Neftning kimyoviy tarkibi
Yer qa’rining turli chuqurliklaridan olinadigan neft uning
tarkibidagi suv, tuzlar, gazlar va tog‘ jinslaridan tozalanganidan
so‘ng ham ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘i sifatida foydala-
nishga yaroqli bo‘lmaydi, ammo uning tarkibida dvigatellarda ish-
latiladigan yonilg‘ilarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan
tarkibiy qismlar mavjud.
Neft tarkibidagi uglevodorodlardagi uglerod atomlari soni 1 dan
50 gacha bo‘lishi mumkin. Jumladan, metandan (CH
4
) butangacha
(C
4
H
10
) bo‘lgan oddiy uglevodorodlar normal sharoitlarda gaz ho-
latida bo‘ladi, uglerod atomi 15 dan yuqori bo‘lgan uglevodorodlar
esa qattiq holatda bo‘ladi. Binobarin, neft suyuq holatda ham, qat-
tiq holatda ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rinadi, shuningdek, tarkibi-
da kislorod, oltingugurt va azot bo‘lgan bir qator birikmalarning
murakkab aralashmalari suyuq holatda bo‘ladi.
Neft massasining asosiy qismini uch guruhdagi:
parafinli (al
-
kanlor), naftenli (siklanlar)
va
aromatik (arenlar)
uglevodorodlar
tashkil etadi. Bu guruhlarning tarkibi va xususiyatlari neftning ho-
sil bo‘lishi va qazib olingan joyiga bog‘liq bo‘ladi.
Parafinli uglevodorodlar (C
n
H
2n + 2
)
neftning asosiy massasini
tashkil etadi. Bu turdagi uglevodorodlar jumlasiga quyidagilar ki-
radi: gazsimon uglevodorodlar (metan CH
4
– dan boshlab), suyuq
(pentan C
5
H
12
– dan boshlab) va qattiq yoki
n
– parafinlar (gek
-
sadekan C
16
H
34
– dan boshlab). Gazsimon va qattiq uglevodorod-
lar suyuq uglevodorodlarda erish xususiyatiga ega bo‘lib, harorat
ko‘tarilishi yoki bosim pasayishi bilan ulardan gazsimon qismi
ajralib chiqib, harorat pasayishi bilan yana qattiq holga o‘tadi.
Normal narafinli uglevodorodlar oksidlanishga turg‘un.
Am mo yuqori harorat (250–300°C) ta’siriga chidamsiz bo‘ li b,
osongina oksidlanadi va portlab yonadi, shu sababli foydala nish
uchun yaroqsiz hisoblanadi. Ammo shu xossalari tufayli ular tez -
11
yu rar dizel dvigatellari uchun mo‘ljallangan yonilg‘i tarkibiga kiri -
tiladi.
Neft mahsulotlari tarkibida
n-
parafinlardan tashqari, izomer ug
-
levodorodlar (
i
parafinlar) ham bo‘ladi, ularning formulasi bir xil
ko‘rinishda bo‘lib, faqat atomlarining fazoviy joylashuvi bo‘yicha
bir-biridan farqlanadi.
Izoparafinlar xususiyatlari bo‘yicha
n
parafinlardan farq qiladi.
Jumladan,
i
parafinlar mo‘tadil haroratlarda oksidlanish xususiya
-
ti yuqori, ammo harorat ortishi bilan oksidlanish jarayoni tezligi
sekinlashadi va yuqori haroratli uchastkalarda
n
parafinlarga nis
-
batan turg‘unligi yuqori bo‘ladi.
n
va
i-
parafinlarning bu xususi
-
yatlari yonilg‘ilarning ekspluatatsion xossalariga sezilarli darajada
ta’sir ko‘rsatadi. Dizel dvigatelining ravon ishlashini ta’minlash
uchun dizel yonilg‘isi tarkibida
n
parafinlar bo‘lishi; benzinlarning
detonatsiyaga qarshi xossalari yuqori bo‘lishi uchun uning tarkibi-
da
i
parafinlar bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, parafinli uglevodorodlarning qotish harorati
yuqori, shu sababli qishki dizel yonilg‘ilari va moylari tarkibida
ularning miqdori cheklangan.
Neft va qayta ishlash mahsulotlari tarkibidagi parafinlarning
umumiy miqdori 50–60 foizni tashkil etadi, shuning bilan birga,
neft mahsulotlari tarkibida neftni 150°C gacha qizdirganda ajra-
ladigan parafin fraksiyalari ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Parafinlarning molekular massasi ortishi bilan birga, ularning
zichligi, alangalanish va qaynash haroratlari ham ortadi.
Yonilg‘i va moylar tarkibidagi parafinlar yuqori kimyoviy
turg‘unlikka ega bo‘ladi. Odatdagi sharoitlarda ular ko‘pchilik rea-
gentlar bilan kuchsiz ta’sirlashadi, xona haroratida birikish reaksi-
yasiga kirishish xususiyatiga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |