Ko‘rsatkichlar
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Shu jumladan,
|
|
|
|
|
Sanoat
|
42,5
|
45,9
|
46,2
|
67,7
|
Qishloq xo‘jaligi
|
4,6
|
2,9
|
3,0
|
2,3
|
Transport
|
24,1
|
28,4
|
33,0
|
14,5
|
Aloqa
|
17,2
|
10,9
|
10,0
|
8,7
|
Komunal xo‘jaligi
|
2,0
|
4,2
|
3,7
|
3,9
|
Sog‘liqni saqlash
|
1,5
|
1,5
|
1,0
|
0,9
|
Ta’lim
|
1,2
|
0,3
|
0,1
|
0,3
|
Boshqalar
|
6,9
|
5,9
|
3,0
|
1,7
|
Tahlillar ko‘rsatishicha, respublika tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda qator muammolar mavjud:
investitsiya infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi — banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‘batlantirish
12 O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga qo‘yish;
tadbirkorlarning biznes ko‘nikmalarini oshirish, ularni investitsion faoliyatga jalb etish, tashkil etish bilan bog‘liq ishlar bajarilishining sekinligi;
xorijiy investorlarni to‘laqonli ravishda axborot bilan ta’minlash uchun har bir tarmoq o‘zining saytlarini yaratmaganligi;
ayrim korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilishdagi mavjud muammolar;
xorijiy investitsiyalarni tarmoqdagi soliq siyosati bilan to‘laqonli ta’minlashni amalga oshirilmayotganligi;
xomashyo sotib olishga aylanma mablag‘lar yetishmasligi;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning yetishmasligi;
texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab chiqarilgan mahsulotning xalqaro standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh emasligi.
Bu muammolarni hal qilish uchun korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, soliq imtiyozlarini berish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kerakli dasturlarni ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash uchun moliyaviy manbalarni aniqlash zarur.
Mustaqillikning ilk davrlarida biz uchun xorijiy investorlar juda zarur edi.
Buning bir qator obyektiv sabablari sabablari bo‘lgan, albatta.
Shu bois, aksariyat investitsiyalar hukumat kafolati ostida kelishini ta’minlab berish ustuvor ahamiyat kasb etar edi. Lekin xorijiy investorlarni doimo hukumat kafolati ostida kirib kelishining ham muayyan chegarasi va hajmi mavjud. Milliy iqtisodiyotda hukumat kafolati bilan kirib kelgan investitsiya loyihalari ko‘magida zarur chora-tadbirlar amalga oshirila boshlandi. Galdagi vazifa milliy iqtisodiyotga xorijlik sheriklarning o‘z xohishiga muvofiq kirib kelishi, shuningdek, investitsiyalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinishda bo‘lganiga ko‘proq e’tibor berilish zarurati tug‘ila boshladi. Xo‘sh to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning mazmuniga ega bo‘lish uchun investitsiyalar qanday ko‘rinishda bo‘lmog‘i darkor. Maxsus adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni quyidagi jihatlari bilan investitsiyalarning boshqa turlaridan keskin ajratish mumkin. Xususan:
to‘g‘ri (real) kapitalni shakllantiruvchi investitsiya turi uzoq muddatga mo‘ljallangan investitsiya bo‘lib, asosiy vositalarga sarflanadi va mamlakatdagi
ishlab chiqarish apparatining yangilanish ko‘rsatkichlarini tezlashtirishga qulay imkoniyat tug‘diradi;
xo‘jalik subyektlari muomalaga chiqargan oddiy aksiyalarning 10% dan ortiq qismini xarid qilgan investorlar ham to‘g‘ri investitsiyalar hajmining ko‘payishiga olib keluvchi iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti tajribasidan xorij kapitalini, xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish investitsiyalashda eng samarali vosita ekanligi ma’lum. Aynan chet el investitsiyalari mamlakatda iqtisodiy va texnologik yangilanish jarayonini harakatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni boshqa turdagi investitsiyalarga qaraganda, bir qator ustuvor jihatlari mavjudligini jahon bozorida samarali ishtirok etayotgan rivojlangan mamlakatlarning amaliy tajribasi namoyon qilgan va bu jarayon hamon davom etmoqda. Bizningcha milliy iqtisodiyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar rivoj topishiga bir qator sabablar mavjud, ularning asosiysi quyidagilar hisoblanadi:
mamlakatda yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri ishsizlik miqdorini kamaytirishga yaqindan ko‘mak beradi;
respublikada yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishi, o‘z navbatida, yangi soliq to‘lovchi subyekt (yuridik va jismoniy shaxslar)lar qatlamining kengayishiga olib kelib, soliq yukini yanada pasaytirishga qulay imkoniyat tug‘diradi;
mamlakatda eksport va import o‘rtasidagi muvozanat eksportning yuksalishi va importning kamayishiga olib keladi. Bu valyuta zaxiralarini tejash bilan birga ularning hajmini oshirishga ijobiy turtki bo‘ladi;
milliy iqtisodiyotda hozir juda zarur bo‘lgan zamonaviy menejment usul va prinsiplarini o‘zlashtirish ortiqcha moliyaviy mablag‘lar sarf etmasdan amalga oshirish imkoniyatlari tug‘iladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va mavjud holatlarga tayanib xulosa qiladigan bo‘lsak, manzara unchalik yomon emas. Barcha ko‘rsatkichlar risoladagidek ketmoqda. Lekin mavjud ilmiy salohiyat, tabiiy resurslarga boy mintaqa va nisbatan arzon ishchi kuchiga ega bo‘lgan davlatda amaldagi holatni yanada jadallashtirish imkoniyatlarimavjud bo‘ladi. Buning uchun davlatimiz tomonidan belgilab berilayotgan yo‘nalishlarni hayotga izchil tadbiq etishimiz va davr talabiga mos ravishda ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishimiz lozim.
Xulosa
Milliy investitsiya muhiti chet el investitsiyalari oqimi uchun qulay va maqbul bo‘lishi kerak. Buning uchun jami investitsiya risklari, xavfsizlik, daromadlilik, chet el investitsiyalari likvidligi, investitsiyalash maqsadlari
inobatga olinishi zarur va bular asosida baholanishi shart. Bu borada qulay mahalliy sharoitlar, investitsiyalarni rag‘batlantirish tadbirlari, konsessiyalar tashkil etish, eksport sanoati rayonlari, bojxona bojlari amal qilmaydigan va erkin savdo zonalarini tashkil qilish va tijorat banklari kreditlarining qayta moliyalashtirish stavkalarini yanada tushirish, ular uchun imtiyozli kredit stavkalarini joriy etish maqsadga muvofiq.
Maqsadiga ko‘ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel investitsiyalarga bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – kapitalning to‘g‘ridan to‘g‘ri eksporti bo‘lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shoxobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar, asosan, xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish uchun, nafaqat hududlar, balki tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya faoliyatining subyekti va obyektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda chet el investitsiyasini iqtisodiyot sohalari bo‘yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va unda tarmoqlarni, asosan, uch guruhga, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy sohalarga bo‘lib, investitsiyani ustuvor darajada real sektorga yo‘naltirib, so‘ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy sohalarga ham jalb etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, unung faoliyat subyektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi.
Har bir region o‘zining hududida u yoki bu tarmoqning rivojlanish darajasi va mavjudligi bilan farq qiladi. Bu omil erkin iqtisodiy zonalarning ma’lum yo‘nalishdagi modelini tanlashda rivojlanishi strategiyasini ishlab chiqarishda va infratuzilmasini yaratishda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |