashqari, lizing beruvchi lizing loyihasini mulkni qayta lizingga berish ehtimoli borligini yoki lizing oluvchining aybi bilan lizing shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinishiga to‘g‘ri kelganda, uni sotishni tahlil etish talab etiladi.
Lizing oluvchining to‘lovga qobilligini baholash bank mijozlarining kreditga qobilligini tahdid qilish uchun qabul qilingan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin. Biroq lizing operatsiyasi mumtoz talqinda uzoq muddatli tavsifga ega ekanligi tufayli lizing beruvchi faqat lizing oluvchining joriy moliyaviy ahvoligina emas, balki lizing bitimi muddatiga mos keluvchi, istiqboldagi davr ichida barcha to‘lov majburiyatlarini bajarishga qanchalik qobilligi bilan ham qiziqishi kerak.
Uzoq muddat kreditlashda, xuddi uzoq muddatli ijaradagi singari korxonaning kreditga qobilligini belgilash mukammal usulining yo‘qligi qarzni uzish koeffitsiyentini, likvidligi va kreditga qobillik qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bilan bir qatorda, korxona umumiy iqtisodiy barqarorligani baholashga, asosan, uning rivojlanish istiqboli tahliliga alohida e’tiborni qaratish lozim. Shuningdek, umumiy konyunkturani, mazkur korxonaning bozor raqobatidagi o‘rni va istiqbolini baholash zarur. Mana shular asosida lizing kompaniyasi yoki bankning analitik bo‘limi lizing oluvchining to‘lovga qobilligi haqida xulosa va u bilan lizing munosabati o‘rnatishi bo‘yicha tavsiya tayyorlanadi. Agar tuziladigan bitim katta risk bilan bog‘liq bo‘lsa, lizing beruvchi lizing oluvchidan qo‘shimcha kafolatlar talab qilishga haqli.
Lizing bitimi tuzish haqida ijobiy qaror qabul qilish hollarida lizing beruvchi foydalanuvchi ariza tavsiyanomasi va uning to‘lovga qobilligi asosida lizing mulkining yetkazib beruvchi firma bilan bo‘lajak lizing oluvchi va yetkazib beruvchi o‘rtasida kelishilgan oldi-sotdi shartnomasi va texnik shartlar haqida bitim tuzadi.
Buyurtmada lizing beruvchining nomi, manzili, hisob raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unda yana ish hajmining tavsifi (zarur bo‘lsa, bosqichma- bosqich bajarilishi) va bajarilish muddati, ishning qiymati, ishni bosqichlar bo‘yicha hamda to‘liqligicha topshirish, qabul qilish tarkibi berilishi lozim. Buyurtmaga texnikaviy topshiriq (talabnoma) va ishning bajarilishi shartlarini belgilovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Lizing obyektini yetkazib beruvchi buyurtmani olgach, lizing beruvchiga uni olganligini tasdiqlovchi ma’lumot yuboradi, foydalanuvchiga uskunani yetkazib bergandan keyin o‘z rekvizitini ko‘rsatgan holda ikki nusxada hisob- kitobni jo‘natadi.
Qoidaga ko‘ra, oldi-sotdi bitimi tuzish, yetkazib beruvchiga buyurtma- navbatchi jo‘natish bilan bir vaqtda lizing bitimini yuridik jihatdan rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Agar bitim obyektidan ijaraga foydalanmasa lizing shartnomasini, yuqorida esga olingan ikki tomondan tashqari uchinchi tomon — foydalanuvchi ham imzolaydi, shu bilan birga foydalanuvchining barcha xatti-harakati, shu jumladan, ko‘rilgan zarar uchun yuridik mas’uliyat lizing oluvchi zimmasiga tushadi.
Lizingga olinadigan mulk amortizatsiyasi davriga, odatda, mos keladigan ijara muddatini to‘g‘ri belgilash ancha muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiliging ko‘ra, lizing shartnomasi yozma ravishda tuziladi va unda bir qancha shartlar (nizomlar) ko‘rsatiladi. “Lizing to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, lizing shartnomasida quyidagi talablar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart: lizing obyektining holati, sharoitlari o‘lchamlari, lizing to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati, tomonlarning lizing obyektidan foydalanish, uni saqlash, va ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlari, tomonlarning ko‘rsatmalari, lizing obyekti va sotuvchini tanlash bo‘yicha javobgar tomon hamda boshqalar. Shartnomada tomonlarning kelishuviga asosan yana boshqa shartlar ham ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Shuni aytib o‘tish kerakki, lizing bitimida lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada sotuvchi ham ishtirok etadi va lizing beruvchi u bilan lizing obyektini olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Qonunchilikda lizing oluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri sotuvchiga oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqib, shunday talab qo‘yishi mumkinki, lizing
oluvchining e’tiboriga lizing shartnomasining shartlari yetkazilishi yoki u bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Bu, birinchi navbatda, oldi-sotdi shartnomasi lizing obyektining muddati, qo‘yish joyi, qabul jarayoni kabi shartlari, sifat va soni bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirish va boshqalari bilan bog‘liq hamda lizing bitimining barcha – uchala tomoni uchun birlamchi ahamiyatga ega. Masalan, qonunchilikka muvofiq, lizing oluvchining lizing shartnomasini bekor qilishni talab qilish huquqi lizing obyekti ta’minlanmaganda, ta’minlash kechiktirilganda yoki ta’minlash sifati oldi-sotdi shartnomasi shartlariga mos kelmagan hollarda ko‘zda tutilgan. Shunday qilib, agar tomonlar lizing shartnomasida yuqoridagidek ko‘rsatmagan bo‘lsalar, oldi-sotdi shartnomasi shartining buzilishi lizing shartnomasining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Oldi-sotdi shartnomasini tuzayotganda, bunday holatlarga tushmaslik uchun lizing oluvchi shartnomaning bir tomoni bo‘lib yoki lizing shartnomasining ajralmas qismi sifatida oldi-sotdi shartnomasining ilovasi nusxasi ishtirok etsa, qulay holat bo‘ladi.
Va nihoyat, qonunchilikda ikkita shartnoma - lizing va oldi-sotdi o‘rniga yagona uch tomonlama, ya’ni lizing oluvchi, lizing beruvchi va sotuvchidan iborat lizing shartnomasini tuzish hamda tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilash imkoniyatlari nazarda tutilgan. Shartnomani amalga oshirishning eng muhim bosqichi lizing oluvchining lizing obyektini qabul qilib olishidir. Bunda oldi-berdi dalolatnomasi tuziladi. Yuqorida ta’kidlanganidek lizing bitimida uchta tomon qatnashadi va ular lizing obyektini lizing oluvchiga topshirishdan manfaatdordirlar. Maqsadga muvofiq ravishda lizing oluvchi, lizing beruvchi va sotuvchi bilan dalolatnoma tuziladi va imzolanadi. Ko‘pincha, lizing bitimidagi ishtirokchilarning munosabati ikkita shartnoma (lizing va oldi-sotdi) bilan rasmiylashtiriladi. Bundan maqsad lizing obyektini topshirish tartibini belgilaydigan nizom bir-birini inkor etmasligi kerak.
Lizing beruvchi lizing oluvchiga o‘zining mulkini egalik qilish va foydalanish uchun berib, lizing obyektidan foydalanish hamda qo‘riqlash bo‘yicha shartlarini oxirgacha bajarilishini qattiq nazorat ostiga oladi. Shuning uchun lizing oluvchining lizing obyektidan, xo‘jalik belgilaganidek, oxirigacha bajarishi va o‘g‘irlik, yo‘qotish va buzilishga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rishi ko‘pgina lizing shartnomalari nizomida ko‘rsatiladi. Shuningdek, shartnomada lizing beruvchining lizing oluvchining to‘lovchanlik qobiliyatini baholash maqsadida, uning moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotni talab qilish huquqi belgilanadi. Bunday holatda lizing beruvchi lizing oluvchidan talab qilish huquqiga ega hujjatlar, ya’ni moliyaviy hujjatlarning aniq ro‘yxatini
va ularning doimiy ravishda berilishini shartnomada ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Lizing oluvchida shaxsiy mulkka ega bo‘lishi uchun moliyaviy manbalar yetishmasligi uni moliyaviy ijara mexanizmini qo‘llashga undaydi. Vaholanki, lizing shartnomasi tugashi bilan u mazkur mulkni o‘z ixtiyorida qoldirishni xohlaydi. Qonunchilik uning shunday huquqini himoya qiladi (shunday bo‘lsa ham ta’kidlash kerakki, lizing oluvchi lizing obyektini o‘ziga olishga majbur emas).
Shu munosabat bilan lizing oluvchining lizing obyektini o‘ziga olish mexanizmi va tartibiga lizing shartnomasini kiritish ham maqsadga muvofiqdir. Bunda esa shartnomasi muddati tugashi bilan lizing obyektini o‘ziga olish huquqini emas, balki uning bahosi va sotib olish to‘g‘risida aniq band kiritilishi kerak. Agar lizing shartnomasida faqat sotib olish huquqi ko‘rsatiladigan bo‘lsa, u holda bu band sotib olish bitimi tuzilishi oldidan dastlabki bitim sifatida qaraladi va lizing shartnomasining bajarilishi o‘z-o‘zidan lizing obyektini olish kerakligini bildirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 361- moddasiga binoan, tomonlarning kelajakdagi belgilangan ishlarini tugallash majburiyatini yuklaydigan shartnoma nizomi (mulkni qo‘lga kiritish) dastlabki shartnoma hisoblanadi va agar unda asosiy shartnoma tuzish muddati ko‘rsatilmasa, u holda asosiy shartnomani bir yil davomida tuzish kerak. Shunday qilib, dastlabki lizing shartnomasi tuzilgandan so‘ng, agarda tomonlar lizing obyektini sotib olish to‘g‘risidagi asosiy shartnomani tuzmasalar, lizing oluvchining lizing obyektini sotib olish huquqi bir yil o‘tib o‘z kuchini yo‘qotadi. Tomonlar lizing shartnomasida lizing obyektini sotib olishning aniq vaqtini ko‘rsatishsa, yuqorida qayd etilgan muammolarga duch kelmasliklari mumkin.
Lizing beruvchining lizing bitimi samarasini baholashi mulkka egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, risklar qiyosiy darajasini e’tiborga olib olinadigan pul mablag‘i joriy qiymatidan soliq to‘langandan so‘ng lizingdan tushadigan pul mablag‘i joriy qiymatini qiyoslashga asoslanadi. Lizing lizing oluvchi nuqtayi nazaridan katta moliya leverajini ta’minlaydi, ya’ni u soliq imtiyozlarini lizing mulkidan foydalanuvchidan kapital yetkazib beruvchi zimmasiga o‘tkazadi. Agar bu tomonlar turli soliq imtiyozlari sharoitida bo‘lsa, bunda ular, o‘zlari o‘rtasida tuziladigan lizing bitimini tuzish va amalga oshirish hisobiga oladilar.

Xulosa


  1. “Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni lizing munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat hisoblandi. Ushbu

qonun sanoat, qurilish korxonalari, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmini tadrijiy ravishda yanada ko‘paytirib borish uchun zarur bo‘lgan lizing xizmatlarini rivojlantirishda asosiy huquqiy bazadir. Mazkur qonunga muvofiq lizing investitsiya faoliyati sifatida baholanadi va u bir qator soliq hamda bojxona imtiyozlari va afzalliklariga ega bo‘lib, bular asosiy ishlab chiqarish vositalarini kam sarf-xarajat bilan yangilash yoki sotib olish imkonini beradi.

  1. Lizing biznesining o‘ziga xos xususiyati ham lizing bitimining ta’minlanishida lizing obyektining muhim ahamiyatga egaligidadir. U lizing shartnomasining butun muddati mobaynida lizingga beruvchining mulki bo‘lib qoladi. Agar olinayotgan mulk likvidli bo‘lmasa, lizingga beruvchi to‘lov qobiliyatining mavjud bo‘lmaslik riskining oldini olish yoki pasaytirish uchun lizing bitimining ta’minlanishini talab etishi lozim. Lizing bitimini ta’minlash qimmatli qog‘ozlar, topshiriqnoma, bank yoki boshqalarning kafolati kabi turlarda bo‘lishi mumkin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, lizing shartnomasi yozma ravishda tuziladi va unda bir qancha shartlar (nizomlar) ko‘rsatiladi. “Lizing to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, lizing shartnomasida quyidagi talablar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart: lizing obyektining holati, sharoitlari, o‘lchamlari, lizing to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati, tomonlarning lizing obyektidan foydalanish, uni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlari, tomonlarning ko‘rsatmalari, lizing obyekti va sotuvchini tanlash bo‘yicha javobgar tomon v.b. Shartnomada tomonlarning kelishuviga asosan yana boshqa shartlar ham ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish