K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Ishlatilgan neft mahsulotlarining



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Ishlatilgan neft mahsulotlarining
fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsalkichlar
Guruhlar uchun me’yorlar
IMM
ISM
INMA
Kinematik qovushoqlik, mm
2
/s (kamida) 
50°C da 100°C da
25 5
5

Shartli qovushoqlik 20°C da (kamida)
29
13

Alangalanish harorati, °C (kamida)
100
120

Moylardagi aralashmalarning massa bir-
ligidagi ulushi, % (ko‘pi bilan):
mexanik aralashmalar
suv
yonilg‘i
2
4
6
2
4
6
3
5

Ishlatilgan neft mahsulotlari texnik xizmat ko‘rsatish punktlari 
va stansiyalari, neft omborxonalarida, moy tarqatish punktlarida va 
ta’mirlash ustaxonalarida, shaxsiy, korxona va tashkilot transport 
vositalaridan va texnikaning boshqa turlaridan qabul qilib olina-
di va yig‘iladi. Bunda ishlatiladigan mahsulot idishlariga ko‘zi 
1 sm
2
 dan oshmagan to‘r o‘rnatilgan voronkalar orqali quyiladi. 
Ishlatilgan neft mahsulotlarining sifati neft bazasi va neft omborlari 
laboratoriyalarida aniqlanadi. Bundan tashqari, tezkorlik bilan tek-
shirish uchun ЛАОН ko‘chma laboratoriyasidan ham foydalaniladi, 
uning tarkibidagi uskuna va asboblar bir zumda neft mahsulotlari-
ning namunasini olish va asosiy fizikaviy­kimyoviy ko‘rsatkichlari 
(mexanik aralashmalar va suv miqdori, alangalanish harorati)ni 
0,5–1,3 soatda aniqlash imkonini beradi. 
Moylarning tarkibida ekspluatatsiya sharoitida murakkab jara-
yonlar natijasida (oksidlanish, termik parchalanish, mexanik if-
loslanish, suv bilan aralashish, suyulish) turli tarkibga ega bo‘lgan 


196
qo‘shilmalar uning xususiyatlarini pasaytiradi, bu esa, o‘z navbati-
da, moyning sifat ko‘rsatkichlarini har xil usullar qo‘llab tiklashni 
talab etadi. 
Moylarni tozalash va sifat ko‘rsatkichlarini tiklashda ular 
tarkibidagi  eskirish  mahsulotlarini  fizikaviy  va  kimyoviy  usullar 
bilan chiqaruvchi texnologik operatsiyalar qo‘llaniladi. 
Fizikaviy  usullarga  ishlatilgan  moylarni  kuchlar  maydonida 
gravitatsion, markazdan qochma, elektrik, magnit va tebranma 
kuchlardan foydalanilanish hamda filtrlash usullari kiradi. Moylar-
ni gravitatsion usulda tozalash-cho‘ktirishda muallaq suzayotgan 
qattiq zarrachalar va suv mikrotomchilari og‘irlik kuchi ta’sirida 
tindiriladi. Eng oddiysi statik tindirish jarayoni bo‘lib, bu davriy 
harakatlanuvchi tindirgichlarda amalga oshiriladi. Lekin bu usulni 
qo‘llash ko‘p vaqt talab etadi, yaxshi tozalash darajasiga erishish 
uchun esa moyni qizdirib uning qovushoqligini pasaytirish kerak 
bo‘ladi. 
Uzluksiz va yarim uzluksiz dinamik tindirgichlarni qo‘llash va 
ularni tindirish jarayonlarini tezlashtirish moslamalari bilan jihoz-
lash tozalash samarasini oshiradi, lekin qurilma murakkablashib uni 
ishlatish qiyinlashadi. Agar moy tarkibida yuvuvchi qo‘shilmalar 
yoki zarrachalarning agregatlanishiga va suv mikrotomchilarining 
koagulatsiyalanishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar mavjud bo‘lsa, 
cho‘kish jarayoni sekinlashadi va ishlatilgan moyni iflosliklardan 
tozalash darajasi pasayadi. 
Tozalash jarayonini markazdan qochma kuchlar maydonidan 
foydalanib tezlashtirish mumkin. Bunday kuch maydonlarini ikki 
usulda hosil qilish mumkin: qo‘zg‘almas apparat moy oqimining 
aylanma harakati – gidrosiklon va moy oqimini aylanuvchi appa-
ratga berish – sentrifugaga berish. Moy oqimining gidrosiklonda-
gi harakat shakliga qarab, siklonlar to‘g‘ri va teskari oquvchilarga 
bo‘linadi. Teskari oquvchi gidrosiklonlar ko‘proq ishlatiladi, ular 
ko‘proq gidravlik qarshilikka ega. Tozalanish darajasini oshirish 
uchun moy oqimining gidrosiklonga kirishdagi tezligi oshiriladi 
yoki bir necha gidrosiklonlar ketma-ket o‘rnatiladi. 
197
Sentrifugalarda markazdan qochma kuch apparatning qo‘zg‘a-
luvchan qismi – rotorni aktiv elektrik, gidravlik va mexanik hara-
katga keltirishi yoki tozalanayotgan moy oqimi energiyasidan foy-
dalanuvchi reaktiv kuch yordamida harakatga keltirishi mumkin. 
Siklonlarda yuqori tozalanish darajasiga erishish mumkin. Ularda 
yuqori gidravlik qarshilik ko‘rsatish natijasida doimiy o‘tkazish 
qobiliyati ta’minlanadi, lekin ularning konstruksiyasi nisbatan 
murakkab va ishlatish ancha qiyin. 
Moylarni qattiq zarrachalardan tozalash uchun bir xil yoki har 
xil elektromaydonli elektr tozalagichlar ishlatiladi. Bir jinsli may-
don ishlatilganida, moy har xil zaryadlangan elektrodlar oralig‘idan 
o‘tkaziladi va elektrodlarda zarrachalar ushlanib qoladi. Bunda 
zaryadlarning qayta zaryadlanish hollari sodir bo‘lishi, keyin esa 
moy oqimi bilan qisman oqib ketish hollari bo‘ladi. Ko‘p jinsli elek-
trik maydondan foydalanishda zarrachalar oldindan ionlashtiriladi, 
keyin qarama-qarshi zaryadlangan elektrodlarga ko‘chadi. 
Moydagi suvni doimiy yoki o‘zgaruvchan elektr maydonida 
biqutb koalessensiya yoki dielektroforez hodisasidan foydalanib 
ajratish mumkin. Birinchi holda suv tomchilaridan dipol moment-
lari hosil bo‘lib, ularni bir-biriga tortib birlashtiradi. O‘zaro torti-
shish kuchi maydon kuchlanishining oshishiga qarab ma’lum kritik 
qiymatgacha  oshib  borib,  keyin  tomchilar  parchalanadi.  Dielek-
troforezda suvning tomchilari ko‘p jinsli elektr maydoni ta’sirida 
elektrodlarning biriga qarab harakatlanadi, zaryadlanadi, keyin qa-
rama-qarshi zaryadlangan elektrodga tortiladi, tomchilarning elek-
trodlar orasida bir necha marta qo‘zg‘alishida ular bir-biri bilan 
to‘qnashadi, qo‘shilishadi va tindirgichda cho‘kadi. 
Ishlatilgan  moy  tarkibida  ko‘p  miqdordi  ferromagnitli  iflosla­
nishlar bo‘ladi, ular qism va tarmoqlarning yeyilishi natijasida va 
tashqaridan tushadi. Moyni aralashmalardan tozalash uchun mag-
nit maydonlaridan foydalanishga asoslangan magnit tozalagichlar 
ishlatiladi. Bu tozalagichlarda moylar ferromagnit, diamagnit va 
paramagnit zarrachalaridan tozalanishi mumkin. 


198
Ishlatilgan moylarni tozalashda, shuningdek, gidrodinamik va 
mexanik usullar bilan kuzatiladigan yumshoq tebranishlar may-
doni ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda qattiq zarrachalarning koa-
gulatsiyasi hosil bo‘lib, ularni cho‘ktirish yoki g‘ovak to‘siqlar 
orqali tozalash usuli bilan osongina ajratib olish mumkin. Moylarni 
tozalashda tozalash mayinligi dag‘al tozalash (70–100 mkm), o‘r-
tacha (20–60 mkm), mayin (1–20 mkm) va ultrafiltrlardan (0,1 mkm 
dan kam) tozalovchi material sifatida foydalaniladi. 
Moylardan  organik  iflosliklarni  chiqarib  tashlash  uchun  ul-
trafiltrlash  va  teskari  osmos  hodisasi  yoki  membran  jarayonlari 
qo‘llaniladi. Membran jarayonlar yarimo‘tkazgich to‘siqlar yor-
damida bir xil moddalarning molekulalarini o‘tkazib, qolganla-
rini ushlab qolish xususiyatiga asoslangan. To‘siqlar sifatida po-
limer plyonkalar, g‘ovak shisha, zar qog‘oz va ion almashtiruvchi 
moddalar ishlatiladi. Fizikaviy tozalash usullaridan tashqari fizik­
kimyoviy usullari ham qo‘llanadi. Ishlatilgan moylarni adsorbsion 
usulda tozalashda quyidagi sorbentlar ishlatiladi: tabiiy sorbent-
lar – oqlovchi loy, oksidlar, tabiiy seolitlar; sun’iy sorbentlar – se-
ligakel, aluminiy oksidi, alumosilikatli birikmalar, sintetik seolitlar. 
Ishlatilgan moylarni tozalash uchun katta g‘ovakli seligakel KSK 
donachalari (diametri 3–7 mm li) va aluminiyning aktiv oksidi (di-
ametri 3–6 mm, 10–25 mm uzunlikdagi sterjenlar shaklida hamda 
dona shaklida) ishlatiladi. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish