Makroevolyutsiya - juda katta vaqt intervallarida kuzatiladigan, yirik
taksonomik guruhlar hosil bo‘lishiga olib keluvchi evolyutsion jarayon. Bu jarayon
natijasida turdan yuqori tipgacha bo‘lgan guruhlar kelib chiqadi.
Mikroevolyutsiya - tur ichida kechadigan, turning differensiasiyalanishiga olib
keladigan va yangi tur hosil bo‘lishi bilan tugallanadigan jarayon. Mikroevolyutsiya
jarayonlarini eksperimental usul yordamida populyatsiyalarda kuzatish imkoniyati
mavjud.
Populyatsiya - uzoq vaqt davomida bir hududda yashaydigan o‘zining
mustaqil genetik sistemasiga va ekologik uyasiga ega, turning boshqa
populyatsiyalari bilan panmiksiya holatida bo‘lgan turning o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi
eng kichik guruhidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |