K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


jihatdan xavfliligi va elektrlanishi



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

jihatdan xavfliligi va elektrlanishi
Barcha  neft  mahsulotlari  yong‘in  va  portlash  jihatidan  xavfli 
bo‘lib, ularning bug‘i zaharlidir. Ular ma’lum miqdorda havo bi-
lan aralashib, portlovchi aralashma hosil qiladi. Havoda benzin-
lar, kerosinlar, dizel yonilg‘isining bug‘lari hajm bo‘yicha 1,1 dan 
6,0 foizgacha  bo‘lganida  ular  portlash  jihatidan  xavfli  hisoblana-
di. Bu chegaralar ob-havo sharoitiga (harorat, bosim, havo nam-
ligi), neft mahsulotlari turi va aralashma hosil bo‘lish sharoitiga 
qarab o‘zgaradi. O‘t olish haroratiga ko‘ra neft mahsulotlari ikki 
guruhga: oson alangalanadigan (o‘t olish harorati 45°C dan past 
bo‘lgan: benzin, kerosin, yengil fraksion tarkibli dizel yonilg‘ilari) 
va  yonuv chi  (45°С  dan  yuqori:  dizel  yonilg‘isi,  mazutlar,  pech-
ka va qozon yonilg‘ilari, yengil moylar) turlarga bo‘linadi. Oson 
alan galanadigan yonilg‘ini tashish, saqlash, undan foydalanish ning 
barcha bosqichlarida juda ehtiyot bo‘lish shart. 
Ko‘pgina neft mahsulotlarining, ayniqsa, yonilg‘ining dielektrik 
xossalari yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ular quvurlardan oqizil-
ganida, avtosisternada tashilganida uning devoriga ishqalanishi 
natijasida statik elektr zaryadlari paydo bo‘ladi. Ular razryadlan-
ganida elektr uchquni paydo bo‘lib, neft mahsulotlarining portlashi 
va alangalanishiga sabab bo‘lishi, xizmat ko‘rsatayotgan kishilar-
ni shikastlashi mumkin. Buning oldini olish uchun barcha sig‘im-
lar, avtosisternalar, qabul qilish-tarqatish uskunalari, o‘tkazgichlar 
mexanizatsiyalangan yonilg‘i quyish vositalari yerga ulanishi 
zarur; shunda hosil bo‘lgan elektr zaryadi yerga o‘tib ketadi. 
Neft mahsulotlari bug‘lari ajralib chiqadigan joylarda uchqun 
chiqishi, portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘luvchi as-
boblardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Asboblar rangli metall-
dan tayyorlangan yoki mis qoplangan bo‘lishi zarur. 
To‘ldirilgan yoki bo‘sh bochkalarni maxsus ko‘targichlar yoki 
ko‘tarish-tashish mexanizmlari yordamida ko‘tarish va tashish 
kerak. Agar mexanizatsiyalashtirilgan yonilg‘i quyish vositalari 
231
bo‘lmasa, neft mahsulotlari quyilgan bochkalarni dumalatishga 
ruxsat etiladi. Massasidan qat’i nazar, bochkalarni orqalab tashish, 
shuningdek, chetidan itarib dumalatish mumkin emas. To‘ldirilgan 
bochkalarni tashish va saqlashda ularning buraladigan qopqoqlari 
(tiqinlari) yuqoriga qaratib bir qator qilib joylashtiriladi va duma-
lab bir-biriga urilib ketishining oldini olish maqsadida mahkam-
lab qo‘yiladi. Benzindan bo‘shatilgan idishlar xavfli hisoblanadi. 
Benzindan bo‘shatilgan 200 litrli idishida 10–50 g miqdorda qoldiq 
benzin bug‘larining havo bilan aralashmasi bo‘ladi. Bu aralash-
maning uchqun ta’sirida portlash xavfi bo‘lganligi tufayli idishlar 
tiqinlarini bolg‘a yoki boshqa asboblar bilan urib ochish taqiqla-
nadi, chunki bunda uchqun chiqish ehtimoli bor. Idishlarni ta’mir-
lashda alangadan foydalanilganida benzin va boshqa bug‘larning 
havo bilan aralashmasining portlash xavfining oldini olish uchun 
zarur choralar ko‘rish lozim. Bunda bochkalar, shuningdek, avto-
mobillarning yonilg‘i baklariga suv quyib ta’mirlanadi yoki ular 
issiq suv bilan bug‘latiladi, shundan so‘ng karbon gazi to‘ldirilgan 
holda ta’mirlanadi. 
Neft mahsulotlarini olov, uchqun, mashina va uskunalarning 
qattiq qizigan qismlari tegib ketishidan saqlash lozim. Neft mah-
sulotlarini ochiq idishda saqlash qat’iyan man etiladi. Neft mahsu-
lotlari saqlanadigan joylarda doimo o‘t o‘chirish asboblari to‘plami 
bo‘lishi lozim. Neft mahsulotlari omborlarida, shuningdek, mashi-
nalarga neft mahsulotlari quyiladigan, neft mahsulotlari qabul qilib 
olinadigan va tarqatiladigan joylar yaqinida chekish hamda alan-
gadan foydalanish taqiqlanadi. 
Neft mahsulotlari bilan ishlaydigan shaxslar o‘z vaqtida yong‘in 
xavfsizligiga oid dastlabki (ishga qabul qilinayotganda) va davriy 
(yiliga kamida ikki marta) yo‘riqnoma olishlari lozim. 
Neft ombori va yonilg‘i-moylash materiallarini tarqatish sho-
xob  chalarida, yong‘inga qarshi belgilangan ajratish masofalarining 
o‘lchamlariga rioya qilinishi, ozodalikni saqlash zarur, shuningdek, 
yaxshi ko‘rinadigan joylarga «Yong‘in xavfi bor!», «Chekilmasin!» 
degan yozuvlar osib qo‘yilishi lozim. 


232
Statik elektrlanish natijasida uchqun paydo bo‘lishining oldini 
olish uchun hamma o‘tkazgich va sig‘imlar yerga ulanadi. Yonilg‘i 
quyish shoxobchalari va moylash postlarining to‘ldirish kolonka-
lari va agregatlari yashin qaytargichlar bilan jihozlanadi. Neft om-
borlari kerakli birlamchi o‘t o‘chirish qurollari, shitlar, belkurak-
lar, ilmoqlar va boshqa asboblar, qumli idishlar, o‘t o‘chirgichlar, 
namatlar bilan jihozlanadi. 
Statik elektrlanish natijasida yong‘in va portlash kelib chiqishi-
ning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
– yonilg‘ini haydashda ishlatiladigan barcha vositalar, o‘tkaz-
gich quvurlar, sisternalar, yonilg‘i quygichlar va sig‘imlar yax-
shilab yerga ulanishi lozim;
– yonilg‘ini quyish ochiq oqim ko‘rinishida bo‘lmasligi va yo-
nilg‘i sachratilmasligi lozim;
– yonilg‘ining suv va havo bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– idishga neft mahsulotlari quyilayotganida shlangning uchi har 
doim neft mahsuloti ichida bo‘lishi, bo‘sh idishga yonilg‘i quyish-
da shlang uchi yonilg‘iga botib turadigan bo‘lgunicha yonilg‘ini 
juda sekin oqizish lozim;
– yonilg‘i tashiydigan avtosisternalarning yerga ulanadigan (te-
gib turadigan) zanjirlarini mustahkamlash kerak. 
Yong‘in chiqqanida, yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirish 
uchun kimyoviy ko‘pik, karbon kislota gazi, qum va tuproq ishla-
tilishi lozim. O‘t o‘chirishda toza suvdan foydalanish taqiqlanadi, 
chunki suvning zichligi yonayotgan neft mahsulotining zichligidan 
yuqori bo‘lganligi tufayli neft mahsuloti suv yuziga qalqib chiqadi 
va yonishda davom etadi, yonish kuchayadi va atrof muhitga tez 
tarqaladi. 
Yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirishda ishlatiladigan eng 
qulay vositalar – bu o‘t o‘chirgichlardir. Ular ikki turda chiqarila-
di: ko‘pikli va karbonkislotali. Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar – ОП–3, 
OП–5 va ОПМ ishga solinganida ular kislotaning suv eritmalari, 
ishqor va ko‘pirtirgich ishtirokida ko‘pik hosil qiladi. O‘t o‘chir-
233
gich 1 min davomida ishlaydi, oqimi 6–8 m gacha yetadi. Karbon 
kislotali o‘t o‘chirgichlar ОУ–2, OУ–5 va OУ–8 karbon kislota bi-
lan to‘ldirilgan bo‘lib, u o‘t o‘chirgich ishga tushirilganida birda-
niga kengayib, gaz holatiga o‘tadi va minus 79°C gacha haroratda-
gi pufaklar (ko‘piklar) hosil qiladi. 
Idishlardagi neft mahsulotlarining yonishini to‘xtatish uchun o‘t 
o‘chirgichlar oqimini idishlarning yonayotgan devorlari chekkasi-
ga shunday yo‘naltirish kerakki, bunda yonayotgan neft mahsuloti 
sachramasligi kerak. 
Transport vositasiga yonilg‘i quyish vaqtida paydo bo‘lgan 
alan gani o‘chirish uchun avtomobilni yonilg‘i quyish joyidan olib 
chiqish va alangani namat, asbest to‘shma, o‘t o‘chirgichlar bilan 
o‘chirish lozim. Agar dvigatel yona boshlasa, trasport vositasini 
yonilg‘i quyish joyidan uzoqlashtirish, dvigatelning ta’minlash 
tizimiga yonilg‘i berishni to‘xtatish, o‘t oldirish tizimini o‘chirish 
va alanga manbayini o‘t o‘chirgich, namat yoki havo kirish yo‘lini 
bekituvchi boshqa vositalar bilan o‘chirish kerak. 
Yong‘in chiqqanida neft mahsulotlarini qabul qilib olish va uni 
berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar to‘xtatilishi shart. 
Boshqa turdagi neft mahsulotlarini ishlatishda ko‘riladigan cho-
ra-tadbirlar benzinning ishlatilishidagi kabidir. 
Ba’zi neft mahsulotlari havo kislorodi ta’sirida o‘z-o‘zidan alan-
galanishi va metall idishlarga katalitik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Shuning uchun ularni ishlatishda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim. 
Masalan, etilenglikol va glitserin marganesli kaliy bilan xavfli ara­
lashma hosil qiladi. 
9. 3. Atrof muhitni muhofaza qilish
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydala-
nish muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalardan biridir. 
Dvigatel chiqarib tashlaydigan ko‘pgina zaharli moddalar odam 
organizminigina zaharlab qolmasdan, balki tabiatga salbiy ta’sir 


234
ko‘rsatadi, o‘simliklarning rivojlanishini sekinlashtiradi, yerning 
hosildorligini  kamaytiradi.  Chunonchi,  sulfid  angidrid  xlorofill 
donalarini yemiradi, qo‘rg‘oshin va uning birikmalari o‘simliklar-
da to‘planib, ularni inson va hayvonot dunyosi uchun xavfli qilib 
qo‘yadi. Uglevodorodlar pardasi suv betini qoplab, oksidlanish ja-
rayonlarini qiyinlashtiradi, tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko‘rsa-
tadi. Azot oksidlari o‘simliklar uchun zaharli bo‘lib, ozon hosil 
bo‘lishiga sharoit yaratadi, u esa, o‘z navbatida, o‘simlik dunyosi 
uchun zararli bo‘lgan birikmalar hosil qiladi. 
Moddalarning zaharlilik darajasi ularning havoda sanitariya 
me’yorlari bo‘yicha ruxsat etilgan chekli miqdoriga bog‘liq. Bu 
me’yorlar turli mamlakatlarda mahalliy sharoitning o‘ziga xos xu-
susiyatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, neft mahsulotlari zaharli moddalar 
bo‘lib, ular atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaning 
ifloslanishida  avtomobillar  va  boshqa  yer  usti  transportlari  dvi-
gatellarida yonilg‘ining yonishi natijasida ajralib chiqadigan zararli 
moddalarning roli juda kattadir, bunda is gazi, uglevodorodlar va 
azot (II)-oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu moddalar-
ning  massa  birliklaridagi  miqdori  yonilg‘i  sarfining  avtomobil­
lardan chiqariladigan zararli moddalar miqdorini hisobga oluvchi 
koeffitsiyentga  ko‘paytirish  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Bu  koeffitsi-
yentning qiymati eng muhim chiqindilar uchun quyidagicha:
Benzin     Dizel yonilg‘isi
 uchun                uchun
Uglerod oksidi  ............................................................ 0,6                       0,1  
Uglevodorodlar  .......................................................... 0,1                     0,03
Azot oksidlari  ............................................................ 0,04                    0,04
Bu koeffitsiyentning qiymati har bir ATK uchun turlicha bo‘lishi 
mumkin, chunki unung qiymati bir qator omillarga bog‘liq: avto-
mobil saroyining tarkibi va strukturasi, dvigatellar turi, ishlatilayot-
gan yonilg‘ining sifati, ish sharoiti (harakatning tashkil etilishi; 
235
iqlim sharoiti; haydovchilar malakasi; texnik xizmat ko‘rsatish, 
diagnostika, sozlash, joriy ta’mirlash ishlari sifati va boshqalar). 
Chiqarib yuboriladigan zaharli moddalarning umumiy miqdori 
dvigatellar ishida katta o‘rinni egallovchi o‘tish jarayonlari muhim 
ahamiyatga ega. Avtomobil dvigatellariga xos ba’zi rejimlarda ish-
laganida ajralib chiqadigan asosiy zaharli moddalarning ishlatilgan 
gazlardagi miqdori 9. 1- jadvalda keltirilgan. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish