32
Nomogramma 10, 50 va 90 foiz benzin haydaladigan haroratlar-
dan kelib chiqib uchta zonaga ajratilgan.
Benzinli dvigatellarning oson ishga tushishi benzin tarkibida-
gi yengil fraksiyalarning miqdoriga bog‘liq. Benzin tarkibida past
haroratlarda qaynaydigan uglevodorodlar miqdori qancha ko‘p
bo‘lsa, dvigatelni ishga tushirish shuncha oson bo‘ladi. Shuning
uchun dvigatelning qay darajada ishga tushirilishi benzinni hay-
dashda dastlabki 10 foiz benzinning bug‘lanishiga yoki 10 foiz
fraksiyaning haydalish haroratiga bog‘liqdir. Shunga ko‘ra ayla-
nish chastotasi 35–40 ayl/min bo‘lganida tirsakli val bir-ikki marta
aylanganida ishga tushsa, dvigatel oson ishga tushirilgan hisobla-
nadi. Agar tirsakli valning aylanishlar soni ikkitadan ortiq bo‘lsa,
dvigatel qiyin ishga tushirilgan hisoblanadi.
Benzinning ishga tushirish xususiyatini baholash uchun nomo-
grammadan dvigatelni oson va qiyinchilik bilan ishga tushirish-
dagi tashqi havo harorati aniqlanadi. Buning uchun gorizontal o‘q
bo‘ylab benzinning 10 foiz fraksiyasi bug‘lanadigan harorat (ush-
bu holda 70°C) belgilanadi; shu nuqtadan perpendikular o‘tkazi-
ladi (uzuq chiziq); perpendikular chiziqning nomogrammadagi
grafiklar bilan kesishgan nuqtalari belgilanadi va verlikal o‘q bilan
birlashtiriladi (gorizontal o‘qqa parallel chiziqlar o‘tkaziladi). Kel-
tirilgan misolda sovuq dvigatelni oson ishga tushirish uchun tashqi
havo harorati minus 5°C, qiyinchilik bilan ishga tushirish harorati
esa minus 15°C ekanligi ko‘rinadi.
Sovuq dvigatel ishga tushirilganidan so‘ng qizdirilishi lozim.
Bu bosqich qancha kam davom etsa, avtomobil harakatlanishga
shuncha tezroq tayyor bo‘ladi, shuning bilan birga, moyning kuyi-
shi va detallarning yeyilishi kam bo‘ladi. Dvigatelning qizdirilish
tezligi benzin fraksiyalari 50 foizining bug‘lanish harorati (
t
50%
) bi-
lan xarakterlanadi. Bu nuqta haydash egri chizig‘i bilan dvigatel-
ning moslanuvchanligini va uni drossel to‘la ochilmagan hollarda
ham ishonchli ishlashini baholaydi. Haqiqatan ham,
t
50%
juda ham
yuqori bo‘lganida, bunda benzin sekin bug‘lanadi, siyrak ishchi
33
aralashma hosil bo‘ladi, buning natijasida dvigatelni qizdirish uzoq
vaqt davom etadi va uning moslanuvchanligi sezilarli darajada
yomonlashadi. Bu kamchiliklarning kelib chiqmasligi uchun dvi-
gatelni nomogramma asosida aniqlangan tashqi havo haroratidan
past haroratlarda ishlatmaslik lozim. Masalan,
t
90%
= 122°C bo‘lgan
benzin tashqi havo harorati minus 15°C dan past bo‘lmaganida dvi-
gatelning tez qizishi va yaxshi moslashishini ta’minlaydi.
t
90%
, OH va haydalishdan so‘ng qolgan qoldiq benzin tarkibidagi
og‘ir, shu bilan birga, qiyin bug‘lanadigan fraksiyalarni xarakter-
laydi.
t
90%
,
OH qancha yuqori bo‘lsa, yonilg‘ini haydashda shuncha
ko‘p qoldiq qoladi, buning natijasida yonilg‘i to‘la bug‘lanmaydi
va to‘la yonmaydi. Yonilg‘ining to‘la yonmasligi natijasida yonilg‘i
sarfi ortadi (2. 6 rasm) va dvigatelning quvvati pasayadi.
2. 6- rasm. Yonilg‘ini haydash oxiridagi haroratning (OH)
Do'stlaringiz bilan baham: