K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet83/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Debet: 3036 ming so‘m, lizing oluvchi - “Olmos Trans” XK korxonasi hisob-varag‘i yoki bank vakillik hisobvarag‘i (lizing to‘lovlarining umumiy summasiga).
Kredit: 2000 ming so‘m, ssuda hisob varag‘i (amortizatsiya ajratmasi summasiga);
Kredit: 1036 ming so‘m, bankning daromadlar hisob varag‘i (foiz summasi, vositachilik va boshqa xarajatlar summasiga);
Bu yerda shuni qayd etib o‘tish kerakki, lizing to‘lovlari lizing shartnomalaridagi kelishuvlarga muvofiq, har bir ayrim holatlar bo‘yicha turlicha hisoblanishi mumkin. Masalan, ayrim hollarda lizing oluvchiga imtiyozli davr belgilanishi, ba’zi hollarda lizing to‘lovini kechiktirib to‘lashga kelishiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda esa lizing to‘lovlari lizing oluvchi tomonidan tomonlar kelishuviga muvofiq tuzilgan va lizing shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Lizing to‘lovlarini xalqaro andozalar asosida amalga oshirish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shu sababli lizing to‘lovlarining xalqaro andozalar bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari bu jarayonda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda xalqaro lizing amaliyotida lizing to‘lovlarini hisoblash usullarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda lizingga oluvchiga lizingning barcha xususiyatlari ham tavsiflanadi. Shunga asosan, pul mablag‘larining oqimiga ko‘ra:

    • lizing oluvchi lizing operatsiyalarini olib borish tajribasiga ega emas yoki tajribasi juda kam;

    • lizing oluvchi barqaror moliyaviy holatga ega;

    • lizing obyektini o‘rnatish va ishga tushirish lizing oluvchining ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatmaydi;

    • lizing kompaniyasi parallel ravishda bir qancha lizing shartnomasini amalga oshira oladi;

    • lizing shartnomasining muddati bank tomonidan lizing beruvchini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit muddatiga mos keladi.

Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish va uni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish masalalari alohida ilmiy izlanishni talab qiladi yoki mustaqil mavzu hisoblanadi.
Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish respublika tadbirkorlari uchun muhim ahamiyatga ega, buxgalteriya hisobi xalqaro andozalari talablari asosida yuritish tartibi ko‘p jihatdan mamlakatimizda joriy etilgan.
Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobini xalqaro andozalar bo‘yicha yuritishda quyidagi iboralar qo‘llaniladi:

  • minimal lizing (ijara) to‘lovlari - lizing oluvchi tomonidan ijara muddati davomida amalga oshiriladigan to‘lovlar summasi (xizmat ko‘rsatish xarajatlari va soliq to‘lovlaridan tashqari);

  • yalpi ijara investitsiyasi - minimal lizing (ijara) to‘lovlari summasi bilan kafolatlanmagan qoldiq summasi yig‘indisi;

  • sof ijara investitsiyasi - yalpi ijara investitsiyasi summasi bilan to‘lanmagan moliyaviy daromadlar summasi o‘rtasidagi farq (ayirmasi);

  • shartli lizing to‘lovlari - lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan, lizing to‘lovlari summasi aniq belgilanmasdan, shartnoma muddati davomida bozor konyunkturasi o‘zgarishini hisobga olgan holda o‘rnatilib boriladigan to‘lovlar summasi;

  • kafolatlangan qoldiq summa - lizing to‘lovlariga kiritilgan va shartnoma muddati tugagandan keyin lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to‘lab berishi kafolatlangan summa;

  • kafolatlanmagan qoldiq summa - lizing to‘lovlariga kiritilmagan va shartnoma muddati tugagandan so‘ng lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga lizing obyektining qoldiq qiymatini to‘lab berishi kafolatlanmagan summa;

  • haqiqiy qiymati - lizing obyektining bozor qiymati bo‘lib, uni yaxshi biladigan shaxslar tomonidan kelishilgan narxda sotib olish mumkin bo‘lgan bahosi;

  • minimal lizing (ijara) to‘lovlarining joriy qiymati - bo‘lg‘usi lizing (ijara) to‘lovlari summasining diskontlashtirilgan miqdori;

  • to‘lanmagan moliyaviy daromadlar - yalpi ijara investitsiyasi summasi bilan sof ijara investitsiyasi summasi o‘rtasidagi farq (ayirmasi).

Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotlar xalqaro andozalarining 17-shakliga muvofiq amalga oshiriladi.
Balansda lizing obyektining qiymati, uning haqqoniy (bozor) qiymati va shartnomada belgilangan joriy lizing to‘lovlari miqdorining qaysi biri past bo‘lsa, o‘sha summada aks ettirilishi lozim. Shu bilan birgalikda, lizing obyekti qiymatiga lizing beruvchi tomonidan uni balansga qabul qilguncha amalga oshirgan bevosita xarajatlari ham qo‘shiladi.
Lizingga oluvchining eng muhim majburiyati hisoblangan lizing to‘lovlari shartnoma obyektidan tadbirkorlik maqsadida odatiy ravishda foydalanganlik uchun amalga oshirilgan to‘lovlar miqdorini o‘zida aks ettiradi.
Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirilishini tushunish uchun quyidagi masalaning yechilishini ko‘rib chiqamiz.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish