Avtomobillar salonlarini (kabinalarini) bezash uchun poli-
vinilxloridli plyonka materiallar. Bu materiallar polivinilxlorid-
ga plastifikatorlar, stabilizatorlar va boshqa qo‘shimchalar qo‘shib
olinadi. Ularni minus 40°C dan 80°C haroratlarda ishlatish mum-
kin. Ular uch xil markada ishlab chiqariladi:
0,4 turi eshiklarning ichki qismini qoplashda ishlatiladi;
0,4T turi avtomobil saloni (kabinasi) shiftini va quyoshni to‘sish
soyabonini qoplashda ishlatiladi;
P turi sovitish tizimi uchun qistirmalar ishlab chiqarishda foy-
dalaniladi.
Polivinilxloridli plyonka materiallar 40 m dan kam bo‘lmagan
o‘ram ko‘rinishida ishlab chiqariladi. 0,4 va 0,4T turidagi plyonka
materiallar (60 ± 2)°C haroratda 100 soat davomida tutib turilgani-
da ham o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydi.
Avtomobillarning salonlariga (kabinalariga) ishiov berishda
foydalaniladigan polivinilxloridli materiallarning fizikaviymexa
nikaviy xususiyatlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |