Mashg‘ulot rejasi.
Mashg‘ulotning mazmunini talabalar muallim yordamida o‘zlashtirib oladilar.
Keyin muallim mustaqil ishlar tartibini tushuntirib beradi. Talabalar autosomlar va
jinsiy xromosomalar sonining o‘zgarish mexanizmlarini tasvirlashni mustaqil
ravishda o‘rganadilar, Xromosoma aberratsiyalari turlarini, ularning kelib chiqishini
tasvirlovchi jadvallardan foydalanib albomlarga yozib oladilar, metafaza
kariotiplaridan kariogramma tuzadilar, Tayyor kariotiplardan foydalanib har xil
xromosoma kasalliklarini aniqlashni o‘rganadilar, jinsiy xromatinni saqlovchi tayyor
preparatlarni o'rganadilar. Mashg‘ulot oxirida albomlar tekshirlib, talabalar bilimi
baholanadi, keyingi mashg‘ulotga topshiriq beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |