Neft mahsulotlarining bug‘lanuvchanlik darajasi boyicha turlari
Guruh
Sinf Alangalanish
harorati, °C
Neft mahsulotlari
Oson alangala-
nadigan
пин
28 gacha
28–4545–120
Benzinlar, erituvchilar, kerosin va
boshqa neft mahsulotlari, dizel va mo-
tor yonilg‘ilari, mazutlar, ishlatilgan
moylar
Yonuvchi
IV
120 dan
yuqori
Surkov moylari, plastik surkov moylari
ATK (yoki AYOQSH)ning omborxonalari va, shuningdek,
yonilg‘i quyish shoxobchalari ATKning texnik xizmat bo‘limi to-
monidan belgilangan shaklda tuzilgan pasportga ega bo‘lishi lozim.
Omborxonalarning texnik jihozlanganlik darajasiga bog‘liq hol-
da yonilg‘ilar yer ostiga joylashtirilgan, yerga yarim ko‘milgan va
yer ustiga o‘rnatilgan sig‘imlarda saqlanishi mumkin. Ular amalda-
gi qoidalar asosida jihozlangan bo‘lishi zarur. Yonilg‘ilar sig‘imlar-
da moylash materiallari va maxsus suyuqliklar taralarda markalari
bo‘yicha alohida-alohida saqlanishi lozim. Shuningdek, ularga bo-
rish yo‘laklari qulay bo‘lishi zarur. Sig‘im va taralar ularda saqla-
nayotgan neft mahsulotining massasi, markasi va navi ko‘rsatil-
193
gan holda tamg‘alanishi lozim. Sig‘imda saqlanayotgan yonilg‘i
miqdori har bir sig‘imda mavjud bo‘lgan (yoki tuzib qo‘yilgan)
kalibrlangan jadvallar yordamida aniqlanadi. Neft mahsulotlari-
ni tarqatish haydovchi tomonidan yo‘l varaqasi va tegishli talon
taqdim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Avtomobil sisternasiga
quyilgan yonilg‘i miqdori yo‘l varaqasi hamda yonilg‘i va moylash
materiallarini kundalik hisobga olish qaydnomasiga qayd etiladi.
Yonilg‘ini yer ostiga joylashtirilgan sig‘imlarda saqlash yong‘in
sodir bo‘lish nuqtayi nazaridan ancha xavfsiz va yonilg‘i bug‘la-
nishi (miqdorining kamayishi) ancha kamdir. Shuning uchun
yonilg‘ini saqlashning bunday usulidan keng foydalaniladi. Yon-
nilg‘i saqlashda foydalaniladigan sig‘imlarga latun to‘rli yong‘in-
dan himoyalagichlar o‘rnatiladi, bu himoyalagichlar sig‘imlarga
yong‘in o‘tib ketishidan saqlaydi.
Dizel yonilg‘ilarini saqlashda qo‘shimcha sig‘im o‘rnatilib, bu
sig‘imlarda yonilg‘i o‘n kun davomida tindirilishi ta’minlanadi.
So‘rish quvurining pastki uchi tomoniga qalqovuch o‘rnatilib, u
idishning ustki tomonida tinib, to‘planib qolgan yonilg‘ini avtomo-
bilga quyish uchun xizmat qiladi.
ATKlarda avtomobil yonilg‘isi va boshqa neft mahsulotlari
avtomobillarning yo‘l varaqasi ko‘rsatilsagina beriladi. AYoQSH-
larda esa yonilg‘i ATK belgilangan fond bo‘yicha neft ta’minoti
korxonalaridan olingan yagona talon asosida beriladi.
Yonilg‘i saqlashda va tarqatib berishda chekish va olovdan foy-
dalanish taqiqlanadi. Avtomobilga yonilg‘i faqat u ishlamay turgan
paytda quyiladi. Yonilg‘i quyish shoxobchalarini o‘t o‘chirgich va
qumli quti bilan jihozlash lozim.
Etillangan benzin alohida sig‘imlarda saqlanib, uni avtomobilga
quyishda maxsus qurilmadan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |