Xulosa
Iqtisоdiyotni modernizatsiyalash vа investitsiyalаrini mamlakat iqtisodiyotiga jаlb qilishning kеngаyib bоrishi dаrаjаsigа qаrаb investitsiya fаоliyatini dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish, bеvоsitа chet el investitsiyalаrini yangi lоyihаlаrgа, shuningdеk, хususiy tаdbirkоrlik sub`еktlаrining kаttа qismini investitsiya fаоliyatigа jаlb qilishni hаm nаzаrdа tutаdi. Bundа mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalаr оqimini, shu bilаn birgа milliy iqtisоdiyot sub`еktlаrining bu fаоliyatdа ishtirоk etishini rаg‘bаtlаntirish muhim o‘rindа turаdi.
Investitsiya muhitini shakllantirishda infratuzilma bog‘inlarining rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mamlakatimiz investorlar uchun investitsiya muhitini qanchalik qulay qiladigan bo‘lsa, mamlakatda yaratilayotgan YIM o‘sishiga qulay zamin yaratiladi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizni jahon iqtisodiy integratsiyasiga izchil kirib borishini jadallashtiradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya’ni qulay investitsiya muhitining shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda, eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bank-kredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo‘lmoqda.
Bobga oid tayanch so‘z va iboralar
Investitsiya muhiti, iqtisodiy samara, siyosiy barqarorlik, soliq tizimi, makroiqtisodiy barqarorlik, geografik joylashuv, transport infratuzilmasi, investitsion jozibadorlik, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, investor huquqlari, BERI, ICOR, risk omili, investitsiyaning o‘sish darajasi, investitsion samaradorlik.
Nazorat uchun savollar
Investitsiya muhitiga ta’rif bering.
Investitsiya muhitiga qanday omillar ta’sir etadi?
Mamalakatdagi siyosiy barqarorlik deganda nimani tushunasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-aprelda qabul qilingan “To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4434-farmonini mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yaxshilashdagi ahamiyatini ayting.
Investitsion jozibadorlik tushunchasiga ta‘rif bering?
Investitsiya muhitini hisoblash ko‘rasatkichilari: “BERI” va “ICOR” haqida nimalarni bilasiz?
BERI ko‘rsatkichining hisoblash formulasini yozing.
ICOR ko‘rsatkichining hisoblash formulasini yozing.
Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlarini sanang.
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda davlatning roli qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |