Korxonalarning kreditga layoqatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinflarga
bo‘linishi
T/r
|
Nomi
|
1-sinf
|
2-sinf
|
3-sinf
|
1
|
Qoplash koef. (Q.k)
|
Q.k 2
|
1 |
0,5 |
2
|
Likvidlik koef.(L.k)
|
L.k 1,5
|
1< L.k <1,5
|
0.5 |
3
|
Muxtoriylik koef.(M.k)
|
M.k 60%
|
30%< M.k<60%
|
15%>M.k<30%
|
Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kreditlanadi. Ularga nisbatan kredit berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin,
ya’ni ishonchli krediti berilishi, qo‘shimcha ma’lumotlar va hisob-kitoblarsiz kredit berilishi hamda boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
Agar korxona 2-sinfga kiritilsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt manfiy qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, beqaror (barqaror emas) deb hisoblash lozim, bunday korxonalar bilan kredit shartnomalari tuzilganida uning faoliyati va kreditning qaytarilishi ustidan nazoratning qo‘shimcha choralari ko‘zda tutilishi kerak. Xususan, garov huquqi qattiqlashtirilishi, foiz stavkalari oshirilishi, kafolatlar berilishi hamda kreditdan foydalanish miqdorlari va muddatlari cheklanishi kerak.
Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqulodda hollarda yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stavkasini undirish bilan mol- mulk garovga qo‘yilgandagina kreditlanadi.
Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llari deganda, bu iloji boricha asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishini ta’minlash. Demakki, har bir ko‘rsatkich bo‘yicha yuqorilikka erishishdir. Buning uchun korxona barqaror ishlab chiqarish jarayonini birinchi galda tashkil etishi lozim. Pul mablag‘larining ortishi korxonaning birlamchi to‘lovlarni oshirish uchun kerak.
O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti bo‘yicha esa yuqori natijalarga erishish uchun o‘z mablag‘lari manbayining ortishini ta’minlash kerak. Chunki aylanmada ishlatiladigan mablag‘larda o‘z aylanma mablag‘lari ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, uning kreditga layoqatliligi ortadi. Uzoq muddatli aktivlar ortishi salbiy ta’sir etsada, ularning ortish sur’atini o‘z aylanma mablag‘lari mavjud summasining ortish sur’atidan pastroq bo‘lishini ta’minlash zarur. Yana korxonada o‘z aylanma mablag‘larining immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki ular immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘yilsa, ularning balans bo‘yicha hisoblangan qiymatidan haqiqatda aylanmada qatnashayotgan aylanma mablag‘lari kam chiqadi. Buning natijasida esa aylanma mablag‘lari aylanish koeffitsiyenti pasayadi, oqibatda o‘z aylanma mablag‘lari yetishmovchiligi yuzaga keladi. Kreditga layoqatlilik tahlilida aylanma mablag‘lari immobilizatsiyasini ham hisobga olish kerak. Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llaridan yana foyda va rentabellik ko‘rsat- kichlarini oshirish hisoblanadi. Korxona sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida ortishini ta’minlash lozim, buning uchun esa unga salbiy ta’sir etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta’sir etuvchi omillar ko‘payishini ta’minlash kerak.
Mijozlarning kreditga layoqatligini baholash tizimini takomillashtirish lozim. Hozirgi vaqtda amaliyotda qo‘llanilayotgan korxonalarning kreditga layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichlari davr talabiga javob bermay qolmoqda.
Har bir bankda mijozning kreditga layoqatliligini baholashda qo‘llaniladigan yagona ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqarilishi lozim.
Hozirgi kunda mijozning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar ko‘p sonli va xilma-xil bo‘lib, ularning juda ko‘pi bir-birini takrorlash xarakteriga ega. Ayrim kompyuter dasturlari o‘n va undan ortiq ko‘rsatkichlarni hisoblaydi. Ko‘rsatkichlarni bu qadar ko‘pligi tahlilni qiyinlashtiradi.
Bank amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, tarmoqlar o‘rtasidagi jiddiy farqlar koeffitsyentlarining barcha tarmoq korxonalari uchun yagona ahamiyati xususida gapirish imkonini bermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ayrim xorijiy davlatlarda kreditning sifatini tasniflashda tarmoq ma’lumotlariga asoslaniladi. Korxonaning moliyaviy ahvoli, ko‘p jihatdan, tarmoqdagi ahvol bilan belgilanadi. Va bunda, tarmoq riski degan tushuncha kiritiladi. Bu tushunchaga muvofiq, moliyaviy holat faoliyatdagi o‘zgarishlarning darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Shuning uchun ham korxonaning moliyaviy ahvoli, baholanayotganda, avvalo, korxona faoliyati bo‘yicha hisoblangan koeffitsentlarni o‘rtacha tarmoq koeffitsentlari bilan taqqoslash zarur.
1>1>2>
Do'stlaringiz bilan baham: |