Azot oksidlari. Azot (II)-oksidi ko‘zning shilliq pardasini,
o‘pkani yallig‘lantiradi, yurak-qon tomir tizimida tuzatib bo‘lmay-
digan o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Azot oksidlarining juda kam
miqdori ham xavfli hisoblanadi. Azot oksidlari uglevodorodlar bi-
lan birikib, zaharli nitrooleiflar hosil qiladi. Ularning organizmga
zararli ta’sirini hech qanday vositalar bilan yo‘qotib bo‘lmaydi.
Uglevodorodlar. Yonmay qolgan uglevodorodlar bir necha yuz
kimyoviy birikmalar aralashmasidan iboratdir. Aralashma yoqim-
siz hidga ega bo‘lib, ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqa-
radi. Ayrim aromatik uglevodorodlar kuchli zaharli xususiyatlarga
ega bo‘lib, markaziy asab va mushak tizimiga salbiy ta’sir etadi.
Alifatik uglevodorodning zaharlilik darajasi pastroq bo‘lib, ular
markaziy asab tizimiga narkotik kabi ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |