Ta'sirlanuvchanlik - organizmning tashqi va ichki ta'sirotlarga bo‘lgan
javobidir. Nerv sistemasi rivojlanmagan organizmlarda ta'sirlanuvchanlik tropizm,
nastiya, taksis shaklida namoyon bo‘ladi.
Ta’sirlanuvchanlik organizmning doimo o‘zgarib turuvchi tashqi muhit
sharoitlariga moslashishini ta'minlaydi. Harakat qilish ham tirik mavjudotlarga xos
xususiyatlardan, ta'sirlanuvchanlikning tashqi ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Hujayrada harakat-sikloz, (o‘simlik hujayralarida) amyobasimon, tebranuvchi,
kiprikli, xivchinli, mushakli shakllarda yuzaga chiqadi. Biologik harakatning eng
oliy darajasi - mushak harakati hisoblanadi. Ularda qisqaruvchi va yoziluvchi
maxsus organoidlar miofibrillalar harakatini yuzaga chiqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |