310
Rux xlorid bilan ishlov berilgan, presslangan qog‘oz yoki kar-
tonfibraning mexanik mustahkamligi va neft mahsulotlari ta’siriga
chidamliligi yuqoridir. Undan qistirmalar (qistirmabop fibra КГФ),
elektr apparatlar detallari (elektrotexnik fibra ФЕ) tayyorlanadi.
Qog‘oz materiallarining maksimal ish harorati 140–150°C dan
oshmaydi. Bunday yuqori haroratda ular kuyib, egiluvchanligi
yo‘qoladi.
Salniklar qistirmalar tayyorlash uchun moy,
benzinga chidamli
rezinadan tashqari, texnik namatdan ham foydalaniladi. Bu namat
jundan tayyorlangan g‘ovakli list materiallardir. Uning issiqdan va
tovushdan izolatsiyalashgan xossalari, amortizatsiyalash xususiyati
yuqoridir.
Po‘kak daraxtning uvoqlari presslanib, po‘kak material olinadi.
Ular suv, neft mahsulotlari muhitida, kichik mexanik yuklamalar
ostida hamda ko‘pi bilan 100–120°С gacha qiziydigan birikmalar-
ni (klapanlar qutisi, yonilg‘i baklari, qalqovichli kameralarning
qopqoqlar, filtrlar stakani, dvigatellar karteri, faralar oynasi va
hokazolar) zichlashda ishlatiladi.
Yuqori haroratda ishlovchi detallarni issiqlikdan izolatsiyalash
hamda zichlash uchun asbestdan keng foydalaniladi (kiritish va
chiqarish kollektorlari, dvigatel silindrlari, kallagi va
boshqalardagi
qistirmalar). Asbest tabiiy tolali material bo‘lib, uni yupqa, egiluv-
chan va mustahkam tolalarga ajratish mumkin. Asbest elektr va is-
siqlikdan izolatsiyalash xossalariga ega, yonmaydi, 350°C gacha
haroratda ishlay oladi, lekin bundan yuqori haroratda uning mus-
tahkamligi va egiluvchanligi yo‘qoladi. Ta’mirlash ishlarida kar-
ton, qog‘oz to‘qima, tasma, chilvir va ip ko‘rinishidagi asbestdan,
shuningdek, maydalangan asbestdan foydalaniladi.
Asbest (60–70 foiz), vulkanizatsiyalashgan rezina (12– 13 foiz)
va to‘ldirgich (tuproq, talk) aralashmasidan neft mahsulotlari ta’si-
riga chidamli, 450°C haroratga chidash beradigan list material –
paronit olinadi. Paronitdan yonilg‘i va moy tegib turadigan detallar
uchun zichlamalar (taqsimlash
shesternalarining qopqoqlari, moy
qabul qilgichlar flaneslari, suv nasosi, yonilg‘i tindirgich va bosh-
qalarning qistirmalari) tayyorlanadi.
311
Grafit, rezina, surik va ba’zi boshqa moddalarning aralashmasi
presslanib list material qistirmabop klingerit olinadi. Undan tayyor-
langan qistirmalar 180–200°C haroratda ishlay oladi.
Avtomobillar kabinalarida shovqinni kamaytirish uchun max-
sus mastikalardan foydalaniladi. Qora rangli bir jinsli suyuq mas-
sa ko‘rinishida bo‘lgan БМИ–1 mastikasi mana shunday xossaga
ega. U metall sirtga yoki ФЛ–93, ЭФ–093 gruntovkalari surtil-
gan sirtlarga purkab qoplanadi. Mastike, 100–110 °C haroratda
30 minut ichida quriydi, qoplama metallarni korroziyalanishdan
ham saqlaydi.
12. 4. Elektroizolatsion materiallar
Elektroizolatsion material deganda, elektr tokini o‘tkazmay-
digan material tushuniladi. Avtomobillarning elektr jihozlarini
ta’mirlash uchun elektr izolatsiyalash materiallari ishlatiladi. Ular
yuqori kuchlanishga bardosh berishi, yetarli darajada mustahkam
bo‘lishi, shuningdek, issiqlik ta’siriga chidamli bo‘lishi (ba’zi bir
issiq sharoitda ishlaydigan materiallar uchun) lozim.
Bu talablarga ushbu kitobning oldingi boblarida ko‘rib o‘tilgan
bir qator materiallar javob beradi: ko‘pgina plastmassalar (tekstolit,
getinaks), rezina, ebonit, loklar (asfalt bitumli, gliftalli, kanifolli va
hokazo loklar), asbest, fibra, karton va boshqalar, Bundan tashqari,
elektroizolatsion material sifatida 500°С haroratgacha qizishga chi-
day oladigan sluda va mikonit materiallaridan foydalaniladi. Sluda
yupqa plastiklarga ajratsa bo‘ladigan shaffof mineral, mikonit esa
gliltal smola bilan yelimlangan sludalar.
Elektr izolatsiyalash material sitatida lakotkan (kembrik)
ancha
keng tarqalgan. Lakotkan elektr izolatsiyalash loklari shimdirilgan
ip, shoyi gazlama yoki shisha to‘qimalardir. Ular o‘ramlar, listlar,
trubalar ko‘rinishida chiqariladi.
Ko‘pincha izolatsiyalash lentalaridan foydalanishga to‘g‘ri ke-
ladi. Bu lenta bir yoki ikki tomonga ham rezina aralashmasi shim-
312
dirilgan mitkaldan iborat. Lenta elektr simlarining ulangan joyla-
rini izolatsiyalashda ishlatiladi. Plastik plyonka materialga yelim
qatlami surtib tayyorlangan yopishqoq izolatsion lentalar keng
tarqalgan.
12. 5. Yog‘och materiallar
Yog‘och materiallardan xalq xo‘jaligida, jumladan avtomobil-
sozlikda keng foydalaniladi. Chunki yog‘ochning mexanik mustah-
kamligi yaxshi, zichligi katta emas (suvga nisbatan 1,5–2 barobar
yengil), vibratsion yuklanishlarga yaxshi bardosh beradi, issiqli-
kni sekin (po‘latga nisbatan uch barobar sekin) o‘tkazadi. Bundan
tashqari, yog‘ochga oson ishlov berish va uni yelimlab yopish-
tirish mumkin. Shu bilan birga, yog‘och
materiallar bir qator ka-
mchiliklarga ham ega: chiriydi, oson yonadi, ko‘ndalang kesimi
bo‘yicha mexanik xossalari bir xil emas, namni osongina shimib
oladi, o‘lchamlari va shaklini o‘zgartiradi. Bu kamchiliklari tufayli
yog‘och materiallar zamonaviy avtomobillarda kam ishlatiladi.
Konstruksion material sifatida yog‘ochning o‘ziga xos xususi-
yatlaridan biri uning namligidir.
Absolut namlik deganda, yog‘och
tarkibidagi suv miqdorining foizlarda (yog‘och massasiga nisbatan)
ifodalangan ulushi tushuniladi. Yangi kesilgan daraxtlarning nam-
ligi 50–60 foizgacha yetadi. Avtomobil detallari tayyorlanadigan
yog‘och materiallarning namligi 12–18 foiz oralig‘ida bo‘ladi.
Kichik o‘lchamli detallar namligi 15 foizdan oshmaydigan
yog‘ochdan tayyorlanishi lozim, aks holda, bu detallardan foyda-
lanish davomida uning o‘lchamlari o‘zgaradi. Yelimlab tayyorla-
nadigan detallar uchun yana-da quruqroq (namligi 10–12
foizdan
yuqori bo‘lmagan) yog‘och kerak bo‘ladi. Ma’lum sharoitda ishla-
tiladigan detallarni tayyorlash uchun yog‘och tanlashda uning qat-
tiqligini hisobga olish zarur. Eng ko‘p tarqalgan daraxt turlari qat-
tiqligining pasayish darajasiga ko‘ra quyidagi tartibda joylashadi:
grab–shumtol–eman–qoraqayin–zarangqayin–tilog‘och–olxa–qa-
313
rag‘ay–qoraqarag‘ay–oqqarag‘ay–arg‘ivon. Qattiq yog‘ochlardan
yuklanish ostida ishlaydigan detallar, yumshoq yog‘ochlardan
yuklanish tushmaydigan detallar tayyorlanadi, shuningdek, turli
pardozlash ishlarida foydalaniladi. Ignabargli daraxtlardan olingan
yog‘och materiallar eng ko‘p ishlatiladi, chunki ular bargli daraxt-
larga qaraganda ancha mustahkam, kamroq chiriydi (tarkibida
chirishning oldini oladigan smolali moddalar ko‘p). Ulardan yuk
avtomobillarining poli va borti, kuzovining ko‘ndalang balkalari
tayyorlanadi. Tilog‘och va eman yog‘ochining eks-pluatatsion xos-
salari, ya’ni qattiqligi va mustahkamligi yuqori, chirishga chidam-
liroq.
Detallar tayyorlash, avtomobillarni ishlatish va tamirlash, shu
ningdek, avtotransport korxonalarida xo‘jalik ishlari maqsadida
turli xil shakldagi yog‘och materiallaridan foydalaniladi (12. 1-
rasm),
Do'stlaringiz bilan baham: