K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


va texnik suyuqliklarning sifatini nazorat qilish



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

va texnik suyuqliklarning sifatini nazorat qilish
Barcha neft mahsulotlarining fizik­kimyoviy xossalari standart 
yoki texnik shartlar talablariga javob berganidagina ulardan foyda-
lanish mumkin. Shuning uchun neft mahsulotlari bilan ta’minlov-
chi tashkilotning neft omboridan olinadigan har bir neft mahsulo-
ti uchun uning sifat pasportini talab qilish zarur. Neft omborining 
mudiri bu sifat pasporti asosida hisob-kitob jurnalini to‘ldirib bora-
di.  Jurnalga  yonilg‘i  olingan  kun,  partiya  tartib  raqami,  yonilg‘i 
yoki  moy  markasi,  asosiy  fizik­kimyoviy  ko‘rsatkichlari  hamda 
ularning standart talabiga mos kelish yoki kelmasligi qayd qilina-
di. Olingan mahsulotlar navlari bo‘yichagina emas, balki markalari 
bo‘yicha hamda alohida-alohida saqlanishi zarur. 
Benzin, motor moylari va plastik surkov moylarining sifati ka-
mida yiliga ikki marta, dizel yonilg‘isi va boshqa moylarniki esa 
201
har yili tekshirib turilishi kerak. Nazorat-tekshirish uchun (sifat 
pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar doirasida) yonilg‘i va moy-
lash materiallarining namunalarini neft mahsulotlari bilan ta’min-
lovchi tashkilotlarning neft bazalaridagi laboratoriyalarga yuborish 
mumkin. Bundan tashqari, neft mahsulotlarining sifati bevosi-
ta xo‘jalikning yoki korxonaning o‘zida oddiy usullar bilan ham 
aniqlab turilishi zarur. Bu tadbirlar neft mahsulotlarini tejashgagina 
emas, balki texnikaning buzilmasdan, ishonchli va samarali ishlash 
muddatini uzaytirishga, ehtiyot qismlar sarfini kamaytirishga im-
kon beradi. 
Ko‘pgina mashinalarni sinash stansiyalarida neft mahsulotlari-
ni tekshirish uchun yarim jihozlangan laboratoriyalar mavjud. Bu 
laboratoriyalar yangi yonilg‘i va moylash materiallarini sinovdan 
o‘tkazish, shuningdek, yaqin atrofdagi korxonalar va xo‘jaliklar 
mashinalarida ishlatiladigan neft mahsulotlari sifatini tekshirish 
uchun mo‘ljallangan. 
8. 1- rasm. Namuna olish uchun ruletkali lot:
– chizg‘ich; – rezba; 3 – shtutser; 4 – ruletka; 5 – rezina naycha; 
6 – qopqoq; 7 – stakan. 
Bundan tashqari, qo‘lda olib yuriladigan РЛ va РЛ–2М labora-
toriyalari keng tarqalgan. Bu laboratoriyalarning jihozlari, sig‘im-
lar, sisternalar va boshqa idishlardan yonilg‘i va moylash mate-
riallarining namunalarini olib, ularning sifatini, ya’ni zichligini, 


202
mexanik aralashmalar, suv, smolali birikmalar borligini, moylar-
nnig kinematik qovushoqligini tekshirish imkonini beradi. 
Laboratoriya jamlanmasiga sig‘im, sisterna va boshqa katta 
idishlardan namuna olish uchun ishlatiladigan lot (8. 1- rasm) ki-
radi. Namuna olish vaqtida rezina naycha 5 ning yuqori uchi qisib 
qo‘yiladi va ruletka yordamida lot kerakli chuqurlikka tushiriladi. 
So‘ngra naycha ochiladi, shunda neft mahsuloti stakan ni to‘ldira-
di. Namuna olgich ko‘tariladi, qopqog‘i burab ochiladi va yonilg‘i 
quruq, toza idishga to‘kiladi. Agar sig‘im tubidagi suv qatlamining 
qalinligini aniqlash lozim bo‘lsa, chizg‘ich 1 ga yupqa qilib pasta 
surtiladi yoki unga suvga sezgir qog‘oz mahkamlanadi. 
Kichikroq idishdan namuna olish uchun laboratoriya qop-
qog‘ining ichki tomoniga qo‘yilgan namuna olgichlardan foydala-
niladi (8. 2- rasm). Yonilg‘i aluminiy naycha 1 yordamida, moy esa 
naycha yordamida olinadi. Ular namuna olgichning yuqorigi qis-
miga oraliq detal vositasida biriktirib tutashtiriladi. Plastik surkov 
moylaridan namuna olish uchun ularga namuna olgich 3  burab 
kirgiziladi. Teshikka qo‘yiladigan kurakcha yordamida namuna 
bankaga tushiriladi va yaxshilab aralashtiriladi. 
8. 2- rasm. Namuna olgichlar:
a, b, d – mos ravishda yonilg‘i, moy, surkov moyi olish uchun naycha-
lar; e – kurakcha. 
203
Sig‘imlarda neft mahsulotining uchta sathidan, ya’ni neft mah-
sulotining yuzidan 200 mm chuqurdan (1 qism), o‘rta sathidan 
(3 qism) va rezervuar tubidan 250–300 mm chuqurlikda joylashgan 
pastki sathidan (1 qism) olingan namunalar aralashtirilib, neft mah-
sulotining o‘rtacha namunasi olinadi. Har bir namunaga uning mar-
kasi va olingan kuni ko‘rsatilgan yorliq yopishtirladi. Uzoq muddat 
saqlashda har 3 oyda o‘rta qatlamdan hamda idish tubidan namuna 
olinib, yonilg‘ining ifloslanganligi tekshiriladi. 
Laboratoriyada, namuna olgichdan tashqari, areometrlar (zich-
likni aniqlash uchun), termometrlar, spirtometr, gidrometr (anti-
frizning qotish haroratini aniqlash uchun) kabi qator o‘lchash ji-
hozlari ham bo‘ladi. Laboratoriyada jihozlar ro‘yxati bilan birga 
ulardan foydalanish qoidalari yozilgan yo‘riqnoma ham mavjud. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish