dvigatel detallarining yemirilishiga ta’siri.
Shu bilan birgalikda, to‘yingan bug‘ bosimi yuqori bo‘lgan
yonilg‘ilarni ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki ta’min-
lash tizimida bug‘ tiqini hosil bo‘lishi mumkin. Buning natijasida
silindr larning to‘ldirilishi pasayadi va oqibatda dvigatelning quv-
vati pasayadi. Bundan tashqari, benzinni saqlash va tashish vaqtida
uning ko‘p qismi bug‘lanib isrof bo‘ladi.
36
2. 5. Yonilg‘ining normal va detonatsion yonishi
Yonilg‘ining yonishi dvigatelda sodir bo‘ladigan asosiy ja-
rayondir. Dvigatelning texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlari silindrda
yonilg‘ining yonish jarayoni qanday kechishiga bog‘liq. Yonish ja-
rayonining to‘g‘ri kechishi bir qator omillarga bog‘liq. Jumladan,
dvigatelning konstruktiv xususiyatlari, yonilg‘ining kimyoviy
tarkibi, ishchi aralashmaning tarkibi, bosim va harorati, uchqun
berilishi va boshqalar.
Siqish taktining oxirida svechadan uchqun chiqqanida alanga-
lanishdan oldin yonilg‘ining oksidlanish reaksiyalari sodir bo‘ladi
va dvigatelning yonish kamerasidagi ish aralashmasi o‘t oldirish
svechasi yaqinida yona boshlaydi. Ish aralashmasining yonishi va
yonish jarayoni normal kechganida yonilg‘ining bir qismi alanga-
lanib, alanga frontining siljishi ishchi aralashmaning issiqlik o‘tka-
zuvchanligi, issiqlik uzatish va nur tarqatish hisobiga kengayib
boradi (2. 8- rasm).
Yonish natijasida bosim oshadi va aralashmaning yonmagan qis-
mi alanga oldiga siljiy boradi. Normal yonishda alanga 25–40 m/s
tezlikda tarqaladi. Yonish tezligi harorat va bosim ko‘tarilishi,
shuningdek, ishchi aralashma biroz quyuqlashishi bilan yana-da
ortadi. Yonish tezligining maksimal qiymati havoning ortiqchalik
koeffitsiyenti (α/0,93–0,95)ga to‘g‘ri keladi.
Normal yonishda butun yonish davrida yonish tezligi taxminan
bir xil bo‘ladi, dvigatel silindridagi bosim esa yonish mahsulla-
rining kengayishi natijasida asta-sekin ortadi va y. ch. n. yaqinida
maksimal qiymatga erishadi. Porshen p. ch. n. ga qarab siljiydi,
yonish mahsullari egallagan hajm kengayadi, natijada dvigatel
ravon va normal ishlaydi.
Dvigatel tirsakli valini aylanish chastotasining oshib borishi ish-
chi aralashmani uyurma to‘lqinli harakatini kuchaytiradi, bu esa
alanga fronti sirti va yonish tezligini oshiradi. Dvigatel si lindrida
aralashmani normal yonishida bosim bir tekisda o‘sib boradi
(2. 8- rasm).
37
2. 8- rasm. Ish aralashmasining yonish sxemasi:
1 – yongan aralashma; 2 – alanga fronti; 3 – alangasiz yonish zonasi;
4 – yonmagan aralashma.
Ba’zi hollarda (ayniqsa, siqish darajasi yuqori bo‘lgan
dvi gatellar uchun noto‘g‘ri benzin tanlanganida) yonish jarayoni
kes kin o‘zgarishi mumkin. Yonuvchi aralashmaning bosimi va
haro ra tining ko‘tarilishi yonish tezligini oshirishi mumkin. Bunda
chala yongan yonilg‘i uglevodorodlarining oksidlanish jarayoni
tez lashadi (3- va 4- zonalar), normal yonish tartibi buzilib, portlab
yonishga o‘tish, ya’ni detonatsion yonish sodir bo‘lishi mumkin.
Detonatsion yonishda alanga frontining tarqalishi (4- zona)
juda katta tezlikda 1500–2500 m/s kechadi. Yonish kamerasining
bo‘shlig‘i katta bo‘lmaganligidan elastik detonatsion to‘lqinlar
yonish kamerasi devorlariga takror-takror uriladi va ulardan qaytib,
dvigatelni tebratadi, bunda detonatsiya uchun xos bo‘lgan metall
ovozi chiqadi.
Yonilg‘ini portlab yonishidan uning bir qismi yonishga ulgura
olmaydi va chiqarish trubasidan qora tutun chiqishiga sabab bo‘la-
di. Qizdirilgan gazlarning yonish kameralari devorlariga urilishi
natijasida issiqlik tarqatish kuchayadi, bu esa dvigatelning qizishiga
va quvvatining pasayishiga sabab bo‘ladi. Dvigatel notekis ishlay-
38
di, porshen, klapanlar va porshen halqalari kuyadi, silindr-porshen
guruhi detallari hamda tirsakli val podshipniklarining vkladishlari
yeyilishi tezlashadi.
Detonatsiya jarayonining jadalligi ishchi aralashmaning qan-
day qismi portlab yonishiga bog‘liq. Ishchi aralashmaning 5 foizi
portlab yonishi bilanoq kuchsiz detonatsiya hosil bo‘ladi (bunday
detonatsiya boshqa silindrlarga o‘tmasligi aniqlangan); ishchi ara-
lashmaning 10–12 foizi portlab yonganida o‘rtacha shiddatli deto-
natsiya; 18–20 foizi portlab yonganida esa kuchli detonatsiya hosil
bo‘ladi. Kuchli detonatsiya boshqa silindrlarga tarqaladi, natijada
dvigatel detallari tez yeyiladi, yonilg‘i ortiqcha sarflanadi, hatto
dvigatelni ishdan chiqarishi ham mumkin.
Benzinning kimyoviy tarkibi detonatsion yonishning asosiy sa-
babi hisoblanadi. Detonatsion yonish jarayoni organik peroksid li
birikmalar hosil bo‘lish nazariyasi asosida tushuntiriladi. Bu nazari-
yaga binoan kislorod molekulalari oksidlanish davrida uglevodorod
radikaliga batamom birikadi va quyidagi tipdagi peroksidli birik-
malar hosil qiladi: dialkil-peroksid yoki gidroperekis. Bunda yo-
nish ikki fazaga bo‘linadi. Birinchi fazada harorat va bosim oshi-
shi natijasida uglevodorodlar alangasining oldi oksidlanishi bilan
xarakterlanadi, ikkinchi fazada alangali yonish davom etadi. Bu
fazada aralashma yonishi va alanga fronti hosil bo‘lishi natijasida
oksidlanish tezligi keskin oshadi va aralashmaning yonmagan qis-
mida harorat hamda bosim yana-da oshadi. Aralashma yonishining
kengayishi natijasida oksidlanish tezligi to‘zonli xarakterga o‘tadi
va uning konsentratsiyasi aralashmaning yonmagan qismida kritik
miqdorni tashkil etadi. Mana shu paytda aralashma portlab yona-
di, ya’ni detonatsiya bilan yonadi. Bu holda alanganing tarqalish
tezligi sakrashsimon oshib boradi va tovush tezligidan oshib keta-
di. Bu paytda hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari alanga frontidan o‘zib
ketmaydi, u bilan to‘g‘ri mos qo‘shilib detonatsiya to‘lqinlarini
kuchaytiradi.
Ishchi aralashmaning normal yonishida ham peroksidli birikma-
lar hosil bo‘ladi, ammo ularning konsentratsiyasi aralashmaning
yonmagan qismida kritik miqdorga ega bo‘lmaydi.
39
Dvigatelning ish sharoitini o‘zgartirish yo‘li bilan detonatsiyani
birmuncha kamaytirish mumkin, lekin butunlay yo‘qotib bo‘lmay-
di. Detonatsiya bo‘lmasligi uchun har bir turdagi dvigatel uchun
benzinni to‘g‘ri tanlash lozim.
2. 6. Benzinning detonatsiyaga chidamliligini baholash
Benzinning detonatsiyaga chidamliligi (detonatsiyaga qarshi
turg‘unligi) deganda, yonuvchi aralashmani dvigatel sharoitlarida
siqishda detonatsiya hodisasining yuzaga kelishiga yonilg‘ining
qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi. U yonilg‘ining ok-
tan soni bilan belgilanadi. Oktan soni – bu izooktanning normal
geptanli etalon aralashmadagi (detonatsiyaga turg‘unligi jihatidan
sinalayotgan yonilg‘iga teng) foiz (hajm bo‘yicha) miqdoridir. Izo-
oktan yuqori, normal geptan esa past chidamlilikka ega. Shuning
uchun yonilg‘i detonatsiyaga qancha yaxshi qarshilik ko‘rsata olsa,
uning oktan soni shuncha yuqori bo‘ladi. Yonilg‘ining oktan soni
laboratoriya sharoitlarida siqish darajasini o‘zgartirish mumkin
bo‘lgan hamda detonatsiya boshlanishini aniqlaydigan moslama
bilan jihozlangan maxsus UIT–65 ichki yonuv dvigatelida motor
usulida aniqlanadi.
Benzinlarning detonatsiyaga chidamliligi aniq etalon bilan so-
lishtiriladi. Izooktan C
8
H
18
izomer tuzilishiga ega bo‘lgan para-
fin qatoridagi uglevodoroddir. Uning detonatsiyaga chidamliligi
yuqori bo‘lib, oktan soni 100 birlik sifatida qabul qilingan. Izook-
tan siqish darajasi juda yuqori bo‘lgan dvigatellardagina detonatsi-
yalana boshlaydi.
Geptan C
7
H
16
ham parafin qatoridagi uglevodorod bo‘lib, zan-
jirsimon normal tuzilishga ega. Geptan kuchli detonatsiyalana-
di, uning detonatsiyaga chidamliligi 0 ga teng. Buni etalon bilan
aralashtirib, detonatsiyaga chidamliligi 0 dan 100 gacha bo‘lgan
yonilg‘i olish mumkin. Demak, oktan soni benzinlarning detonatsi-
40
yaga chidamliligini bildiruvchi shartli o‘lchov birligidir. Yuqorida-
gi fikrlarga ko‘ra, tarkibida 24 foiz geptan va 76 foiz izooktandan
iborat aralashmaning detonatsiyaga chidamliligi, ya’ni oktan soni
76 ga teng bo‘ladi.
Tekshirish quyidagicha bajariladi. Bir silindrli dvigatelga oktan
soni aniqlanishi kerak bo‘lgan benzin quyiladi. Dvigatel standart
rejimda ishlatiladi, so‘ngra ish davomida siqish darajasi detonatsi-
ya bo‘lguncha astasekin oshirib boriladi. Detonatsiyaning jadalligi
Do'stlaringiz bilan baham: |