310
Rux xlorid bilan ishlov berilgan, presslangan qog‘oz yoki kar-
tonfibraning mexanik mustahkamligi va neft mahsulotlari ta’siriga
chidamliligi yuqoridir. Undan qistirmalar (qistirmabop fibra КГФ),
elektr apparatlar detallari (elektrotexnik fibra ФЕ) tayyorlanadi.
Qog‘oz materiallarining maksimal ish harorati 140–150°C dan
oshmaydi. Bunday yuqori haroratda ular kuyib, egiluvchanligi
yo‘qoladi.
Salniklar qistirmalar tayyorlash uchun moy, benzinga chidamli
rezinadan tashqari, texnik namatdan ham foydalaniladi. Bu namat
jundan tayyorlangan g‘ovakli list materiallardir. Uning issiqdan va
tovushdan izolatsiyalashgan xossalari, amortizatsiyalash xususiyati
yuqoridir.
Po‘kak daraxtning uvoqlari presslanib, po‘kak material olinadi.
Ular suv, neft mahsulotlari muhitida, kichik mexanik yuklamalar
ostida hamda ko‘pi bilan 100–120°С gacha qiziydigan birikmalar
-
ni (klapanlar qutisi, yonilg‘i baklari, qalqovichli kameralarning
qopqoqlar, filtrlar stakani, dvigatellar karteri, faralar oynasi va
hokazolar) zichlashda ishlatiladi.
Yuqori haroratda ishlovchi detallarni issiqlikdan izolatsiyalash
hamda zichlash uchun asbestdan keng foydalaniladi (kiritish va
chiqarish kollektorlari, dvigatel silindrlari, kallagi va boshqalardagi
qistirmalar). Asbest tabiiy tolali material bo‘lib, uni yupqa, egiluv-
chan va mustahkam tolalarga ajratish mumkin. Asbest elektr va is-
siqlikdan izolatsiyalash xossalariga ega, yonmaydi, 350°C gacha
haroratda ishlay oladi, lekin bundan yuqori haroratda uning mus-
tahkamligi va egiluvchanligi yo‘qoladi. Ta’mirlash ishlarida kar-
ton, qog‘oz to‘qima, tasma, chilvir va ip ko‘rinishidagi asbestdan,
shuningdek, maydalangan asbestdan foydalaniladi.
Asbest (60–70 foiz), vulkanizatsiyalashgan rezina (12– 13 foiz)
va to‘ldirgich (tuproq, talk) aralashmasidan neft mahsulotlari ta’si-
riga chidamli, 450°C haroratga chidash beradigan list material –
paronit olinadi. Paronitdan yonilg‘i va moy tegib turadigan detallar
uchun zichlamalar (taqsimlash shesternalarining qopqoqlari, moy
qabul qilgichlar flaneslari, suv nasosi, yonilg‘i tindirgich va bosh
-
qalarning qistirmalari) tayyorlanadi.
311
Grafit, rezina, surik va ba’zi boshqa moddalarning aralashmasi
presslanib list material qistirmabop klingerit olinadi. Undan tayyor-
langan qistirmalar 180–200°C haroratda ishlay oladi.
Avtomobillar kabinalarida shovqinni kamaytirish uchun max-
sus mastikalardan foydalaniladi. Qora rangli bir jinsli suyuq mas-
sa ko‘rinishida bo‘lgan БМИ–1 mastikasi mana shunday xossaga
ega. U metall sirtga yoki ФЛ–93, ЭФ–093 gruntovkalari surtil
-
gan sirtlarga purkab qoplanadi. Mastike, 100–110 °C haroratda
30 minut ichida quriydi, qoplama metallarni korroziyalanishdan
ham saqlaydi.
12. 4.
Do'stlaringiz bilan baham: